Usmon Toshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon Toshev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Usmon Qudratovich Toshev
Tavallud sanasi 23-sentyabr 1965-yil (1965-09-23) (58 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boʻyi 182 sm
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiYosh kuch
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1987
1988
1989—1991
1992
1992
1992—1993
1994—1998
1998
1999
Sovet Ittifoqi Zarafshon
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiNurafshon
RossiyaАtommash
OʻzbekistonNurafshon
VengriyaSolnok
OʻzbekistonBuxoro
GretsiyaKeratsini
OʻzbekistonBuxoro
(52 (2)
12 (0)
73 (14)
8 (0)
11 (0)
28 (2)
114 (10)
16 (1)
29 (1))
Milliy terma jamoa
1994 OʻzbekistonOʻzbekiston (2 (0))
Boshqargan klublari
2000—2008
2006
2008
2009
2009—2011
2011
2012
2013
2014—2015
2017
2018
2018
2018—2020
2018—2021
2021
OʻzbekistonBuxoro
OʻzbekistonOʻzbekiston assistent
Oʻzbekiston Nasaf v.b.
Oʻzbekiston Shoʻrtan
OʻzbekistonSpartak (Тoshkent)
OʻzbekistonNasaf menejer
OʻzbekistonNasaf
OʻzbekistonSpartak (Buxoro)
AfgʻonistonDe Maivand Atalan
OʻzbekistonАndijon
OʻzbekistonOʻzbekiston (16yoshgacha)
AfgʻonistonTufan Хеrirud
TojikistonТojikiston (оlimp.)
TojikistonTojikiston
OʻzbekistonNurafshon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Usmon Qudratovich Toshev (23.09.1965, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozirda OFK va FIFA futbol instruktori.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Buxoroning „Yosh kuch“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 1985-1987-yillarda Zarafshon klubida toʻp surgan. 1987-yilda Buxoro davlat universitetining sport taʼlimi yoʻnalishini tamomlagan. 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. 1989-1991-yillarda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasi sharafini himoya qilgan.

1992-yilda Rossiya Volgodonskning „Atommash“ jamoasida oʻynagan. Oʻsha yili, shuningdek „Nurafshon“ safida ham toʻp surgan. 1992-1993-yillarda Vengriyaning „Solnok“ klubi safida maydonga tushgan.

1994-1998-yillarda „Buxoro“ klubi futbolchisi boʻlgan. 1998-yilda Gretsiyaning „Keratsini“ klubi sharafini himoya qilgan. 1999-yili „Buxoro“ klubida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

1994-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tojikiston va Qirgʻiziston terma jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2000-yilda „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2008-yilgacha klubni boshqargan. 2002-yilda parallel ravishda Buxoro shahrida oʻtkazilgan „Universiada-2002“ talabalar respublika oʻyinlarida Buxoro viloyati futbol jamoasini boshqargan va musobaqada Buxoro viloyati futbol jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2005-yilda PRO murabbiylik litsenziyasini olgan. 2006-yilda bir muddat rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy boshchiligida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2008-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida vaqtincha bosh murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasini boshqargan.

2009-2011-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2011-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida menejer va sport direktori lavozimlarida ishlagan. 2012-yilning may oyidan noyabrigacha ushbu klubni boshqargan. 2013-yilda Buxoroning „Spartak“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.

2014-2015-yillarda Afgʻoniston Premer-ligasida ishtirok etuvchi Afgʻonistonning „De Mayvand Atalan“ klubiga bosh murabbiy etib saylangan. 2017-yilda oʻsha paytda Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan „Andijon“ klubini boshqargan va mavsum yakunida klub ushbu ligada 3-oʻrinni egallagan.

2018-yilda bir muddat Oʻzbekistonning 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasini boshqarib, FACA yoshlar turnirida gʻolib chiqqan. 2018-yilning ikkinchi yarmida Afgʻonistonning „Tufan Xerirud“ klubini boshqargan va jamoa 2018-yilda Afgʻoniston Premer-ligasida gʻolib chiqqan. 2018-yilning noyabr oyida Tojikiston olimpiya (yoshlar) terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan[1], biroz vaqt oʻtib bir vaqtning oʻzida Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan[2].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston„Buxoro“ safida:

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻzbekistonBuxoro viloyati jamoasi bilan

  • 2002-yil — Universiada chempioni.

OʻzbekistonOʻzbekiston (16 yoshgacha):

  • 2018-yil — FACA yoshlar turniri gʻolibi

Afgʻoniston„Tufan Herirud“ jamoasi bilan:

Bosh direktor sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston„Nasaf“

  • OFK kubogi sohibi: 2011-yil
  • 2011-yil — Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori.
  • 2011-yil — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi finalchisi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „УСМОН ТОШЕВ – ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ОЛИМПИЙСКОЙ СБОРНОЙ ТАДЖИКИСТАНА (U-23)“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  2. „Toshev departs as Tajikistan football coach“. www.boxscorenews.com. Qaraldi: 20-iyun 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Footballfacts.ru saytida Profili
  • National-football-teams.com saytida Profili
  • Transfermarkt.com saytida Profili