Jamol Abdul Nosir
- Vikipediyada ismi Jamol boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Mansabda boʻlgan yillari 1956-yildan – 1970-yilgacha | |
|
Tavalludi |
15-yanvar 1918-yil Iskandariya |
|---|---|
| Vafoti | 28-sentyabr 1970-yil (52 yoshda) Qohira |
| Imzo | |
Jamol Abdul Nosir (arabcha: جمال عبدالناصر; 1918-yil 15-yanvar, Iskandariya, Asyut viloyati Bann Mur qishlogʻi — 1970-yil 28-sentyabr, Qohira) — Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi, 1939-yil harbiy bilim yurtini, 1942-yil harbiy-shtab kollejini tugatgan. 1948—1949-yillardagi Arab—Isroil urushi ishtirokchisi, „Ozod zobitlar“ tashkilotini tuzib inqilobiy harakatga rahbarlik qilgan. Nosir Inqilobiy kengashning avvalo rais oʻrinbosari, soʻng raisi, 1952—1956 -yillarda Misr Bosh vaziri oʻrinbosari, Ichki ishlar vaziri, Bosh vaziri boʻlgan. 1956-yil iyun — 1958-yil fevralda Misr prezidenti. 1956-yil Misr xalqining ingliz-fransuz-isroil agressiyasiga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1958-yil Nosir rahbarligida Misr bilan Suriya qoʻshilib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) vujudga keldi. Nosir 1958-yil BAR prezidenti, 1963-yil Arab sotsialistik ittifoqining raisi, 1956-yildan BAR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni. 1961-yilda Suriyani BARdan ajralib chiqishi Nosirning umum millatparvarlik siyosatiga hamda 1967-yildagi Isroil bilan boʻlgan „olti kunlik urush“da Misr armiyasining yengilishi Nosirning siyosiy mavqeiga sezilarli zarba bergan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
