Kazaklar


Kazaklar[lower-alpha 1] (turkiycha – dovyurak, botir, erkin odamlar) – rus va boshqa xalqlar tarkibidagi etnik guruh. Kazaklar asosan Sharqiy Slavyan xalqi boʻlib, ularning kelib chiqishi Sharqiy Ukraina va Janubiy Rossiyaning Pont-Kaspiy choʻl zonasiga borib taqaladi[1][2][3].
Rossiya Federatsiyasida ularning umumiy soni 5 mln. kishiga yaqin (20-asr oxiri). Dindorlari – pravoslavlar. Hozirgi vaqtda Don va Ural havzalari, Volgaboʻyi va Kubandan tortib Zabaykalye, Ussuri, Irkutsk, Yenisey va Yettisuv atroflarigacha boʻlgan ulkan hududda yashaydilar. 15-asrda temuriy shahzodalarning qozoqlik qilib yurishi va qozoq xalqining nomlanishida Kazaklar soʻzining lugʻaviy maʼnosiga nisbatan muayyan darajada yaqinlik bor.
Kazaklar dastlab oʻrta asrlarda Dashti Qipchoqda yashagan qipchoqlar tarkibida erkin tabaqani tashkil qilganlar. Moʻgʻullar yurishidan keyin ularning turmushida muayyan oʻzgarishlar yuz berdi. 15—17-asrlarda Rus podshosi mamlakat chegaralarini himoya qilishda ulardan keng foydalandi. Shu paytdan boshlab kazaklar oʻz turkiy xususiyatlarini yoʻqota boshlab, slavyan xalqlari bilan aralashib ketdi. Keyinchalik Rus podsholari ularni ustalik bilan oʻz turkiy birodarlariga qarshi kurashga yoʻlladi. Dastlabki kazak qoʻshinlari Zaporojye Sechi, Terek, Yoyiq va boshqa joylarda harbiy jamoalar shaklida 16-asrning 1-yarmida vujudga keldi.
Kazaklar harbiy xizmatga oʻz kiyim-kechagi, oziq-ovqati, qurol-yarogʻi va ot-ulovi bilan borgan. Ularga hukumat tomonidan maosh toʻlangan, umrbod foydalanish uchun chekka hududlardan yer ajratilgan. Kondratiy Bulavin va Yemelyan Pugachyov boshchiligidagi qoʻzgʻolonlarda kazaklar faol qatnashgan. 18-asrdan boshlab to 1917 y.gacha kazaklar Rossiya imperiyasining umumiy qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy tabaqa hisoblanib kelgan. 1750-yil Astraxon va 1755-yil Orenburg kazak qoʻshinlari tuzilib, ulardan noʻgʻaylar, qalmoqlar, qozoqlar va boshqirdlarga qarshi kurashda foydalanildi. 1787-yil Novorossiyskda Qora dengiz kazak qoʻshinlari tashkil qilindi. Dunay ortini Rossiya bosib olgach, 1828-yil Azov kazak qoʻshinlari ham tuzildi. 19-asrda Sibir va b. mintaqalarda ham koʻplab kazak qoʻshinlari tashkil qilindi. 20-asr boshlarida Rossiyada 11 ta kazak qoʻshinlari (Don, Kuban, Terek, Astraxon, Ural, Orenburg, Yettisuv, Sibir, Zabaykalye, Amur, Ussuri) mavjud edi. 1916-yil. kazaklar soni 4.434 ming kishi boʻlib, ulardan 480 ming kishi harbiy xizmatni oʻtagan. Kazaklar ixtiyorida 63 mln. desyatina yer boʻlgan. Birinchi jahon urushiga kazaklar 300 ming askar joʻnatgan. Barcha kazak qoʻshinlari hamda viloyatlari harbiy va maʼmuriy jihatdan kazak qoʻshinlari bosh boshqarmasiga boʻysungan. Har bir qoʻshin boshida ataman turgan.
Kazaklar Rossiya olib borgan urushlarda, xususan, Yetti yillik urush (1756—1763), Fransiya-Rossiya urushi (1812), Qrim urushi (1853—1856), Rossiya-Turkiya urushi (1877—1878) da muhim rol oʻynagan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida harbiy texnikaning taraqqiy etishi bilan otliq kazak qoʻshinining urushdagi mavqei birmuncha pasayib qoldi.
1917-yil fevral inqilobini kazaklar xayrixohlik bilan kutib olishdi. Oktyabr toʻntarishidan keyin kazaklar dastlab bolsheviklar va sovet rejimiga qarshi kurashdilar. Don, Kavkaz, Orenburg, Uralda kazak armiyalari tashkil qilindi. Xususan, kazaklar Saritsin (hozirgi Volgograd), Ural, Orenburg , Shim. Kavkazda faol harakat qilganlar. Sovet Rossiyasi rahbarlari VM.Lenin va Ya. M.Sverdlov buyrugʻi bilan kazaklar ayovsiz qirgʻin qilindi. Leninning imzosi qoʻyilgan bitta telegramma olingandan keyin Donda qoʻzgʻolon koʻtargan oʻn minglab kazaklar otib tashlandi. Shuningdek, kazaklarning katta qismi qizil armiya safida turib gvardiyachilarga qarshi kurashgan. S. M. Budyonniy va O. I. Gorodovikov boshchiligidagi 1 va 2-otliq armiyaning ancha qismini kazaklar tashkil qilgan. 1920-yi sovet rejimi tomonidan kazaklar alohida harbiy tabaqa sifatida tugatildi.
