Bulut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulut — havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish (sublimatsiya) mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari (yokn har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari)da vujudga keladigan muallaq tizim. Kondensatsiya nam havo temperaturasining shudring nuqtasi (berilgan namlik miqdori va bosim oʻzgarmas saqlanganda havoning suv bugʻiga toʻyingan vaqgdagi temperaturasi) gacha sovishi natijasida paydo boʻladi. Hajm birligidagi havo massasi traga bogʻliq holda aniq maksimal miqdordagi suv bugʻini oʻziga singdira oladi. Maye, normal atmosfera bosimida 1 m3 havo 0° da 5 g , 10°da —9,5 g , 30°da esa 30 g suv bugʻini oʻziga singdira oladi, ortiqchasi suv tomchilariga aylanadi. B.ning vujudga kelishida havodagi hoʻllanadigan muallaq qattiq (kristall) va suyuq zarralar katta ahamiyatga ega; ularning radiusi 10~5—10~3 sm atrofida. Bularda suv bugʻining kondensatsiyalanishi oʻta toʻyinishdan ancha oldin, yaʼni nisbiy namlik 100% atrofida boʻlganda yoki undan ham kamda boshlanadi. Bu zarralar maʼlum fizik jarayonlar natijasida osmonga koʻtarilgan yoqilgʻining yonish mahsulotlari, dengiz tuzlarining mayda zarralari, kvars changlari va boshqa boʻlib, kondensatsiya yadrosi deb yuritiladi. Ularning miqdori atmosferada bulut hosil boʻlishi uchun yetarli darajada mavjud. Suv tomchilaridan tashkil topgan B.da tomchilar radiusi har xil boʻlib, koʻpchilik hollarda 4 dan 25 mkm ga toʻgʻri keladi, muz kristallari koʻproq olti qirrali ustun yoki prizma shaklida boʻladi. Baʼzi sharoitlarda ular kattalashib, yomgʻir, qor, doʻl, jala va h.k. tarzida yogʻadi. B.ning suvliligi (g/m3) boʻlajak yogʻingarchilik miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Issiq nam havo massalarida vujudga keluvchi B.da suvlilik darajasi sovuq havodagi B.ga nisbatan ancha koʻp boʻladi.

B. tashqi koʻrinishiga koʻra, asosan, uchga boʻlinadi; a) patsimon (Cirrus); b) toʻptoʻp (Cumulus); v) qatlamli (Stratus). Patsimon B. oq rangln, yupqa, mayin boʻlib, yuqori balandliklarda vujudga keladi. Toʻptoʻp B. minora yoki gulkaram shaklida, asosi yassi boʻladi. Qatlamli B. yetarlicha bir jinsli, kulrang , aniq shaklga ega emas, osmonning koʻz ilgʻaydigan butun qismini qoplab turadi.

B. qanday balandliklarda paydo boʻlishiga qarab ham turlarga ajratiladi: a) 2000 m dan pastda quyi qatl a m B.; b) 2000 m bilan 6000 m oraliqda oʻrta qatlam B.; v) 6000 m dan balanddayuqori qatlam B. Bu B.lar, asosan, atmosferaning quyi troposfera qatlamida kuzatiladi. Ular asosida xalqaro tasnif boʻyicha B.lar 10 ta asosiy koʻrinishga ajratilgan: patsimon B.; patsimon tuptup B.; patsimonqatlamli B.; yuqori— toʻptoʻp B.; yuqoriqatlamli B.; qatlamli — toʻptoʻp B.; qatlamli B., qatlamliyomgʻirli B.; toʻptoʻp B.; tuptup—yomgʻirli B.

Paydo boʻlish jarayoniga koʻra B. konvektiv, orografik va frontal turlarga boʻlinadi.

Konvektiv B. toʻptoʻp holda kuzatiladi. Quyosh nuri yer sirtini relyefi turlitumanligi va orografiya tufayli har xil qizdiradi, natijada iliq havo yuqoriga koʻtariladi, atrofdagi kamroq qizigan joylardagi salqinroq havo uning oʻrnini egallaydi, salqinroq havo oʻrnini esa yuqoridan pastga yoʻnalgan havo egallay boshlaydi, natijada yuqoriga va pastga yoʻnalgan oqim vujudga keladi. Shunday qilib, yuqoriga koʻtariluvchi kuchli vertikal oqimlarda toʻptoʻp B. hosil boʻladi.

Orografik B. togʻli joylar old qismida havoning gorizontal oqimi buzilishi natijasida yuqoriga yoʻnalgan toʻlqinli oqimlarda vujudga keladi. Togʻning orqa qismida shu oqimlar pastga tushayotganida havo isib B. parchalana boshlaydi va u yasmiqsimon shaklga kiradi. Togʻlarning kungay tomonidagi havo koʻproq isindi, natijada uning harakati tezlashib, koʻtarila boshlashi tufayli toʻptoʻp B. vujudga kelib, ayrim hollarda yomgʻir yogʻadi.

Frontal B. jumlasiga qatlamli va qatlamliyomgʻirli B. kiradi. Iliq havo tomoniga siljiydigan iliq va salqin havo massalari oraligʻida vujudga keluvchi atmosfera frontlarida iliq havo qiya frontal zona boʻylab yuqoriga koʻtarnlishi tufayli katta maydonlarda butun osmonni qoplagan salqin frontlarga xos B. hosil boʻladi. Shuningdek, siklonning iliq va salqin frontlarida ham ularga xos B. mavjud.

B. fazaviy holati boʻyicha 3 xil boʻladi: suv tomchilaridan tashkil topgan suvli B., muz zarralaridan iborat muzli B. hamda suv tomchilari va muz zarralaridan hosil boʻlgan aralash B. Tra noldan past boʻlganda ham suv tomchilaridan tashkil topgan B. uchraydi. Bunday B.da suv tomchilari uta sovigan holatda boʻladi. Yogʻinlar koʻproq aralash B.dan yogʻadi. Yuqori troposferada, baʼzida tropopauza balandligida oʻta yupqa patsimon B. uchraydi; ular asosan oʻrta kengliklarda 6–8 km balandlikda, tropiklarda —6 dan 18 km gacha, qutbda 3–8 km balandlikda yotadi. Yuqori (20–30 km) qatlamda esa tovlanuvchi B. va, nihoyat, mezosferaning yuqori qismi va ionosferaning pastki qismida —75 dan 90 km gacha qatlamda kumushsimon B. kuzatiladi. B. obhavo va iklim oʻzgarishlariga katta taʼsir koʻrsatadi. B.ning fazaviy holati va tuzilishini sunʼiy ravishda oʻzgartirib, undagi baʼzi jarayonlarni rostlab turish mumkin. B.ga fizikkimyoviy taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan qoʻshimcha yogʻin yogʻdirish, doʻl yogʻishiiing oldini olish, past B. va tumanlarni tarqatib yuborish mumkin.

Yoʻldosh Togʻaymurodov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil