Kontent qismiga oʻtish

Jarqoʻrgʻon (shahar)

Jarqoʻrgʻon
shahar
38°14′01″N 67°14′10″E / 38.23361°N 67.23611°E / 38.23361; 67.23611
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Jarqoʻrgʻon tumani
Aholisi
20 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Jarqoʻrgʻon xaritada
Jarqoʻrgʻon
Jarqoʻrgʻon

Jarqoʻrgʻon — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1973). Tuman markazi. 1951-yilda shaharcha sifatida tashkil etilgan. Viloyat markazi — Termizdan 42 km shimolda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jarqoʻrgʻondan 2 km. Surxon daryosining oʻng sohilida, dengiz sathidan oʻrtacha 350 m balandlikda joylashgan. Shahar orqali Zang kanali oqib oʻtadi. Aholisi 20,5 ming kishi (2000). J. nomi qadimda jar yoqasida joylashgan qoʻrgʻon nomidan kelib chiqqan. VIII—XII asrlarda J. oʻrnida Charmangan (Sarmangan) sh. boʻlib, arab-fors geografik adabiyotlarida koʻp tilga olingan. VIII asrda arablar, X asrda gʻaznaviylar, XI asrda saljuqiylar, XII asr 1-yarmida Bomiyon gʻuriylari, XIII asr boshlarida xorazmshohlar qoʻlida, XIII asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusiga kirgan. Oʻsha davrlarda J. (Charmangan) mavqei jihatidan Termiz sh.dan keyin 2-oʻrinda boʻlgan. Geografik oʻrnining qulayligidan J. qadimdan muhim xoʻjalik markazi boʻlib kelgan. 1929-yildat. y. oʻtkazilishi, 30-y.larda bir necha neft konining ochilishi J. xoʻjaligining tez oʻsishiga sabab boʻldi. Shahar atrofidan neft qazib olinadi. Paxta tozalash, qurilish materiallari zavodlari, "Jarqoʻrgʻon-neft" kon boshqarmasi, neft-kon mashinalarini taʼmirlash ustaxonalari, tikuvchilik f-kasi, avtotransport korxonasi, yoqilgʻi saqlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish omborxonalari mavjud. J.da maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar, kasalxona, ambulatoriya, oʻrta maktablar, xalq teatri, kutubxona, aloqa boʻlimi, stadion, istirohat va madaniyat bogʻi faoliyat koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil