Kubok anʼanaviy ravishda qishda (yanvarda yoki fevralda), Oʻzbekiston chempionatining yangi mavsumi arafasida oʻtkazilib, koʻplab manfaatdor klublarga mavsumoldi tayyorgarlikni oʻtkazish imkoniyatini berar edi. Qoidaga koʻra, turnir Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan. Ayrim yillarda oʻyinlarning bir qismi Toshkent viloyatining ayrim shaharlarida (Qibray, Yangibozor) va Yangiyerda (Sirdaryo viloyati) oʻtkazilgan.
Asosan, xorijda yigʻin oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan va shu bois mamlakatimizda xorij klublari va kuchli jamoalar bilan oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlmagan klublar, yetakchi klublarnining oʻrinbosarlar tarkibi, Farm klublar Oʻzbekiston PFL kubogida qatnashganlar. Turnirda Superliga jamoalaridan asosan „oʻrta darajalilar“ va „autsayderlar“ ishtirok etgan. Turnir ishtirokchilarining asosiy qismini Oʻzbekiston chempionati quyi liga klublari tashkil etadi.
Turnirda Oʻzbekistonning har bir futbol klubi ishtirok etishga haqli, bular Oʻzbekiston Superligasi, yoki Oʻzbekiston Pro-ligasi klublari, Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi ishtirokchilari, shuningdek, mamlakatning tuman yoki shahar chempionatlari ishtirokchi klublari boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston PFL kubogida xorijiy futbol klublari ham ishtirok etishgan. Shunday qilib, 2011-yilgi Oʻzbekiston PFL kubogi turnirida Qozogʻistonning„Ordabasi“ klubi, 2012-yilgi turnirda Qozogʻistonning yana bir klubi „Oq bulaq“ ishtirok etgan.