Ahmad Ubaydullayev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev | ||
| Tavallud sanasi | 1954-yil 18-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1971—1976 | Paxtakor | 0 | (0) |
| 1976—1977 | Dinamo Samarqand | - | (1) |
| 1978—1979 | Paxtakor | 42 | (0) |
| 1981 | Boʻston Jizzax | 6 | (0) |
| 1981—1982 | SKA-Khabarovsk | 38 | (2) |
| 1983 | Zvezda Jizzax | 23 | (0) |
| 1987 | Umid Keles | 17 | (-) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1991 | Umid Toshkent (texnik direktor) | ||
| 1992–1993 | Paxtakor (yordamchi) | ||
| 1994–1996 | Dinamo Samarqand | ||
| 1999 | Paxtakor (yordamchi) | ||
| 2007–2009 | Oʻzbekiston U-20 | ||
| 2010 | Oʻzbekiston U-23 | ||
| 2011 | Dinamo Samarqand | ||
| 2013-2016 | Metallurg (yordamchi) | ||
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (28-aprel uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-mart uchun) | |||
Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev (1954-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2009-yil Oʻzbekiston U20 terma jamoasi murabbiyi sifatida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ubaydullayev professional faoliyatini 1971-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida boshlagan. Patxakor klubida olti mavsum davomida oʻynagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 1976-yilgi mavsumning yozida Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1978-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va ikki mavsum davomida 42 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1981-yilda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1981—1982-yillarda SKA Xabarovsk klubi safida oʻynagan. 1983-yilda Ubaydullayev Jizzax klubiga qaytgan va bu orada jamoa oʻz nomini Zvezda Jizzax deb oʻzgartirgan edi. 1984-yilgi mavsumni Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubida boshlagan va oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda Toshkentning „Umid“ klubi texnik direktori lavozimida ishlagan. 1992-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida yordamchi murabbiy sifatida qatnashgan. 1994-yildan 1996-yil iyunigacha Toshkent MHSK jamoasini boshqargan.
1999-yil boshida „Paxtakor“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va 1999-yilning may oyigacha boshqargan. 2007-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif qilingan[1], 2007-yilgacha jamoani boshqargan. U boshchiligidagi jamoa 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Osiyo vitse-chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan[2]. 2011-yil 25-iyun kuni Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[3].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston U-19
- AFC U-19 Osiyo chempionati 2008: ikkinchi oʻrin
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ uz-football: Statistika i novosti uzbekskogo futbola –
- ↑ „Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu vstretitsya s komandoy Baxreyna – IA REGNUM“. 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
- ↑ „UzDaily.uz: Axmad Ubaydullaev vozglavil samarkandskoe „Dinamo““. 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmad Ubaydullayev[sayt ishlamaydi] Soccerway saytida
- Ahmad Ubaydullayev Footballfactsru saytida
- Ahmad Ubaydullayev Soccerpunter profili
- 18-oktyabrda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Kosonsoy klubi futbolchilari
- FC SKA-Khabarovsk futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari