Rang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rang — moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorugʻlikning muayyan koʻrish tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz qorachigʻi orqali koʻzning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda qaysi R.dagi nurni yutsa, oʻsha R.dagi nurni oʻzidan chiqaradi. R.ning spektri moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin boʻlganda oq R. hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida moddalarning rangi noaniqlashadi.

Uch xil R.ning qoʻshilishidan xoxdagan R.ni hosil qilish mumkin. Xalqaro kelishuvga binoan, 3 asosiy R. tanlab olingan: qizil, yashil va havo rang . Rangli televideniye, rangli fotografiya va b.ning asosida 3 xil R. aralashmasi yotadi. Toʻlqin uzunligi X har xil boʻlgan yorugʻlik har xil rang taassurotini hosil qiladi: ^.=460 nm da — binafsha rang , 470 nm da — koʻk rang , 480 nm da — zangori rang , 520 nm da — yashil rang , 580 nm da — sarik, rang , 600 nm da — toʻq sariq (apelsin) rang , 640 nm da — qizil rang , 700 nm da toʻq kizil (qirmizi) rang hosil boʻladi.

Baʼzi odamlarda rang ajrata olmaslik kasalligi uchraydi. Bu kasallikda rangli rasmlar bilan oqqora rasmlar va svetofor chiroklari bir xil koʻrinadi. Moddalar haroratini bevosita aniqlash mumkin boʻlmagan vaqtda chiqarish spektridagi R.ning oʻzgarishidan foydalaniladi. Shu usul bilan Quyosh sirti harorati aniqlangan. Kime tajribalarida erigan modda konsentratsiyasi (rangi)ni aniqlashda maxsus optik asbob (spektrofotometr)lardan foydalaniladi.[1]


Bu maqola rang haqidadir. Bu soʻzning boshqa maʻnolari uchun rang (maʻnolari) maqolasini koʻring.

Rangoptik diapazondagi elektromagnit nurlanishning sifat xarakteristikasi.

Spectrum441pxWithnm.png

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil