Davron Fayziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Davron Fayziyev
Tugʻilishi 1983-yil
Fuqaroligi Davron Fayziyev O‘zbekiston

Davron Fayziyev (1983-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi. Hozirda «Uzreport TV» telekanalida futbol sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritadi. Oʻzbekistonning eng yaxshi sport va futbol sharhlovchilaridan biri. Qator sportga oid ommaviy axborot vositalari tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomalarda doimiy ravishda peshqadamlik qilib keladigan, eng reytingi baland shahrhlovchilardan biri[1][2].

Biografiyasi[tahrir]

Davron Fayziyev 1983-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Televideniyeda 2001-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Bir necha yil «Yoshlar» telekanalining Davr infotmatsion dasturida boshlovchilik qilgan. 2016-yilgacha «Sport» telekanalida turli sport musoboqalarini (birinchi navbatda va asosan futbol) sharhlagan. 2016-yilning mart oyidan boshlab «Uzreport TV» telekanalida ish boshladi. Ushbu telekanalda, Davron Fayziyev UEFA Chempionlari ligasi, Angliya Premyer-Ligasi, Ispaniya La-ligasi, Yevropa ligasi va Yevro-2016, Jahon kubogi-2018 futbol musobaqalarini sharhlab kelmoqda. U O'zbekistonning eng ilg'or sharhlovchisi hisoblanadi. Uning shogirdlari ham koʻproq. Uning eng yaqin shogirdlaridan biri Ikrom Ro'zimurodov hisoblanadi. U ayni paytda Samarqand STV telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Yaqin kelajakda "Uzreport" kanalida Futbol sharhlovchisi sifatida ishlashni maqsad qilgan.[1][2].

Manbalar[tahrir]