Viktor Borisov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Viktor Vasilyevich Borisov | ||
Tavallud sanasi | 17-oktyabr 1941-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Vafot sanasi |
16-may 2015-yil (73 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1965 | Sverdlovets | ? | (2) |
1966 | Dimitrovchi | ? | (?) |
1968 | Pomir (Leninobod) | 18 | (?) |
1968—1969 | Yangiyer | ? | (?) |
Boshqargan klublari | |||
1970—? | Toshkabel | ||
1976—1979 | Boʻston (yordamchi murabbiy) | ||
1979 | Boʻston | ||
1980 | Boʻston (yordamchi murabbiy) | ||
1982—1983 | Sohibkor | ||
1984—1985 | Oʻzbekiston SSR U19 (yoshlar jamoasi) | ||
1986—1987 | Oʻzbekiston SSR | ||
1989—1991 | Paxtakor (yordamchi murabbiy) | ||
1992 | Soʻgʻdiyona (yordamchi murabbiy) | ||
1993 | Soʻgʻdiyona | ||
1995 | Traktor (yordamchi murabbiy) | ||
1996 | Traktor | ||
1997 | Andijon | ||
1997—1998 | Nasaf | ||
2000—2004 | Oʻzbekiston U23 | ||
2000 | Oʻzbekiston | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Viktor Vasilyevich Borisov (ruscha: Борисов, Виктор Васильевич; 1941-yil 17-oktyabr – 2015-yil 16-may[1][2]) – sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Futbolga oid tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U "Yangiyer" jamoasida futbol oʻynay boshlagan, ammo toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylik faoliyatini „Toshkentkabel“ zavodi jamoasida boshlagan. 1979-yilda Borisov "Boʻston" (Jizzax) jamoasini qabul qilib, uni SSSR chempionati birinchi ligasiga olib chiqdi[3]. Bu yutugʻi uchun Borisovga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy“ unvoni berildi.
1980—1982-yillarda Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabida tahsil olgan. 1984—1985-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, keyinchalik Kiev shahrida boʻlib oʻtgan SSSR xalqlari Spartakiadasida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. Terma jamoa finalga chiqdi va u yerda mezbonlarga minimal hisobda magʻlub boʻldi.
1988—1990-yillarda Borisov Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi murabbiylaridan biri boʻlgan va Oʻzbekistonning mustaqil chempionatlari boshlanishi bilan uning boshchiligida 1992-yilgi chempionatda uchinchi oʻrinni egallagan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga murabbiylik qilgan[4].
1997—1998-yillarda "Nasaf" (Qarshi), 2000-yildan esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasiga ham bosh murabbiy boʻlgan.
Murabbiy Borisovning asosiy yutugʻi – mamlakat yoshlar terma jamoasining Jahon chempionatining final qismiga chiqishi hisoblanadi. Jahon chempionatida jamoaga rahbarlik qilishni Germaniyadan kelgan mutaxassis X.Yu. Gedega topshirilgan, Borisov unga yordamchi boʻlgan. Gede boshchiligida jamoa guruhdan chiqa olmadi.
Borisov "Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida bir marta ikkinchi, ikki marta uchinchi boʻlgan. Oxirgi yillarda Moskvada yashagan, 2004-yilda Rossiya fuqaroligini olgan[5]. 2015-yil 16-mayda vafot etgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Borisovning oʻgʻli Aleksandr (1972) 1990-yillarda Oʻzbekiston oliy ligasi jamoalarida yarimhimoyachi sifatida oʻynagan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiy sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 1992
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Виктор Борисов оламдан ўтди“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.
- ↑ „Виктор Борисов 74 ёшида вафот этди“ (oʻzbekcha) (deadlink). УФФ (18-may 2015-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Soviet Union 1979“ (inglizcha). rsssf.com (11-iyul 2013-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 13.09.2004 № 1163“ (deadlink). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 13.09.2004 № 1163“ (deadlink). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2015-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Viktor Borisov Statistika www.footbook.ru saytida
- Viktor Borisov FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 17-oktyabrda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- SSSRda tugʻilganlar
- 16-mayda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Sverdlovets klubi futbolchilari
- Dimitrovchi klubi futbolchilari
- Xoʻjand klubi futbolchilari
- Yangiyer klubi futbolchilari
- SSSR futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari
- Nasaf futbol klubi murabbiylari
- Andijon futbol klubi murabbiylari
- Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari
- Sohibkor futbol klubi murabbiylari