Ilhom Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilhom Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilhom Xalimovich Sharipov
Tavallud sanasi 24-fevral 1968-yil (1968-02-24) (56 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Namangan, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 175 sm
Ampluasi Yarimhimoyachi
Mukofotlari
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1989 Sovet Ittifoqi Dinamo (Samarqand) 101 (20)
1987Oʻzbekiston Paxtakor 15 (0)
1989Sovet Ittifoqi SKA-RShVSM (Angren) 14 (0)
1990—1995 Oʻzbekiston Paxtakor 152 (15)
1995—1999 Oʻzbekiston Navbahor 61 (12)
1999—2000 Oʻzbekiston Samarqand 31 (5)
2001 Oʻzbekiston Doʻstlik 6 (2)
2002 Qozogʻiston Esil-Bogatyr 11 (0)
2002—2004 Oʻzbekiston Samarqand-Dinamo 36 (5)
Milliy terma jamoa
1992—2001 OʻzbekistonOʻzbekiston 32 (2)
Boshqargan klublari
2006-2011 OʻzbekistonPaxtakor
2016 OʻzbekistonDinamo (Samarqandi)
2017 OʻzbekistonDinamo (Samarqandi) murabbiyi
2018—2020 OʻzbekistonDinamo (Samarqandi) bosh menejer
Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilhom Xalimovich Sharipov (oʻzbekcha: Илҳом Халимович Шарипов; 1968-yil24-fevral) — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Hozirda murabbiy.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab oʻz faoliyatini 1986-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning oʻrtalarida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan, biroq oradan maʼlum vaqt oʻtib „Dinamo“ga qaytib, 1989-yilgacha „Dinamo“da faoliyatini davom ettirgan.

1990-yilda yana „Paxtakor“ jamoasiga oʻtadi, klubda 1995-yilgacha faoliyat yuritadi. U maydon markazida Xoren Ovannisyan, Mirjalol Qosimov va Andrey Pyatnitskiy bilan muvaffaqiyatli oʻyin namoyeish etib muhlislar olqishiga sazovor boʻlgan. 1991-yilda „Paxtakor“ tarkibida toʻp surgan vaqtida SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan. Jamoa oʻsha davrda yuqori yaxshi natijalarni qayd etgan. SSSR parchalanganidan soʻng, Paxtakor Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻldi. Keyin esa, Sharipov navbatdagi guruh almashinuvini amalga oshirib „Navbahor“ klubiga oʻtdi. Namangan klubi tarkibida ham yaxshi natijalarni qayd etdi, uning jamoasi ikkinchi bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz faoliyati davomida u terma jamoa tarkibida ham toʻp surdi. Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 1994-yili Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib natijani qayd etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Oltin medalni qoʻlga kiritib Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2006-yil noyabr oyida Sharipovning futbolda xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi[1]. U oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagan boʻlsada, lekin futbolni tarak etmadi. „Paxtakor“ klubi tarkibida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirdi[2].

Davlat mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning sport soxasiga aynan futbolni rivojlantirish va targʻib etishda qoʻshgan hissasi hukumat tomonida yuksak baholanib, 1994-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan — Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari, Xirosimada oʻtkazilgan XII Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun Oʻzbekiston terma jamoasi va murabbiylari „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1996, 2001
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1993-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 1993-yil
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 1997-yil
  • Osiyo oʻyinlari chempioni (1): 1994-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]