Viktor Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Romanovich Jalilov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-mart 1952-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbek SSRSSSR
Vafot sanasi 7-may 2023-yil(2023-05-07)
(71 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi
Boshqargan klublari
Years Team
1992—1994
1995—1997
1998, 1999
2000—2002
2002—2003
2005—?
2008—2009
2010—2010
2010—2011
2012—2015
2015 – 2023
Oʻzbekiston „Politotdel“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston „Paxtakor“ - Murabbiy
Oʻzbekiston „Paxtakor“
Oʻzbekiston „Mash’al“
Oʻzbekiston „Paxtakor“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand)
Oʻzbekiston „Paxtakor“ - Direktor
Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-22

Viktor Romanovich Jalilov (1952-yil 17-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR2023-yil 7-may, Oʻzbekiston) — Sobiq sovet, oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Jalilov Toshkent sport maktab-internatida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi V.Yatchenko boʻlgan. Mixail An, Vyacheslav Bektashev, Toʻlagan Isoqov, Vladimir Fedorovlar u bilan birga tahsil olishgan, keyinchalik ular mashhur futbolchilarga aylanishgan. Viktor Jalilov maktab-internatni tamomlagach, armiyaga chaqirilgunga qadar „Paxtakor“ ga olib ketilgan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, Toshkent Jismoniy tarbiya institutida tahsil olib, Namanganning „Tekstilshchik“ jamoasida oʻynab, oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyatini Xalqobodning „Sohibkor“ jamoasida boshlagan. 1992-yilda Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubini boshqargan. Faoliyatining birinchi yilidayoq klubni Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga olib chiqdi[1].

1995-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasini boshqarib, Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan[2]. 1996-yilda jamoa bilan mamlakat chempionati va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ga erishdi[3]. Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. 1997—1999-yillarda „Navbahor“ bilan birga yana uch marta bronza medali sovrindori boʻlgan[4][5][6].

2000-yilda „Paxtakor“ ga qaytib, ikki yil davomida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2002-yilda esa klub bosh murabbiyi boʻlgan, mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ni takrorlashga muvaffaq boʻlgan[7]. Ikkinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasini boshqargan va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritgan[8]. Uchinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

2010-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasida ishlagan[9], qoniqarsiz natijalar uchun ishdan boʻshatilgan. 2011-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Mavsumni yomon boshlagani uchun ishdan boʻshatilgan. Yana „Paxtakor“ ga qaytdi va u yerda jamoaga rahbar etib tayinlandi[10].

UFFning 2015-yil 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Jalilov 2023-yil 7-may kuni vafot etgan[11][12][13][14].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1992 rsssf.com (27.07.2007)
  2. Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1995 rsssf.com (26.09.2006)
  3. Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1996rsssf.com (26.09.2006)
  4. Mansur Tyncherov. Uzbekistan 1997rsssf.com (4.01.2000)
  5. Mansur Tyncherov. Uzbekistan 1998 rsssf.com (5.01.2000)
  6. Mike Dryomin. Uzbekistan 1999 rsssf.com (14.03.2000)
  7. Myke Dryomin. Uzbekistan 2002rsssf.com (23.03.2003)
  8. Myke Dryomin. Uzbekistan 2005rsssf.com (28.03.2006)
  9. Виктор Джалилов возглавит наманганский «Навбахор» uzdaily.uz (12.01.2010)
  10. Виктор Джалилов назначен начальником команды «Пахтакор» uzdaily.uz (20.09.2011)
  11. „Taniqli futbol murabbiyi Viktor Jalilov vafot etdi“. Kun.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  12.  UFA rasmiy(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  13. „Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi“. Dayo.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  14. „Taniqli futbol murabbiyi Viktor Jalilov vafot etdi“. tribuna.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.