Xorazm (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorazm
Xorazm futbol klubi logotipi
Toʻliq nomi Xorazm futbol klubi
Laqabi Urganch
Asos solingan 1989
Stadion Xorazm (stadion)
Stadion hajmi 13500
Murabbiyi Oʻzbekiston Ruslan Axmedov
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro ligasi
2023
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Xorazm, "Xorazm" professional futbol klubi — Xorazm viloyati, Urganch shahrining futbol klubi. 1989-yilda tashkil etilgan.

Nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1989—1990-yillar — „Jayhun“
  • 1991—1992-yillar — „Quruvchi“
  • 1993—1996-yillar — „Dinamo“
  • 1997—2001-yillar — „Xorazm“
  • 2002-yil — „Jayhun“
  • 2003—2005-yillar — „Xorazm-2003“
  • 2006-yildan — „Xorazm“

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Urganchda SSSR chempionati Ikkinchi ligasida Xorazm viloyatining yana bir jamoasi — „Xanki“ (Xonqa) oʻrniga „Jayhun“ futbol klubi tashkil etilgan.

Oleg Bugaev boshchiligidagi jamoa 1-turni omadsiz oʻtkazdi. Faqat tajribali mutaxassis Valeriy Vasilenkoning kelishi vaziyatni oʻzgartirib, „Jayhun“ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi (klub mavsumni 16-oʻrinda yakunladi)[1].

1990-yilda „Jayhun“ni yangi murabbiy Zohidulla Sanatulov boshqargan. Ammo klub omadsiz oʻynashda davom etdi va Sanatulov sentabr oyida Yuriy Gordeevga almashtirildi. U oxirgi turlarda 17-oʻrinni egallab, vaziyatni oʻnglashga muvaffaq boʻldi[2].

1991-yilda klub nomini „Quruvchi“ deb oʻzgartirdi. Jamoani mahalliy mutaxassis Allabergen Matniyazov boshqardi, biroq natijada mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi — klub ligada soʻnggi oʻrinni egalladi[3].

Oʻzbekiston chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993—1996-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda klub „Dinamo“ deb oʻzgartirilib, Xorazm IIB tasarrufiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u Xorazm viloyati chempioni boʻldi va viloyat ligalari gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Oʻtish turniri natijasi boʻyicha Urganch klubi Birinchi ligaga chiqa olmadi. Lekin Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Xorazm jamoasiga yonbosib, uni quyi-elita divizioniga kiritdi.

Shu tariqa, „Dinamo“ Xorazm tarixida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan birinchi klub boʻldi. 1994-yilda jamoani oʻtmishda taniqli murabbiy Valeriy Vasilenko boshqargan.

1994-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda „Dinamo“ jamoasi safarda Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

„Dinamo“ning ilk uy uchrashuvi 23-aprel kuni "Olimpiya" stadionida Yangiyoʻlning „Mebelchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Bu oʻyin mezbonlar uchun unchalik omadli kechmadi. Uchrashuv davomida magʻlub boʻlgan urganchliklar soʻnggi soniyalarda toʻpni darvozaga yoʻlladi va ochkoni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi — 1:1.

Uydagi ilk gʻalaba keyingi turda (26-aprelda) qoʻlga kiritildi. Jizzaxning „Yigiruvchi“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Viktor Lukyanovning yagona goli mezbonlarga minimal 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Bu natija „Dinamo“ga 4-turdan keyin turnir jadvalida 5-oʻrinni egallash imkonini berdi.

Keyinchalik debyutantning taqdiri unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. „Dinamo“ qolgan oʻyinlarni yetarli darajada yahshi oʻtkazmadi va 9 ochko jamgʻargan jamoa 1-turni oxiridan oldingi oʻrinda yakunladi.

Achinarli natijalar klub rahbariyatini tarkibni bir necha tajribali futbolchilarni taklif qilib kuchaytirishga majbur qildi. Ular orasida Vali Sultonov, Pavel Kaygorodov, Arsen Grigoryan, Vladimir Merejko va boshqalar bor edi.

Ammo vaqt boy berildi, jamoa oʻz oʻyinini topa olmadi va 1994-yilgi chempionatni oxirgidan oldingi 17-oʻrinda yakunladi. Klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Vali Sultonov boʻldi va u 7 ta gol kiritdi.

Bu natijaga qaramay „Dinamo“ Birinchi ligani tark etmadi. Ishtirokchilar sonining kengayishi munosabati bilan, OʻFF mamlakatdagi ikkinchi muhim klub turnirida jamoani qoldirdi.

1995-yilda jamoaga Bahodir Mirzaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning yordami bilan klub bir qancha tajribali futbolchilar (darvozabon Aleksandr Semyonov, himoyachilar Evgeniy Lushnikov va Ildus Sharipov, yarimhimoyachi Edik Sattarov) bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, bir qancha umidli yosh futbolchilar — Botir Mirzaev, Daniyar Musaev, Dmitriy Malin, Vladimir Baranov va Andrey Chedinovskixlar taklif etilgan. Jamoa asosida mahalliy futbolchilar — Vali Sultonov, Azimbay Nurmetov va Jahongir Sultonovlar ham bor edi.

Ishtirokchilar soni ortishi munosabati bilan Birinchi liga formati oʻzgartirildi. 26 ta jamoa hududiy prinsip boʻyicha 2 ta zonaga boʻlingan.

Har bir zonadan 8 ta eng yaxshi jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi va Oliy ligaga 2 tadan yoʻllanma oʻynadi. „Dinamo“ Gʻarbiy zonada oʻynashi kerak edi.

„Dinamo“ uchun mavsum omadsiz boshlandi. Mehmon jamoa 1-turda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasining prinsipial raqibi — Nukusning „Orol“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Keyingi turda esa oʻz maydonida „Tegirmonchi“ni katta qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida hal qiluvchi golni urdi — 2:1. Shundan soʻng urganchliklar yaxshi formaga kirib, ketma-ket 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazib, 6 ta gʻalabaga erishdi. Jumladan, keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy raqobatchilar — "Zarafshon" (2:1) va „Progress“ (4:2) ustidan gʻalaba qozongan.

Bu natijalar klubga yakkama-yakka Gʻarbiy zona turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkonini berdi. Jamoa nafaqat turnirda yuqori oʻrinlar, balki Oʻzbekiston Oliy ligasiga chiqish uchun ham kurash olib borishga qodir ekani oydinlashdi.

Dinamo sekinlashmadi va dastlabki bosqichning qolgan qismini ishonch bilan oʻtkazib, 1-oʻrindan 1995-yilgi chempionatning final bosqichiga chiqdi. 5-oktabr kuni Birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi tur oʻyinlariga start berildi. Klublar Oliy ligaga 2 ta yoʻllanma uchun kurashishi kerak edi. Ularga asosiy daʼvogar „Dinamo“ (Urganch), „Cushon“ (Kosonsoy), "Chilonzor" (Toshkent) va "Zarafshon" (Navoiy) klublari edi.

Urganchliklar yana turnirni unchalik ishonchsiz boshladilar, dastlabki ikki safar oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ochko jamgʻarib, „Madaniyat“ (1:1) va „Gʻazalkent“ (0:0) bilan durang oʻynadi.

Bu natijalar darhol jamoaning turnir jadvaliga taʼsir qildi va „Dinamo“ jamoasi 3-oʻringa tushib ketdi. Ammo keyingi turlar oʻyinlari hammasini oʻz oʻrniga qoʻydi.

Klub oʻyinlarni juda shay holatda oʻtkazdi va ketma-ket bir necha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, yana peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Asosiy raqiblar — Kosonsoyning „Kushon“ (2:0) va Toshkentning "Chilonzor" (1:0) jamoalari ustidan qozonilgan gʻalaba hal qiluvchi boʻldi.

9-noyabr kuni esa oʻz maydonida „Gʻazalkent“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan urganchlik futbolchilar muddatidan avval (mavsum yakuniga bir tur qolganda) Oʻzbekiston Oliy ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Klubning eng yaxshi toʻpurarlari sifatida hujumchilar Vali Sultonov (18 ta gol) va Botir Mirzaev (17), shuningdek, himoyachi Pavel Kaygorodov (11) qayd etildi.

