Anvar Sadat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Sadat

Sadat Anvar, Muhammad Anvar al Sadat (1918.25.12, Minufiya viloyati, Mit Abu al Qum qishlogʻi — 1981.6.10, Qohira) — Misrning davlat va siyosat arbobi. 1938-yili harbiy bilim yurtini tugatgan. J. A. Nosir boshqargan "Ozod zobitlar" inqilobiy tashkilot aʼzosi (1950), Milliy demokratik partiya raisi (1978). 1952-yil iyul inqilobida qatnashgan. Misr vitse-prezidenti (1964—66, 1969—70), prezidenti (1970 yildan). S. mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy hayotini liberallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar oʻtkazgan. Misrda "ochiq eshiklar" siyosatini joriy qilgan. 1973 y. 6 okt.da Isroilga qarshi urush boshlagan. SSSR bilan Misr oʻrtasida tuzilgan Doʻstlik va Hamkorlik haqidagi bitimni bekor qilgan (1976, mart). S. Isroil bosh vaziri M. Begin bilan AQSH vositachiligida Kemp Devid (AQSH) tinchlik shartnomasini imzolagan (1979 y. 26 mart). Unga binoan, Isroil 3 y. mobaynida oʻz qoʻshinlarini Sinay yarim orolidan olib chiqib ketishga vaʼda bergan. Oʻz navbatida S. Isroil bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tiklashga rozilik bergan. Nobel tinchlik mukofoti laureati (1978-y. dek.). Qohirada boʻlgan harbiy namoyish paytida otib oʻldirilgan. Ad:. Knyazev A. G., Yegipet posle Nasera, 19701981, M., 1986; Primakov Ye. M, Istoriya odnogo zagovora, M., 1985.[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil