Mangʻishloq
Mangʻishloq (qozoqcha: Маңғыстау түбегі) — Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi yarim orol Qozogʻistonning Mangʻishloq ewionmu tarkibida. M. nomi qadimdan mashhur. "Devonu lugʻotit turk", "Tarixi Abulxayrxoniy", "Abdullanoma" kabi asarlarda ham tilga olingan.
Yarim orolning janubi-gʻarbiy qismi tekislik va bu yerlarda baʼzan dengiz sathidan past botiklar (mas, Qoragiye — 132 m) uchraydi. Janubi-sharqida Mangʻishloq platosi (278 m gacha), shimolida Qoratov, Shimoliy va Janubida Oqtov togʻlari (balandligi 556 m gacha) bor. M. ohaktosh, qumtosh, gilli slanetslardan tarkib topgan. Tuproklari sur-qoʻngʻir, shoʻrxok, shoʻrtob tuproq va taqirlardan iborat. Katta neft va gaz konlari, qoʻngʻir koʻmir, marganets, temir rudasi va fosforit konlari topilgan. Choʻl oʻsimliklari (shuvoq, shoʻra, chayir, burgan, saksovul va h. k.) oʻsadi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Fort-Shevchenko porti bor. Neftchilarning Uzen va Jetiboy shaharlari rivojlanib bormoqda.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |