Valeriy Lyubushin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Lyubishin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lyubushin Valeriy Petrovich
Tavallud sanasi 1940-yil 18-mart
Tavallud joyi Vladivostok RSFSR
Vafot sanasi 2011-yil 21-fevral
Vafot joyi Oʻzbekiston, Toshkent
Boʻyi 165 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1963-1966 Sovet Ittifoqi Paxtakor (61 (13))
1967 Sovet Ittifoqi Politotdel (13 (2))
1967 Sovet Ittifoqi Selinnik (Yangiyer)
1968 Sovet Ittifoqi Oqqoʻrgʻon
1969-1970 Sovet Ittifoqi Yangiyer
Boshqargan klublari
1971-1972
1973
Sovet Ittifoqi Yangiyer assistent
Sovet Ittifoqi Yangiyer Bosh direktor
1974 Sovet Ittifoqi Yangiyer
1975 Sovet Ittifoqi Xonqa
1977 Sovet Ittifoqi Yangiyer assistent
1978-1981 Sovet Ittifoqi Yangiyer
1984 Sovet Ittifoqi Beshkent
1985-1986 Sovet Ittifoqi Geolog (Qarshi)
1987 Sovet Ittifoqi Yangiyer
1988 Sovet Ittifoqi Paxtakor
1991-1992 Sovet IttifoqiOʻzbekiston Kosonsoychi
1996 Oʻzbekiston Dinamo-Nasaf
1997 Oʻzbekiston Xorazm
2003 Oʻzbekiston Mashʼal
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Valeriy Petrovich Lyubushin (1940-yil 18-mart, Vladivostok2011-yil 21-fevral, Toshkent) — sovet futbolchisi, yarimhimoyachi. Sovet va oʻzbek murabbiyi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Penzaning “Velozavodes” futbol maktabi va “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi. Harbiy xizmatni Fargʻonada oʻtagan. 1960-yildan KFK chempionati va Fargʻona viloyati chempionatida oʻynagan. 1962-yilda Toshkentning “Sokol” jamoasi safida Millionlar kubogi sohibi boʻlgan. 1963-yildanPaxtakor” safida SSSR chempionatida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 1964-yildaPaxtakor” “B” toifasida Janubiy Amerika jamoalari: “XV noyabr” (Braziliya, 1:0)  va “Natsional” (Urugvay, 2:1) bilan ikkita oʻyin oʻtkazgan.[1] Lyubushin ikkala oʻyinda ham gʻalaba toʻplarini kiritgan. 1967-yilda “Politotdel”, 1967,1969—1970-yillarda “Selinnik” (Yangiyer) va 1968-yilda “Oqqoʻrgʻon” klublari shafarini himoya qilgan.

1971-1972, 1977-yillarda “Yangiyer” jamoasi murabbiyi, 1973-yilda jamoa rahbari, 1974, 1978-1981, 1987-yillarda katta murabbiy lavozimida faoliyat olib borgan. 1975-yilda “Xonqaliklar” klubi katta murabbiyi lavozimida ishlagan. 1984-yilda “Beshkent”, 1985—1986-yillarda Qarshining “Geolog” jamoasida katta murabbiy boʻlgan. 1988-yilda Andijonning “Paxtakor” klubida jamoa rahbari, 1991—1992-yillarda “Kosonsoychi” va 1996-yilda “Dinamo-Nasaf” klubida katta murabbiy vazifasida faoliyatini davom ettirgan. 1997-yilda “Xorazm” va 2003-yilda “Mash’al” jamoalarini boshqargan.

1990-yillar boshida Oʻzbekiston futbol federatsiyasida ishlagan.

Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zali a’zosi.

Valeriy Petrovich 2011-yil fevral oyida 70 yoshida olamdan oʻtgan. Marhum Doʻmbrobod qabristoniga dafn qilingan.[2].

Farzandi Vadim ham futbol bilan shugʻullanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]