Aleksandr Ivankov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Dmitrievich Ivankov | ||
Tavallud sanasi | 17-oktyabr 1949-yil | ||
Tavallud joyi |
Chirchiq, Toshkent viloyati, ![]() | ||
Vafot sanasi |
6-iyun 2004-yil (54 yoshda) | ||
Vafot joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1970—1977 1977 1978 1980 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
(113(2) ? (1) ? (0) 21(2)) | |
Boshqargan klublari | |||
1979—1980 1985 1986 1987—1988 1992—1995 1992—1994 1995 1995 1996—1997 1999 2000 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Aleksandr Dmitrievich Ivankov (1949-yil 17-oktabr — 2004-yil 6-iyun) — Toshkentning „Paxtakor“ klubi himoyachisi va murabbiyi.
SSSR sport ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1986).
Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ivankov bolaligida suvga shoʻngʻishni yaxshi koʻrardi, biroq keyinchalik futbolni tanladi. Ivankovning birinchi murabbiyi Vadim Tereshchenko boʻlgan. Ivankov harbiy xizmatni Budapeshtda oʻtagan. U yerda Ivankovning istedodini Vsevolod Bobrov payqab qoladi va yosh futbolchini „Paxtakor“ jamoasiga yozilishini tavsiya qiladi. Boshida u hujum chizigʻida oʻynadi, ammo klubning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Mixail Yakushin uni himoyaga oʻtkazadi[1].
Ivankov Toshkent klubida 8 yil toʻp surdi. Jamoadagi faoliyati davomida u SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi. Himoyachi „Paxtakor“ni tark etgach, O‘zbekistonning „Shahrixon“, „Xorazm“ va „Narimanovets“ klublarida oʻynadi.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aleksandr Ivankov murabbiylik faoliyatini „Narimanovets“ klubida boshlagan. Ayni shu klubda u futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. 1986-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan. Ushbu muvaffaqiyati uchun murabbiyga Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan. 1986-1987 yillarda Ivankovning ustozi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiyi boʻlgan.
SSSR parchalanganidan keyin ham murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 1994-yili „Nurafshon“ jamoasini mamlakat vitse chempioniga aylantirdi. 1995-yilda Ivankov Oʻzbekiston terma jamoasini ikkita oʻyinda boshqargan. Oʻsh yili Afrika-Osiyo Millatlar Kubogida Ivankov boshchiligidagi jamoa Nigeriya termasiga munosib qarshilik koʻrsatgan.
1996-yilning iyun oyidan „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan. Uning qoʻl ostida jamoa 1997-yilda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda yana „Paxtakor“ga murabbiy etib tayinlangan[2], biroq bu safar atigi olti oy jamoani boshqargan.
2004-yil 6-iyunda vafot etgan. Toshkentdagi 1-qabristonning Kommunistik uchastkasiga (2-xarita) dafn etilgan[3].
Ivankovning farzandi Denis (1972-yilda tugʻilgan) ham futbolchi edi. U Oʻzbekistonning bir qator klublarida, jumladan, „Paxtakor“da ham darvozabon sifatida oʻynagan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- SSSR xalqlari Spartakiadasi finalchisi: 1986 yil.
- Oʻzbekiston Vitse chempioni: 1994 yil.
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996 yil.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Биография на сайте «Ташкент помнит!»“. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
- ↑ „У «Пахтакора» опять новый тренер“. sport-express.ru. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
- ↑ „Биография на сайте «Спортивный некрополь»“ (deadlink). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-mart 2015-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
|
- 17-oktyabrda tugʻilganlar
- 1949-yilda tugʻilganlar
- 6-iyunda vafot etganlar
- 2004-yilda vafot etganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Yangiyer futbol klubi murabbiylari
- Nurafshon (Buxoro) futbol klubi murabbiylari
- Murabbiylar
- Oʻzbekiston murabbiylari
- Oʻzbekiston futbolchilari