Mixail Yakushin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Мixail Yakushin
Mikhail Yakushin 1967.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixail Iosifovich Yakushin
Tavallud sanasi 15-noyabr 1950-yil
Tavallud joyi Moskva, Rossiya imperiyasi
Sovet Ittifoqi SSSR
Vafot sanasi 3-fevral 1997-yil(1997-02-03)
(46 yoshda)
Boʻyi 183 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi Ayyor Mixey[1]
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
1922—1923
1923
1924—1931
1931—1933
1933—1945
Sovet IttifoqiUnion (Moskva)
Sovet IttifoqiМоssovet
Sovet IttifoqiSоvtоrgslujаshiye (Moskva)
Sovet IttifoqiSКiG
Sovet IttifoqiDinamo (Moskva)
Boshqargan klublari
Years Team
1944—1950
1950—1953
1952
1953—1960
1957—1958
1959
1959
1962—1964
1965—1966
1967—1968
1969—1970
1973
1974—1975
Sovet Ittifoqi Dinamo (Moskva)
Sovet IttifoqiDinamo (Тbilisi)
Sovet IttifoqiSSSR murabbiy
Sovet Ittifoqi Dinamo (Moskva)
Sovet IttifoqiSSSR murabbiy
Sovet IttifoqiSSSR
Sovet IttifoqiSSSR (оlimp.) murabbiy
Sovet IttifoqiDinamo (Тbilisi)
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiSSSR
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiLokomotiv (Moskva)
Sovet IttifoqiDinamo (Тbilisi)

Mixail Iosifovich Yakushin (1910-yil 2[15]-noyabr , Moskva, Rossiya imperiyasi — 1997-yil 3-fevral, Moskva, Rossiya) — sovet futbolchisi va xokkeychi, futbol murabbiyi. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1940). SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy (1957).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Iosifovich Yakushin 1910-yil 15-noyabrda Moskvada sobiq dehqon oilasida tug‘ilgan. Taxminan, 5 yoshidan boshlab Mixail hovlida do‘stlari bilan o‘ynab, futbolga qiziqa boshlagan. 1920-yildan „Union“ bolalar jamoasida, so‘ngra „STS“da (1924-yildan 1927-yilgacha) xokkey va futbol o‘ynay boshlagan. 19 yoshida Moskva xokkey jamoasiga qabul qilingan. 1928-yilda Yakushin „STS“ kattalar jamoasiga qo‘shilib u yerda yarim himoyachi sifatida o‘ynagan. Shu bilan bir qatorda, Mixail qurilish texnikumini tamomlagan.

1930-yilda Yakushin texnikum tomonidan Ural viloyati Chelyabinsk tumaniga ishlashga yuborilgan. Biroq keyinchalik Yakushin Leningrad texnikumi bitiruvchisi Nikolay Gromov bilan birga Yalano-Katayskiy tumanini tanlashgani bois, markaz — Safakulevo qishlog‘iga yuborilgan u yerda yerni taqsimlash jarayoniga rahbarlik qilgan. Mixail qishloqning madaniy hayotida ham faol qatnashgan. Ostrovskiyning „Svoi lyudi — sochtyomsya“ spektaklini sahnalashtirib, unda advokat rolini ijro etgan. Yakushin qishloqda o‘tkazgan kunlari haqida „Bizning asosiy vazifamiz yerlarni kolxozlarga taqsimlash edi. Biz butun kunlarni dalada o‘tkazardik …“ deb xotiralarida qayd etib o‘tgan. Mixail 15 oy davomida yerlarni taqsimlovchi vazifasida ishlagan[2]. Shundan so‘ng Moskvada harbiy xizmatni o‘tagan.

1933-yilda Mixail Moskvaning „Dinamo“ klubiga qabul qilingan va u yerda birdaniga uchta sport turida (futbol, shaybali xokkey va to‘pli xokkey) o‘ynagan[3]. Bu jamoada Yakushin o‘zini ajoyib, ko‘p qirrali sportchi va SSSRning urushdan oldingi eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida namoyish eta olgan. Yakushin „Dinamo“ tarkibida SSSR xokkey chempionati kubogini to‘qqiz marta qo‘lga kiritib, ikki marta chempionatning eng yaxshi to‘purari (1936-yilda to‘qqizta va 1950-yilda o‘nta gol) bo‘lgan. Shaybali xokkeyda ham „Dinamo“ jamoasi SSSR chempionatining birinchi g‘olibi bo‘lgan va Yakushin jamoada muhim o‘rinni egallagan. „Dinamo“ futbol jamoasi tarkibida Mixail 1937-yilda uch marotaba SSSR chempionligi va SSSR kubogini qo‘lga kiritgan va 1939-yildan faoliyatining oxiriga qadar jamoa sardori bo‘lgan. Jamoada Yakushin taktika va zukko kombinatsiyalar ustasi, hujumlarni ajoyib yakunlovchi sifatida obro‘ga ega edi. Umumiy hisobda, Mixail jamoa safida 87 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol urgan. So‘nggi yillarda Yakushin „Dinamo“da taniqli murabbiy Boris Arkadiyev qo‘l ostida o‘ynab, undan murabbiylik sirlarini o‘rgana boshlagan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlab, 1944-yilda Mixail Iosifovich darhol „Dinamo“ni bosh murabbiy sifatida boshqaradi. O‘sha paytda Boris Arkadiyev „SDKA“ni boshqargan va bu ikki jamoa o‘rtasidagi raqobat bir necha yillar davomida SSSRning asosiy futbol qarama-qarshiligiga aylangan. 1945-yilda „Dinamo“ jamoasi harbiylar jamoasidan bir ochko oldinlab, shiddatli kurashda chempion bo‘ladi va SSSR kubogi finaliga chiqadi, ammo kubok finalida „SDKA“ kuchliroq bo‘lib chiqadi (1:2). „Dinamo“ tarkibida Yakushin qo‘l ostida Leonid Solovyov, Vasiliy Kartsev, Vladimir Savdunin, darvozabon Aleksey Xomich kabi yorqin o‘yinchilar o‘ynashgan. Braziliya terma jamoasiga shuhrat keltirgan 4-2-4 sxemasi bo‘yicha SSSRda birinchi bo‘lib „Dinamo“ (Yakushin) jamoasi o‘ynagan. 1945-yilda „Dinamo“ (mamlakatning eng yaxshi futbolchilaridan biri Vsevolod Bobrov tomonidan mustahkamlangan) Buyuk Britaniya bo‘ylab gastrol safariga chiqadi. Yakushin shogirdlari birinchi o‘yinda Angliyaning „Chelsi“ jamoasi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, keyin Uelsning „Kardiff Siti“ jamoasini 10:1 hisobida mag‘lub etadi. Keyingi uchrashuvda esa mashhur „Arsenal“ ustidan 4:3 hisobda g‘alaba qozonib, finalda Shotlandiyaning „Reynjers“ jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaydi. Turnirda muvaffaqiyatli chiqish Sovet futboli nufuzini sezilarli darajada oshiradi. SSSRga qaytib kelgach, „Dinamo“ yana harbiylar jamoasi bilan raqobatni davom ettiradi, ammo ketma-ket uch yil davomida ikkinchi o‘rinda boradi. 1946-yilda Yakushin shogirdlari „SDKA“dan to‘rt ochkoga ortda qolib, 1947-yilda faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha teng ochkolar bilan sovrindan mahrum bo‘lgan. 1948-yilda esa hal qiluvchi bahsda harbiylar jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ladi. Ammo 1949-yilda „Dinamo“ 34 uchrashuvda 104 ta gol urib, taʼqibchilaridan olti ochkoga o‘zib ketgan holda yana chempionlikni qo‘lga kiritadi. „Dinamo“ Kubok finaliga ham chiqadi, biroq u yerda „Torpedo“ga mag‘lub bo‘ladi(1:2). Ammo keyingi yili „SDKA“ jamoasi yana chempionlikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Moskvaning „Dinamo“ jamoasi rahbariyati Yakushinga nisbatan ishonchini yo‘qotadi va uni Tbilisining „Dinamo“siga o‘tkazadi.

Yangi jamoada Mixail Iosifovich yana o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon etishga muvaffaq bo‘ladi va jamoasi ikki marta chempionatning kumush medallari sohibiga aylanadi (1951 va 1953-yillarda). Uning sobiq klubi esa avvalgi mavqeini biroz yo‘qotadi. Natijada, 1953-yilda Yakushin o‘z ona shahri Moskva „Dinamo“siga qaytariladi va shu yili finalda „Zenit“ (Kuybishyev)ni mag‘lub etib, birinchi (va yagona) SSSR kubogini qo‘lga kiritadi. Moskva „Dinamo“si tarixidagi eng muvaffaqiyatli sahifalardan biri ushbu g‘alaba bilan boshlangan.

1954-yilda olti yil ichida birinchi marta jamoa chempionatda oltin medallarni qo‘lga kiritadi va bir yildan so‘ng yana o‘z muvaffaqiyatlarini takrorlaydi (va yana SSSR kubogi finaliga chiqadi). O‘sha yillarda afsonaviy darvozabon Lev Yashin „Dinamo“ jamoasining asosiy qahramonlaridan biriga aylanadi. 1957 va 1959-yilgi mavsumlarda ham jamoa chempionatning kumush medallarni qo‘lga kiritadi. Umuman olganda, Yakushin faoliyati davomida „Dinamo“ni 6 marta chempionlikka olib chiqishga va yana 6 marta jamoasi ikkinchilikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo 1960-yilda „Dinamo“ uchinchi bo‘lganidan so‘ng, Yakushin yana o‘z lavozimidan chetlatilgan. Shundan so‘ng Mixail Iosifovich bir necha yil SSSR terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlaydi va 1962-yilda yana Tbilisining „Dinamo“ klubiga taklif qilinadi. Bu yerda Mixail Yakushin shogirdlari yana bir bor chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritib, SSSR chempionatidagi g‘alabasiga poydevor qo‘yadi (1964-yilda Gavriil Kachalin Tbilisini boshqargan). Yakushinning keyingi murabbiylik faoliyatini „Paxtakor“ jamoasida davom ettirgan. So‘ngra 1967-yilda SSSR terma jamoasini boshqargan. O‘sha yili uning qo‘l ostidagi terma jamoa mavsumda yorqin o‘yinlar namoyish etib, „France Football“ haftalik nashri tomonidan Yevropa terma jamoalari orasida birinchi o‘rinni egallagan. „Yevro-1968“da yarim finalda SSSR terma jamoasi Italiya jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan va faqat qur’a tashlash natijasida italiyaliklar finalga yo‘l olgan. Sovet jamoasi esa 3-o‘rin uchun kechgan uchrashuvda inglizlarga mag‘lub bo‘lgan va oradan ko‘p vaqt o‘tmay Yakushin murabbiylik lavozimidan ozod qilingan.

Murabbiylik faoliyatining so‘nggi yillarida Yakushin yana „Paxtakor“ jamoasi, so‘ngra Moskvaning „Lokomotiv“ klubi va faoliyatida uchinchi marta Tbilisining „Dinamo“sini boshqargan. Bu davrda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagach, 1975-yilda taniqli murabbiy Yakushin faoliyatini yakunlashga qaror qiladi. Murabbiylikni tugatgach, Mixail Iosifovich SSSR Futbol Federatsiyasida, federatsiyaning murabbiylar va texnik kengashlarida, bir qator komissiyalarda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan. Shuningdek, „Futbol. Xokkey“ jurnalida futbol sharhlovchisi vazifasida ham ishlagan. 1993-yildan to vafotiga qadar Moskvaning „Dinamo“ klubi direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan. Mixail Iosifovich Yakushin 1997-yil 3-fevralda Moskvada vafot etgan. Ajoyib murabbiy Vagankovskiy qabristoniga dafn qilingan(36-uchastka).

Vafotidan biroz muddat oldin Yakushin Rossiya futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun „Strelets“-1995 mukofoti laureati bo‘lgan. 1996-yildan beri „Yakushin mukofoti“ uchun Moskva klublari faxriylar jamoalari bahslashib keladi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘yinchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol bo‘yicha

  • Moskva chempioni:1934 (o), 1935-yillar(c).
  • SSSR chempioni:1935-yil(eng yaxshi to‘purar — 5 o‘yin, 6 gol), 1936-yil(bahor), 1937, 1940-yillar. SSSR futbol chempionatlarida — 87 ta o‘yin, 40 ta gol (+ 7 o‘yin, 1941-yilgi chempionatda 3 ta gol).
  • SSSR kubogi g‘olibi:1937-yil
  • „55“ da — № 1 (1938).

To‘p bilan xokkeyda

  • 1936-yilda SSSR chempioni,
  • 1950-yilda kumush medal sohibi. SSSR xokkey chempionatlarida — 12 uchrashuv, 19 ta to‘p.
  • „Dinamo“ (Moskva) jamoasi bilan SSSR kubogining to‘qqiz karra g‘olibi (1937, 1938, 1939, 1940, 1941, 1947, 1948, 1949, 1950). SSSR kubogida — 40 ta o‘yin. 55 to‘p.
  • SSSR chempionatlarining eng yaxshi to‘purari: 1936-yil (9 gol) va 1950-yil (10 gol)
  • Yakushin mavsumning eng yaxshi 22 futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan — 1936, 1950.

Shaybali xokkeyda

  • SSSR chempioni: 1947-yil

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol bo‘yicha

  • SSSR chempioni:(1945, 1949, 1954, 1955, 1957, 1959-yillar);
  • SSSR kubogi g‘olibi: 1953-yil.

To‘p bilan xokkey

  • SSSR kubogi sohibi:1938, 1940, 1941, 1947, 1948, 1949, 1950-yillar

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush o‘rtog‘i Anna Fyodorovna (1915-1978). O‘g‘li Mixail-muhandis, Rafiqasi Birgitta va farzandi Niklas bilan Shvetsiyada yashaydi. Qizi Natalya (1940-2022), Moskvada yashagan. Uning turmush o‘rtog‘i Igor Frolov (1938-2007) sobiq „Spartak“ darvozaboni va futbol murabbiyi bo‘lgan. Yakushin rafiqasi bilan nabiralari Alla (Alla Frolova bir necha yil OVD-Info koordinatori bo‘lgan) va Annani [4]tarbiyalashgan.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012-yil 15-noyabrda murabbiy tavalludining 102 yilligi sharafiga Yakushin 1952-yildan 1975-yilgacha yashagan Moskvaning Sadovaya-Triumfalnaya ko‘chasidagi 4-uyning tashqi qismiga yodgorlik taxtasi o‘rnatilgan[5][6].
  • 2018-yilda murabbiy sharafiga Moskvadagi „Dinamo“ metro bekati yaqinidagi ko‘chaga M. I. Yakushin nomi berilgan [7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Виталий Галинский (4 2004). Анатолий Бышовец: свой среди чужих? (Зеркало недели nashri). https://zn.ua/SOCIUM/anatoliy_byshovets_svoy_sredi_chuzhih.html. "29" 
  2. Андреев В. Н. «Трудовая слава» районная газета Сафакулевского района Курганской области, выпуск от 21.08.2020 № 34(9468). - Статья «Михаил Якушин в нашем районе». - С. 4. - Автор: Евгений Лыжин.
  3. Щурко Сергей. Михаил Якушин: Цыгана не купишь // Футбол от «СЭ». — 1995. — № 14. — С. 3.
  4. „Найти себя и возвыситься“. 11-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2011-yil.
  5. „Вспоминая Михаила Якушина“ (deadlink). Официальный сайт ФК «Динамо» (Москва) (15-noyabr 2012-yil). 2-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  6. „«Дедка сказал бы так…»“ (deadlink). Спорт-Экспресс (16-noyabr 2012-yil). 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  7. „Постановление от 16 января 2018 года № 7-ПП.“. Правительство Москвы. 2-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2018-yil.
  8. „Улицы Юрия Никулина, Игоря Численко и Михаила Якушина появятся в столице. В их честь назовут улицы, появившиеся в результате реконструкции стадиона «Динамо» и прилегающей к нему территории.“. Официальный сайт Мэра Москвы. 27-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]