Subhonqulixon
Subhonqulixon | |
---|---|
Subhonqulixon ibn Nadr Muhammad | |
Buxoro xonligi hukmdori | |
Mansab davri 1681-yil — 1702-yil 14-sentabr | |
Oʻtmishdoshi | Abdulazizxon |
Vorisi | Ubaydullaxon II |
Balx hokimi | |
Mansab davri 1651-yil — 1681-yil | |
Monarx | Abdulazizxon |
Oʻtmishdoshi | Nadr Muhammad |
Vorisi | Iskandarxon |
Kaxmer oʻlkasi hokimi | |
Mansab davri ? — 1651-yil | |
Monarx |
Nadr Muhammad Abdulazizxon |
Balx hokimi | |
Mansab davri 1642-yil — ? | |
Monarx | Nadr Muhammad |
Soli Saroy hokimi | |
Mansab davri ? — 1642-yil | |
Monarx | Imomqulixon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1628-yil Buxoro, Buxoro xonligi |
Vafoti |
14-sentabr 1702-yil (74 yoshda) Buxoro, Buxoro xonligi |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | |
Otasi | Nadr Muhammad |
Dini | Islom |
Dafn etilgan joyi |
Buxoro yaqinida Bahouddin Naqshband majmuasi Daxmai shohon |
Subhonqulixon (1625-yil (yoki 1628-yil), Buxoro, Buxoro xonligi — 1702-yil 14-sentabr, Buxoro, Buxoro xonligi) — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasidan Buxoro xonligi hukmdori (1682—1702).
Nadr Muhammadning oʻgʻli. Nadr Muhammadxon Buxoro xonligi hukmdori boʻlgach, oʻgʻli Subhonquli sultonni Soli Saroy shahri, soʻngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Koʻp oʻtmay u bu lavozimdan olinib, Kaxmerdga hokim boʻlgan. Subhonqulixonning katta akasi Abdulazizxon otasini hokimiyatdan chetlashtirib, Buxoro xonligi hukmdori boʻlgach, Subhonqulixon Balxga — otasi huzuriga yoʻl olgan. Subhonqulixon Balx viloyatida mustahkam oʻrnashib olib, Balx va Badaxshon hokimligini qoʻlga kiritgan (1651). Subhonqulixon Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658-yilda Abdulazizxonning piri Abdulgʻaffor xoʻja vositachiligida Buxoro va Balx oʻrtasida tinchlikka erishilib, Subhonqulixon akasining hokimiyatini rasmiy tan olgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, 1680-yil 2-fevralda keksayib qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonga Buxoro xonligi taxtini topshirib, oʻzi hajga joʻnaydi. Subhonqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun soliqlar miqdorini oshirib, qoʻshinni koʻpaytirgan. Anushaxonning vorisi Arang Muhammadxon 1687-yil Buxoroga bosqin qilganida Subhonqulixon bu hujumni qaytarish bilan cheklanmay, 1688-yilda oʻldirilgan xon oʻrniga Xorazm taxtiga oʻz noibi amir Niyoz eshik ogʻaboshini (Shohniyni) oʻtqazgan. Shu tariqa Abdullaxon II davridagidek Xorazm yana Buxoroga qoʻshib olingan va mintaqada yagona oʻzbek davlati qaror topgan. Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining Sharq davlatlari bilan diplomatik munosabatlari yaxshilangan. Boburiylardan Avrangzeb 1689-yilda Zabardastxon, Usmonli turk sultonlaridan Agʻmad I 1691-yilda Mustafo chovush boshchiligidagi elchilarni Buxoroga joʻnatgan. Subhonqulixon bilan Avrangzeb oʻrtasida bir necha marta (1671—1687) oʻzaro maktublar almashilgan. Subhonqulixon tomonidan Balx va Buxoroda koʻplab meʼmoriy obidalar, jumladan, Balxda madrasa, Buxoroda Dor ush-shifo, Registonda katta hovuz; Arkda salomxona va jome masjidi, shuningdek, Aminobodda chorbogʻ qurilgan. Bu davrda, ayniqsa, tibbiyot ilmi va adabiyot rivojlangan. Dor ush-shifoda bemorlarni davolash bilan bir qatorda ilmiy ishlar ham olib borilgan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi boʻlgan. U "Ihyo at-tibbi Subhoniy" ("Subhoniy tibbiyoti boʻyicha davolash"), "Lubb ul-lavoyih ul-qamar fil ixtiyorot" ("Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati") nomli ilmi nujumga oid risola yozgan. Subhonqulixon "Nishoniy" taxallusi bilan sheʼrlar bitib, saroyda oʻtkazilgan mushoiralarda oʻzi ham sheʼrlar aytgan.
Subhonqulixon Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda (Abdullaxon II qabri yaqinida) dafn etilgan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Istoriya Oʻzbekistana (XVI—I polovina XIX v.), t. 3, T., 1993.
- Mir Muhammad Amini Buhari, Ubaydullaname, T., 1957;
- Muhammad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956;
- Xoja Samandar Termiziy, Dastur ulmuluk, T., 1997.
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- F. Sultonov. F. Bozorboyev. O'zbekiston hukmdorlari. T.,2007