Jamshid Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamshid Saidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamshid Saidov
Tavallud sanasi 14-fevral 1978-yil (1978-02-14) (46 yosh)
Tavallud joyi Buxoro Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.72 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi / Yarim himoyachi
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qizilqum
Raqami (Bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2003 Buxoro 102 (2)
2004 Dinamo 18 (1)
2005—2008 Vobkent 25+ (3+)
Boshqargan klublari
2010—2012 Buxoro (Yordamchi murabbiy)
2012 Buxoro (Bosh murabbiy)
2015—2017 Buxoro (Bosh murabbiy)
2019—2020 Andijon (Yordamchi murabbiy)
2021—2023 Lokomotiv (Yordamchi murabbiy)
2023— Qizilqum (Bosh murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamshid Saidov (ruscha: Саидов Джамшид; 14-fevral 1978-yil[1], Buxoro) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Navoiyning „Qizilqum“ klubi bosh murabbiyi. Futbolchilik faoliyatida asosan Buxoro viloyati jamoalarida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidov professional futboldagi faoliyatini „Buxoro“ klubida, 1999-yilgi mavsumda boshlgaan. Buxoro klubida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan 2004-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda Buxoroga qaytdi va Vobekntning „Vobkent“ klubi safida oʻynay boshlagan. 2006-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasi musoboqasida Toshkentning „Quruvchi“ jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni olib Oʻzbekiston Oliy ligasiga „Vobkent“ klubi bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyatini 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan Buxoro jamoasida, Gennadiy Kochnevga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsumda bir muddat „Buxoro“ klubi bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2013—2015-yillarda Muborakning „Mashʼal“ klub tizimida ishlagan[2] va bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yordamchilik qilgan[3]. 2014-yilda AFC murabbiylik Pro litsenziyasini qoʻlga kiritgan[4]. 2015-yilgi mavsumda yana „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytdi. 2015-yil 5-iyulda Shuhrat Fayziyev oʻrniga „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan[5][6][7]. Jamshid Saidov boshchiligidagi Buxoro jamoasi 2016-yilgi mavsumda oʻz tarixidagi eng yaxshi natijalarni birini qayd etdi. Mavsum davomida barqaror oʻynagan jamoa musoboqa yakunida 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. 2017-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasidan isteʼfoga chiqgan[8][9]. 2020-yil 27-iyulda „Buxoro“ klubida bosh murabbiylikdan boʻshatilgan Muhsin Muhammadiyev oʻrniga bosh murabbiy sifatida tayinlangan[10] va mavsum soʻngida isteʼfoga chiqgan[11][12]. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tizimida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirgan[13]. 2023-yil 20-iyunda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi[14][15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Машъал" Жамшид Саидовни табриклайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  2. „"Машъал" ёшларини энди Жамшид Саидов бошқариб боради“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  3. „Жамшид Саидов: "Янги мавсумга тайёргарлик режаларимиз маълум бўлган"“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  4. „Хомяков ва Саидов ПРО лицензияси соҳиби бўлишди“. 2022-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  5. „Расмий хабар: Жамшид Саидов - "Бухоро" бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  6. „Расман! Жамшид Саидов "Бухоро" бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  7. „Расман: Жамшид Саидов - "Бухоро" бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  8. „Жамшид Саидов нима учун истеъфога чиқарилганини билмайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  9. „Бухоролик мухлислар Агамуродов ва Саидовга миннатдорчилик билдиради“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  10. „Муҳсин Муҳаммадиев «Бухоро» жамоаси бош мураббийилигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  11. „Жамшид Саидов "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  12. „“Бухоро” бош мураббий масаласини қачон ҳал қилади?“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  13. „Жамшид Саидов ва Акмал Шораҳмедов "Локомотив" мураббийлар штабида фаолият юритади“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  14. „Эшитдик-да! "Қизилқум" мураббийлар штабига икки нафар мутахассис келиб қўшилди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  15. „Жамшид Саидов — "Қизилқум" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]