1936-yil 20-aprelda kazaklardan harbiy xizmatga olishning cheklanganligi bekor qilindi va bir necha kazak diviziyalari tuzildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida generallardan L. M. Dovator, P. A. Belov va boshqalar rahbarligidagi kazak qoʻshilmalari fashizmga qarshi kurashdilar. SSSRning parchalanishi natijasida 20-asr oxirlaridan kazaklarning madaniy anʼanalari va urf-odatlari qayta tiklandi, turli kazak tashkilotlari tuzildi[4].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Max Vasmer tuzgan etimologik lugʻatda bu nom tatarcha „kozak“ (qozoq) soʻziga bogʻlanadi, u yerda „cosac“ „erkin odam“, shuningdek „zobit“ maʼnolarini anglatishi yozib oʻtilgan[5]. Qozoq etnonimi ham xuddi shu turkiy ildizdan kelib chiqqan[6][7][8].
Yozma manbalarda „kazak“ atamasi birinchi marta 13-asrga oid „Codex Cumanicus“ kitobida qayd etilgan[9][10].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kollmann, Nancy Shields. The Russian Empire 1450–1801, 1st, Oxford University Press, 2017 — 58-bet. ISBN 978-0-19-928051-3.
- ↑ O'Rourke, Shane (2011), „Cossacks“, The Encyclopedia of War (inglizcha), American Cancer Society, doi:10.1002/9781444338232.wbeow143, ISBN 978-1-4443-3823-2
- ↑ Magocsi, Paul Robert. A History of Ukraine, 1996 — 179–181-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ For a detailed analysis, see Pritsak, Omeljan (2006Andoza:–2007). "The Turkic Etymology of the Word Qazaq 'Cossack'". Harvard Ukrainian Studies 28 (1–4): 237–XII.
- ↑ "Online Etymology Dictionary". Online Etymology Dictionary.<!--->
- ↑ "Cossack". Britannica. 2015-05-28. https://www.britannica.com/topic/Cossack.<!--->
- ↑ Lebedynsky, Iaroslav. Histoire des Cosaques (fr). Lyon, FR: Terre Noire, 1995 — 38-bet.
- ↑ "Archived copy". Encyclopedia of Ukraine. http://www.encyclopediaofukraine.com/display.asp?linkPath=pages\C\O\Cossacks.htm.<!--->
- ↑ Max Vasmer. „ru:Этимологический словарь Фасмера: казаґк“ [Etymological Dictionary: Kazagk] (ru). narod.ru. 2015-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-avgust.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murad Adji, Polin polovetskogo polya, M., 1994.
- Havelock, H. (April 1898). "The Cossacks in the Early Seventeenth Century". English Historical Review 13 (50): 242–260. https://archive.org/details/sim_english-historical-review_1898-04_13_50/page/n36.
- Longworth, Philip. The Cossacks. London: Constable, 1969.
- Seaton, Albert. The Horsemen of the Steppes: The Story of the Cossacks. London: The Bodley Head, 1985. ISBN 978-0-370-30534-9.
- Summerfield, Stephen. Cossack Hurrah: Russian Irregular Cavalry Organisation and Uniforms during the Napoleonic Wars. Partizan Press, 2005. ISBN 978-1-85818-513-2.
- Summerfield, Stephen. The Brazen Cross: Brazen Cross of Courage: Russian Opochenie, Partizans and Russo-German Legion during the Napoleonic Wars. Partizan Press, 2007. ISBN 978-1-85818-555-2.
- Ure, John. The Cossacks. London: Constable, 1999. ISBN 978-0-094-77400-1.
- Witzenrath, Christoph. Cossacks and the Russian Empire, 1598–1725: Manipulation, Rebellion and Expansion into Siberia. Routledge, 2007. ISBN 978-1-134-11749-9.
- „General der Flieger Hellmuth Felmy“ [The Cossack Corps]. Hailer Publishing (2007). 2009-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Kazaklar haqida turkum mavjud |
![]() |
Vikilugʻatda Cossacks nomli maqola mavjud. |
Kropotkin, Peter Alexeivitch (1911) "Cossacks" Encyclopædia Britannica 7 (11chi nashri) p. 218
- „Cossacks during the Napoleonic Wars“.
- „Zaporizhian Cossacks“. „Encyclopedia of Ukraine“.
- „History of Ukrainian Cossacks“. „Encyclopedia of Ukraine“.
- Soviet Cossacks [photography]. – an issue of the propaganda journal USSR in Construction which presents numerous images of Cossack life in Soviet Russia.
- „Cossack Nation Live journal“.
- „Cossack Nation – The Social Network of Ethnic Cossacks“.
- „The Congress of Cossacks in America“.
- „Pirate, Rebel, Freedom Fighter, Champion of the Poor“. 2007-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
- „History of the Cossacks 15–21st centuries“. — „Documents, maps, illustrations“.
- Peeling, Siobhan „Cossacks“. „International Encyclopedia of the First World War“. 1914–1918 online. 2019-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.