Valeriy Bextenev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Valeriy Borisovich Bextenev | ||
| Tavallud sanasi | 8-dekabr 1914-yil | ||
| Tavallud joyi | Barnaul, Rossiya imperiyasi | ||
| Vafot sanasi |
25-fevral 1993-yil (78 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Moskva Rossiya | ||
| Boʻyi | 169 cm (5 ft 6 1⁄2 in), | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| – | Dinamo (Taganrog) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1933 | Dinamo (Armavir) | ||
| 1934—1936 | Dinamo (Rostov-Don) | ||
| 1937 | Dinamo (Yerevan) | 8 | (3) |
| 1933 | Dinamo (Rostov-Don) | 19 | (10) |
| 1939—1947 | Dinamo (Moskva) | 18 | (3) |
| 1948 | Dinamo (Minsk) | 18 | (4) |
| 1933 | Dinamo (Yerevan) | 9 | (2) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1950 | Mehnat zahiralari (Frunze) (yordamchi) | ||
| 1951 | Mehnat zahiralari (Frunze) | ||
| 1952 | Buravestnik (Kishnyov) | ||
| 1954—1955 | Torpedo (Gorkiy) | ||
| 1956 | Paxtakor | ||
| 1656 | Oʻzbekiston SSR | ||
| 1957—1958 | Shaxtyot (Kadievka) | ||
| 1966—1967 | Kuban | ||
| 1968—1969 | Zenit (Ijevsk) | ||
| 1970—1971 | Lokomotiv (Kaluga) | ||
| 1972 | Motor (Vladimir) | ||
| 1974 | Yangiyer | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Valeriy Borisovich Bextenev (1914-yil 8-dekabr, Barnaul – 1993-yil 25-fevral, Moskva) – sovet futbolchisi va murabbiyi. Yarim himoyachi, markazi hujumchi[1]. SSSR sport ustasi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini Taganrogning „Dinamo“ klubida boshlagan.
Bextenev butun faoliyatini „Dinamo“ nomi atalgan klublarida oʻtkazgan. Rostov, Yerevan, Moskva, Minsk jamoalarida oʻynagan. „Dinamo“ Moskva klubi tarkibida SSSRning ikki karra chempioni: 1940 (6 oʻyin, 1 gol) va 1945 (1 oʻyin)[3]. Moskva „Dinamo“sining Buyuk Britaniyadagi turnesi ishtirokchisi (1945). Umuman olganda, u oliy ligada 64 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyatini Frunze shahridagi „Trudoviye rezervi“da dastlab yordamchi, keyin murabbiy sifatida boshlagan. Keyinchalik Kishinyov va Gorkiy jamoalarini boshqargan. 1953—1954-yillarda SSSR sport qoʻmitasining futbol boʻlimi davlat murabbiyi boʻlib ishlagan. 1956-yilda yangi tashkil etilgan „Paxtakor“ klubini boshqargan va bir vaqtning oʻzida 1-Butunittifoq Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan[4].
1959—1964-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida yosh futbolchilarini tayyorlash guruhlarida murabbiylik qilgan. Anatoliy Kojemyakinning birinchi murabbiyi hisoblanadi[3]. Keyinchalik, Krasnodarning „Kuban“ klubida bosh murabbiylik qilgan.
1993-yil 25-fevralda Moskvada vafot etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Andoza:Veb ymanbasi
- ↑ „Сайт болельщиков ФК «Торпедо» Владимир“. 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
- 1 2 „Сайт ФК «Динамо» (Москва)“. 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Быть или не быть? Экзаменаторы из Эфиопии“. 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Сайт ФК «Торпедо» (Владимир)“. 2016-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Valeriy Bextenev Footballfakst saytidagi profili
- Valeriy Bextenev Footballdatabase saytidagi profili
- 8-dekabrda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- Barnaulda tugʻilganlar
- 25-fevralda vafot etganlar
- 1993-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Dinamo Rostov klubi futbolchilari
- FK Dinamo Yerevan futbolchilari
- FC Dinamo Minsk futbolchilari
- Dinamo Moskva klubi futbolchilari
- SSSR futbol murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Yangiyer futbol klubi murabbiylari
- Alga futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston SSR milliy futbol terma jamoasi murabbiylari