1996-yilda „Dinamo“ (Urganch) birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi. Mavsum boshlangunga qadar jamoani yetakchi futbolchilar tark etishdi va bosh murabbiy Rahim Moʻminovga almashtirildi. Barqaror ravishda mablagʻ ajratilishiga qaramay, klub kadrlar bilan taʼminlanmagan, mavsumoldi yigʻin sust oʻtkazildi. Muvaffaqiyatsiz natijalar oʻzini uzoq kuttirmadi.

Chempionatning 1-turi toʻliq muvaffaqiyatsiz oʻtdi. „Dinamo“ jamoasi bor-yoʻgʻi 1 ta gʻalabaga erishdi va turnir jadvalida munosib soʻnggi oʻrinni egalladi. Natijada bosh murabbiy ishdan boʻshatildi va bu lavozimga Vladimir Desyatchikov taklif qilindi.

Urganchliklar 2-tur boshlanishidan oldin bir qancha tajribali futbolchilar — Burgandin Chobanov, Eduard Kudryashov, Sergey Kovshov, Yevgeniy Matveyev va Aleksey Kornichenkolar bilan kuchayishdi.

Yosh Dmitriy Malin bilan tandemda oʻynay boshlagan, oʻtgan mavsum toʻpurari Vali Sultonov ham klubga qaytdi. Jamoa oʻzgarib, yangicha oʻynadi.

Urganchliklar 2-turda 7 ta gʻalabaga erishdi. Ammo, 1996-yilgi mavsum yakunida „Dinamo“ jamoasini 15-oʻrindan qutqarib qolgan 1 ochko ajratib qoldi. Dmitriy Malin 8 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Ammo chempionatda ishtirokchilar soni ortgani bois Oʻzbekiston futbol federatsiyasi qarori bilan Xorazm klubi Oliy ligadagi oʻrnini saqlab qoldi.[4]

Mahalliy musboqalardagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Liga Nomi Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Ochko Oʻrni (ishtirokchilar soni) Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar)
1989 Ikkinchi liga 7-zona Jayhun 40 15 7 18 42 59 37 16 (21) Sovet Ittifoqi Konstantin Novikov (10)
1990 Ikkinchi kichik liga 9-zona Jayhun 38 12 6 20 34 65 30 17 (20) Sovet Ittifoqi Vladimir Bogdanavichus (7)
1991 Ikkinchi kichik liga 9-zona Quruvchi 50 7 8 35 36 131 22 26 (26) Sovet Ittifoqi Nikolay Korenev(6)

