Kontent qismiga oʻtish

Vitaliy Vitkalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Vitkalov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vitaliy Afanasyevich Vitkalov
Tavallud sanasi 26-iyun 1933-yil (1933-06-26) (91 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, USSR
Vafot sanasi 26-dekabr 2005-yil(2005-12-26)
(72 yoshda)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1953—1955 Sovet Ittifoqi Spartak 49 (5)
1956—1961 Sovet Ittifoqi Paxtakor 102 (1)
Boshqargan klublari
1965—1966 Sovet Ittifoqi Zvezda
1967 Sovet Ittifoqi Sverdlovets
1968 Sovet Ittifoqi Sverdlovets
1975—1976 Sovet Ittifoqi Yangiyer
1978 Sovet Ittifoqi Amudaryo
1979 Sovet Ittifoqi Toʻqimachi
1980 Sovet Ittifoqi Start
1980 Sovet Ittifoqi Start
1983—1984 Sovet Ittifoqi Start
1985 Sovet Ittifoqi Kosonsoy
1990 Sovet Ittifoqi Kimyogar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vitaliy Afanasyevich Vitkalov (1933-yil 26-iyun – 2005-yil 26-dekabr) – sovet professional futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati davomida Oʻzbekiston jamoalarida ishlagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ODO Toshkent yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini SSSR chempionatining ikkinchi toifasida Toshkentning „Spartak“ (1953—1955) va „Paxtakor“ (1956—1959) jamoalarida oʻtkazgan. 1960-yil 24-oktyabrda „A“ toifasidagi ligada yagona oʻyinni oʻtkazgan. Vitaliy „Qayrat“ jamoasiga qarshi oʻz maydonida oʻtgan oʻyinda(3:0) Maqsud Sharipov oʻrniga maydonga tushgan.

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1956-yil SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi.

Toshkentning „Zvezda“ havaskorlar jamoasida katta murabbiyi (1965—1966) va Toshkent viloyati „Sverdlovets“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan. SSSR Ikkinchi ligasida „Yangiyer“ (1975—1976), Nukusning „Amudaryo“ (1978), Namanganning „Tekstilshchik“ (1979), Toshkentning „Start“ (1980, 1983—1984), „Kosansayets“ Kosonsoy (1985), „Kimyogar“ Olmaliq (1990) jamoalarida katta murabbiy boʻlib ishlagan[1].

Vitaliy 2005-yil 26-dekabrda 72 yoshida vafot etgan.