Roʻziqul Berdiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev | ||
Tavallud sanasi | 22-oktyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Kitob, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR , SSSR | ||
Boʻyi | 172 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992—1996 | Yangiyer | 51 | (6) |
1997—2008 | Nasaf | 314 | (65) |
Boshqargan klublari | |||
2008—2011 | Nasaf (murabbiy) | ||
2011—2012 | Nasaf (asistent) | ||
2012 | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
2013-..... | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
2017-yil | Oʻzbekiston (Bosh murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (oʻzb oʻzbekcha: Ro'ziqul Sa'dullayevich Berdiyev ; 1971-yil 22-oktabr, Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Hozir u murabbiy. 2012-yilning noyabr oyidan buyon “ Nasaf ” futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992—1996-yillarda Yangiyer klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha “ Nasaf ”da oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u “Nasaf” bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda “Nasaf”da ishlagan va ushbu klub bilan OFK kubogini qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.
2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u "Nasaf"ga bosh murabbiy boʻldi va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana “Nasaf”ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil 20-oktabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan[1][2]. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (2011) (2020)
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016)
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2015, 2021)
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi (2003,2011,2012,2013,2016)
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2016)
- Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi (2021)
- OFK kubogi sohibi (2011) Osiyo chempionlar kubogi yarim finalchisi: 2001/2002
- OFK kubogi finalchisi (2021)
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi : 2013, 2016, 2017, 2020, 2021
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Рузикул Бердиев назначен врио главного тренера сборной Узбекистана по футболу“. podrobno.uz (20-oktabr 2017-yil). 20-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Рузикул Бердыев отправится со сборной Узбекистана в ОАЭ“. the-uff.com (20-oktabr 2017-yil). 21-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2017-yil.
|
|
- 22-oktyabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Nasaf futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Murabbiylar
- Oʻzbekiston murabbiylari
- Oʻzbekiston futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- 22-oktabrda tugʻilganlar