Oʻzbekiston chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Liga Nomi Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Ochko Oʻrni (ishtirokchilar soni) Bosh murabbiy Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar)
1994 Birinchi liga Dinamo 34 8 6 20 27 64 22 17 (18) Valeriy Vasilenko (iyungacha)
Vladimir Desyatchikov (iyundan)
Vali Sultonov (7)
1995 Birinchi liga Dinamo 36 25 6 5 78 34 81 1 (26) Bahodir Mirzaev Vali Sultonov (18)
1996 Oliy liga Dinamo 30 8 3 19 36 67 27 15 (16) Rahim Moʻminov (iyungacha)
Vladimir Desyatchikov (iyundan)
Dmitriy Malin (8)
1997 Oliy liga Xorazm 34 13 3 18 58 77 42 10 (18) Vladimir Desyatchikov (sentabrgacha)
Islom Axmedov (sentabrdan)
Hamza Jabborov (20)
1998 Oliy liga Xorazm 30 10 6 14 39 55 36 12 (16) Islom Axmedov Hamza Jabborov (10)
1999 Oliy liga Xorazm 30 12 5 13 39 40 41 7 (16) Ruzmet Kuryazov Vladimir Baranov (10)
2000 Oliy liga Xorazm 38 8 6 24 37 67 30 19 (20) Ruzmet Kuryazov (sentabrgacha)
Olimjon Rahmonov (sentabrdan)
Vali Sultonov (10)
2001 Birinchi liga Xorazm 32 13 7 12 57 53 46 7 (17) Olimjon Raxmonov Vali Sultonov (11)
2002 Birinchi liga Jayhun 32 15 9 8 47 36 54 7 (17) Botir Mirzaev Jasur Allanazarov (9)
2003 Birinchi liga Xorazm- 2003 28 13 3 12 40 45 42 6 (15) Odilbek Atajanov (9)
2004 Birinchi liga Xorazm −2003 40 16 5 19 61 76 53 6 (11, Gʻarbiy zona) Ulugʻbek Saparov Vali Sultonov (12)
2005 Birinchi liga Xorazm −2003 34 27 2 5 93 32 83 2 (18) Kuat Tureev Mansur Abdullayev (23)
2006 Oliy liga Xorazm 30 0 3 27 21 127 3 16 (16) Kuat Tureev (iyulgacha)
Oleg Tyulkin (iyuldan beri)
Sarvar Ibodullaev (9)
2007 Birinchi liga Xorazm 38 16 5 17 32 59 53 12 (20) Roʻzimboy Ahmedov (15)
2008 Birinchi liga Xorazm 34 24 5 5 70 25 77 1 (18) Vali Sultonov Roʻzimbay Ahmedov (22)
2009[5][6] Oliy liga Xorazm 30 9 11 10 30 39 38 10 (16) Vali Sultonov Roʻzimbay Ahmedov (5)
Vladimir Baranov (5)
2010 Oliy liga Xorazm 26 2 7 17 21 46 13 14 (14) Vali Sultonov (avgustgacha)
Baxrom Hakimov (avgust)
Vali Sultonov (avgustdan)
Zafar Polvonov (9)
2011 Birinchi liga Xorazm 36 20 9 7 69 29 69 5 (23) Vali Sultonov Vladimir Gavrilov (24)
2012 Birinchi liga Xorazm 38 18 8 12 52 39 62 7 (24) Marks Quranboyev (9)
2013 Birinchi liga Xorazm 38 19 6 13 57 42 63 6 (24) Adambay Qurbonniyazov (martgacha)
Azamat Nurmetov (martdan)
Murod Bobajanov (19)
2014[7] Birinchi liga Xorazm 38 15 8 15 52 56 53 11 (24) Mansur Davletov (avgustgacha)
Vali Sultonov (avgustdan)
Nizom Norov (13)
2015[8] Birinchi liga Xorazm 34 19 4 11 49 41 42 7 (20) Vali Sultonov[9] Timur Bekchanov (9)
2016 Birinchi liga Xorazm 32 12 6 14 56 50 42 7 (18) Umid Tojimov[10]
2017 Birinchi liga Xorazm 34 13 8 13 52 52 47 9 (18) Aleksandr Yejov Sardor Matmuratov (12)
2018 Pro-liga Xorazm 32 9 6 17 51 70 33 7 (14) Aleksandr Yejov Temur Ismoilov (11)
2019 Pro-liga Xorazm 28 14 5 9 58 37 47 6 (8) Aleksandr Yejov Timur Bekchanov (12)
2020 Pro-liga Xorazm 20 6 3 11 23 32 21 7 (8) Gʻayrat Shixov (sentabrgacha)
Aleksandr Yejov (sentabrdan)
Sardor Matmuratov (5), Sarvar Jumaniyozov (5)
2021[11] Pro-liga Xorazm 20 7 7 6 32 29 28 5 (8) Aleksandr Yejov Roʻzimbay Ahmedov (7), Timur Bekchanov (7)
2022 Pro-liga Xorazm 26 10 5 11 42 40 35 4 (10) Ruslan Axmedov Marsiano Roki (15)

Oʻzbekiston kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Bosqich
1995 4 2 0 2 8 10 1/16 final
1996 4 1 1 2 5 7 Dastlabki guruh bosqichi
1997 6 3 1 2 9 11 1/8 final
1998 1 0 0 1 1 2 1/16 final
1999/2000 1 0 0 1 1 2 1/16 final
2000/2001 3 1 0 2 7 9 1/8 final
2001/2002 3 1 0 3 6 11 1/8 final
2002/2003 3 1 0 2 11 7 Dastlabki guruh bosqichi
2004 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2005 2 0 1 1 0 3 Dastlabki guruh bosqichi
2006 1 0 0 1 2 5 Dastlabki 2-bosqich
2007 1 0 0 1 0 6 Dastlabki 2-bosqich
2008 1 0 0 1 0 2 Dastlabki 1-bosqich
2009 3 2 0 1 5 5 1/4 final
2010 1 0 0 1 0 1 Dastlabki 2-bosqich
2011 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2012 1 0 0 1 1 3 1/16 final
2013 1 0 0 1 - + Dastlabki 1-bosqich
2014 2 1 0 1 4 6 Dastlabki 2-bosqich
2015 1 0 0 1 0 3 Dastlabki 1-bosqich
2016 0 0 0 0 0 0 Dastlabki 1-bosqich

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1Chempion Birinchi liga gʻolibi (2 marta): 1995, 2008.
  • 2Kumush medal sovrindori Birinchi liganing 2-medali sohibi: 2005.
  • 1Chempion Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2010.

Joriy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 30-mart holatiga

Amplua Futbolchi
12  UZB DR Hojiakbar Jo‘rayev[12]
91  UZB DR Nursulton Aminov[13]
12  UZB DR Umid Hamroyev[14]
54  UZB HM Aʼzamjon Abdullayev[15]
88  UZB HM Abror Xusinov[16]
51  UZB HM Anvarbek Roʻzimov[17]
59  UZB HM Asadbek Islomov[18]
20  UZB HM Jasur Jumayev[19]
4  UZB HM Jasurbek Otajonov[20]
50  UZB HM Mardonbek Qoʻziyev[21]
19  UZB HM Mirjalol Sultanov[22]
37  UZB HM Ravshanbek Sultonov[23]
19  UZB HM Ulugʻbek Sharipov[24]
19  UZB YH Azizbek Bahromov[25]
7  UZB YH Dadaxon Yusupov[26]
17  UZB YH Hayotjon Shodmonov[27]
Amplua Futbolchi
34  UZB YH Ilyosbek Rahimov[28]
6  UZB YH Jahongir Ahmadov[29]
24  UZB YH Jamshid Zaripboyev[30]
34  UZB YH Mahmud Qalandarov[31]
9  UZB YH Muhammadhayit Qo'ldoshev[32]
14  UZB YH Sheroz Jalolov[33]
88  UZB YH Siroj Meliyev[34]
9  UZB YH To‘lqin Ergashev[35]
47  UZB HJ Boburmirzo Bahodirov[36]
7  UZB HJ Bunyodbek Matrasulov[37]
85  UZB HJ Murodbek Ismoilov[38]
23  CMR HJ Nevil Mbanuey Tengeg[39]
98  UZB HJ Otajon Niyozmetov[40]
11  UZB HJ Sahob Rashidov[41]
99  UZB HJ Shahzod Beshimov[42]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „СССР. Сезон — 1989. Вторая лига. 7 зона.“. klisf.info.
  2. „СССР. Сезон — 1990. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  3. „СССР. Сезон — 1991. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  4. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  5. „"Ретро сурат". "Хоразм-2009"“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  6. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 3-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2023-yil.
  7. „Биринчи лига. Олий лига учун жиддий курашмаётган “Хоразм” ҳақида“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  8. „Биринчи лига. Иккинчи босқич якунлари. “Хоразм” ҳақида“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  9. „Вали Султонов “Хоразм” бош мураббийи этиб тайинланди“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  10. „Умид Тожимов “Хоразм”да иш бошлади“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  11. „Про лига бошланмоқда: Танишинг, "Хоразм" - 2021“. 3-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2023-yil.
  12. Hojiakbar Jo‘rayev
  13. Nursulton Aminov
  14. Umid Hamroyev
  15. A'zamjon Abdullayev
  16. Abror Xusinov
  17. Anvarbek Roʻzimov
  18. Asadbek Islomov
  19. Jasur Jumayev
  20. Jasurbek Otajonov
  21. Mardonbek Qoʻziyev
  22. Mirjalol Sultanov
  23. Ravshanbek Sultonov
  24. Ulug'bek Sharipov
  25. Azizbek Bahromov
  26. Dadaxon Yusupov
  27. Hayotjon Shodmonov
  28. Ilyosbek Rahimov
  29. Jahongir Ahmadov
  30. Jamshid Zaripboyev
  31. Mahmud Qalandarov
  32. Muhammadhayit Qoʻldoshev
  33. Sheroz Jalolov
  34. Siroj Meliyev
  35. To‘lqin Ergashev
  36. Boburmirzo Bahodirov
  37. Bunyodbek Matrasulov
  38. Murodbek Ismoilov
  39. Nevil Mbanuey Tengeg
  40. Otajon Niyozmetov
  41. Sahob Rashidov
  42. Shahzod Beshimov

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]