Kontent qismiga oʻtish

Dilshod Hamroyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada Dilshod ismli va Hamroyev familiyali boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dilshod Hamroyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dilshod Ilhom oʻgʻli Hamroyev
Tavallud sanasi 11-iyul 1995-yil (1995-07-11) (29 yosh)
Tavallud joyi Navoiy Oʻzbekiston
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Qizilqum 0 (0)
2016 Obod 21 (-34)
2017 Bunyodkor 0 (0)
2017   Navbahor 4 (-5)
2018 Soʻgʻdiyona 14 (-21)
2018—2020 Navbahor 5 (-6)
2021 Dinamo Samarqand 1 (-2)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2016—2018 Oʻzbekiston U-23 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dilshod Ilhom oʻgʻli Hamroyev (ruscha: Хамроев, Дильшод Ильхом оглы; 11-iyul 1995-yil, Navoiy) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynagan. FIFA U-20 Jahon chempionati 2015 va AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqalari ishtirokchisi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilshod Navoiy futboli maktabi tarbiyalanuvchisidir. Futbolchilik faoliyatini 2013-yilda „Qizilqum“ klubida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Toshkentnning „Obod“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil 3-avgust sanasida Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga Bunyodkor jamoasidan ijara asosida oʻtgan[1]. 2018-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. 2020-yilgi mavsum yakunida shartnomasi yakuniga yetgan Hamroyev „Navbahor“ jamoasini tark etgan[3][4]. Ikki yarim mavsum davomida „Navbahor“ klubi tarkibida 5 ta oʻyinda ishtirok etib 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Dinamo“ jamoasi tark etgan va keyinchalik professional futbolda koʻrinish bermagan[5].

Dilshod bir qator yosh toifalarida Oʻzbekistonning asosiy darvozabonlaridan biri boʻlgan[6]. 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi sharafini hinmoya qilgan[7]. 2018-yil Xitoyda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan va chempionlikbi qoʻlga kiritgan[8].