Ilhom Shomurodov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ilhom Shomurodov | ||
Tavallud sanasi | 28-mart 1984-yil | ||
Tavallud joyi |
Jarqoʻrgʻon tumani, Oʻz SSR, USSR | ||
Boʻyi | 183 cm (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004-2005 | Surxon | 10 | (0) |
2006-2007 | Toʻpalang | 27 | (2) |
2008 | Mashʼal | 25 | (6) |
2009-2016 | Nasaf | 180 | (54) |
2012 | Bunyodkor | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012-2014 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ilhom Shomurodov (1984-yil 28-martda tugʻilgan; Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi. Hujumchi.[1]
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhom Shomurodov futbolchilar oilasida dunyoga kelgan, Akasi Azamat va ukasi Oʻzbekiston quyi ligalarida toʻp surgan. Uning eng mashhur qarindoshi, uning jiyani, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdir.
Faoliyatini 2004-yilda Termizning „Surxon“ tarkibida boshlagan, 2005-yil oxirigacha bu jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2006-yilda birinchi ligada toʻp surgan Sariosiyoning „Toʻpalang“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. „Toʻpalang“ klubida oʻtkazgan ikki mavsum davomida u 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
2008-yil boshida u oliy ligada Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtib, bir mavsumda 25ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsum oraligʻida Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, 2012-yilning yoziga qadar oʻynab, 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi. 2012-yil oʻrtalarida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi va beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yil boshida u „Nasaf“ga qaytdi. 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Oliy ligaasida 150 uchrashuvini Nasaf tarkibida oʻtkazdi.[2] 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta gol urib Nasaf jamoasining Kubok chempioni boʻlishida katta xissa qoʻshdi.[3] Shu mavsumning oʻzida „Nasaf“ klubining Oliy liga baxslaridagi 1000 goli muallifiga aylanib tarixga kirdi.[4] 2017-yilgi mavsum oldidan Ketma ket olingan jaroxatlar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi. [5]
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasaf bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2009 , 2010 , 2013 , 2014
- O‘zbekiston kubogi sohibi: 2015-yil
- O‘zbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2013
- O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 2016-yil
- OFK kubogi sohibi: 2011-yil
Bunyodkor tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston kubogi sohibi: 2012-yil
- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2012
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ilhom Shomurodov - Transfermarket“. 2010da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ilhom SHomurodov oliy ligadagi 150-uchrashuvini o'tkazdi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Kubokning Qarshiga kelishidagi bosh "aybdorlar"“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ „"Nasaf"ning 1000-goli muallifi - Ilhom SHomurodov!“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Butsalarini mixga ilganlar“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 28-martda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Surxondaryoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Toʻpalang klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari