Kamo Gazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamo Gazarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamo Aleksandrovich Gazarov
Tavallud sanasi 5-dekabr 1959-yil (1959-12-05) (64 yosh)
Tavallud joyi Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSRSovet IttifoqiSSSR
OʻzbekistonOʻzbekiston
Vafot sanasi 14-mart 2018-yil(2018-03-14)
(58 yoshda)
Vafot joyi KaliningradRossiya
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiDinamo (Samarqand)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985
1990
1993
Sovet IttifoqiDinamo (Samarqand)
Sovet IttifoqiSherdor
Sovet IttifoqiDinamo (Samarqand)
(21 (1)
7 (1)
23 (1))
Boshqargan klublari
?—2010
2010—2011
2012
2012
2013
2013—2014
2015—2016
Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand)
Oʻzbekiston Registon
OʻzbekistonDinamo (Samarqand)
OʻzbekistonBuxoro
OʻzbekistonDinamo (Samarqand)
OʻzbekistonDinamo (Samarqand)
OʻzbekistonBuxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kamo Aleksandrovich Gazarov (rus. Камо Александрович Газаров; 1959-yil 5-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2018-yil, 14-mart, Kaliningrad, Rossiya[1]) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi sifatida oʻynagan. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlab, murabbiy boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamo Gazarov oʻz faoliyatini 1985-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. 1985-yilgi mavsumda 21 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Gazarovning 1986-1989 va 1991—1992-yillardagi faoliyati haqida aniq ishonchli maʼlumotlar yoʻq. 1990-yil davomida „Sherdor“ klubida toʻp surgan va unda yettita oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1993-yil Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan va ushbu jamoada 23 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Murabbiy sifatida faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagach, murabbiy boʻlgan va Samarqand „Dinamo“sining turli tuzilmalarida ishlagan. 2010-yilgacha ushbu klubda kichik murabbiylardan biri boʻlgan. 2010 va 2011-yilgi mavsumlarda Samarqandning „Registon“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2012-yilda „Dinamo“ga qaytib, bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan[2][3]. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida „Buxoro“ bosh murabbiyi yordamchisi boʻlib ishlagan[4]. 2013-yil boshida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va shu yilning iyuligacha jamoani boshqargan. Oʻsha mavsumning ikkinchi yarmidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi, yozdan esa „Buxoro“ bosh murabbiyi yordamchisi[5] boʻlib ishlagan. 2017-yilda Rossiyaga yashash uchun koʻchib oʻtgan, 2018-yil 14-martda Kaliningradda vafot etgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ҳамдардлик Билдирамиз…“. 3-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2018-yil.
  2. „Камо Газаров: «Қўшимча дақиқалардаги ҳолатларни изоҳсиз қолдираман…»“. 24-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  3. „Камо Газаров: Ғалаба қозонишимиз ҳам мумкин эди…“ (deadlink). 19-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  4. „Камо Газаров вновь работает в "Динамо"“. 23-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  5. „Камо Газаров Динамо Самарканд жамоасида“. 24-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  6. Kamo Gazarov vafot eldi[sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]