Sergey Ivanovich Lushan (1973-yil 14-iyun, Oʻzbekiston SSR, Bekobod shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi himoyachi ampulasida oʻynagan.Faoliyati
Uning yoshlikdagi futbolchilik faoliyati olti yoshida „Paxtakor“ futbol akademiyasida boshlangan. Lushanning birinchi professional klubi Patriot Moskva boʻlgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Rossiyaning „Okean Naxodka“, „Krilya Sovetov Samara“, „Rostselmash Rostov-na-Donu“ va boshqa klublarida oʻynagan. 2007-yilda „Bunyodkor“ga oʻtib, ikki mavsum oʻynagach klubda oʻz faoliyatini yakunlagan.
Lushan 1998-yildagi debyutidan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 28ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan[1]. U 1998-yil 16-noyabrda Hindistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[2].
2008-yilda futbolchilik faoliyatini „Bunyokdor“da yakunlab, klubning yoshlar akademiyasi direktori etib tayinlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston yoshlar ligasida toʻp suradigan „Bunyodkor“ yoshlar jamoasi oʻrinbosarlari murabbiyi etib tayinlangan. 2013/2014-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surayotgan „Bunyodkor-2“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2014-yilning 11-martida Aleksey Yevstafeyev oʻz lavozimini tark etganidan soʻng, u Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan.
2014-yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasidagi vazifasini tark etib, „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. U bu lavozimda vaqtinchalik boshqaruvchi Aleksandr Volkovni oʻrniga kelgan[3]. 2015-yil 20-sentabr kuni boʻlib oʻtgan „Neftchi Fargʻona“ va „Bunyodkor“ uchrashuvidan soʻng isteʼfoga chiqgan va 2015-yil 23-sentabrda oʻz lavozimini tark etgan.