Dinamo (futbol klubi, Samarqand)
Dinamo Samarqand FK | ||||
![]() | ||||
Toʻliq nomi | Dinamo Samarqand futbol klubi | |||
Laqabi | Arslonlar Dinamochilar | |||
Asos solingan | 1960-yili | |||
Stadion | Dinamo stadioni | |||
Stadion hajmi | 13,800 | |||
Prezidenti | ![]() | |||
Murabbiyi | ![]() | |||
Sardori | ![]() | |||
Homiysi | ![]() | |||
Vebsayt | http://www.fcdinamo.uz/ | |||
Musobaqasi | Superliga | |||
2022 | 14-oʻrin | |||
|
Dinamo (Samarqand) (English: FC Dinamo Samarqand, Tajik: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) — futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi. 2022-yilgi mavsumda jamoa 9-oʻrinni egallab turibdi.
Jamoa tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaning vujudga kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan.. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.
Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.
Jamoa nomlari tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“
yillar | Ism |
---|---|
1956-1961-yillar | Dinamo |
1963-1966-yillar | Spartak |
1967-yil | Soʻgʻdiyona |
1968-1969-yillar | Samarqand |
1970—1976-yillar | Spartak |
1976-1991 | Dinamo |
1991-1992-yillar | Maroqand |
1993-1997-yillar | Dinamo |
1997-1998 | Afrosiyob |
1998-2000-yillar | Samarqand |
2001-2008-yillar | Samarqand-Dinamo |
2009-2016-yillar | Dinamo |
2017-yildan beri | Dinamo Samarqand |
SSSR Chempionatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR Sovet Ittifoqi 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.
Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.
1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.
Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirildi. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritildi. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.
1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.
1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.
1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.
Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.
1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri — Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.
80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.
Mustaqillikdan keyin milliy chempionat tashkil etilgach, „Dinamo“ jamoasi nomi bir necha marotaba oʻzgartirildi. Dastlab klub nomi „Maroqand“ nomiga oʻzgartirildi. Ammo, bu jamoa oʻsha mavsum koʻngildagidek ishtirok eta olmadi.
Oʻz oʻrnida shuni ham taʼkidlab oʻtish lozimki, jamoa oʻtgan yillar mobaynida bir necha marta oʻz nomini oʻzgartirgan. Jumladan, „Maroqand“, „Afrosiyob“, „Samarqand“ va „Dinamo-Samarqand“, deb atalgan.
SSSR chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum | liga | Joy |
---|---|---|
1960 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi | 16- dan 16 -oʻrin |
1961 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi | 16 tadan 15-oʻrin |
1962 yil | nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi | |
1963 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi | 15 dan 12-oʻrin |
1964 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. RSFSRning 5-zonasi | 17 tadan 6-oʻrin |
1965 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. RSFSRning 5-zonasi | 20 tadan 15-oʻrin |
1966 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston | 19 tadan 14-oʻrin |
1967 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston | 22 tadan 4-oʻrin |
1968 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo | 22 tadan 3-oʻrin |
1969 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo | 24 dan 2 |
1970 yil | Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo | 18 tadan 11-oʻrin |
1971-1975 yillar | O‘zbekiston SSR chempionati | |
1976 yil | Ikkinchi liga. 2-zona | 21-dan 19-oʻrin |
1977 yil | Ikkinchi liga. 5-zona | 21 tadan 15-oʻrin |
1978 yil | Ikkinchi liga. 5-zona | 23 tadan 19- oʻrin |
1979 yil | Ikkinchi liga. 5-zona | 24 tadan 7-oʻrin |
1980 yil | Ikkinchi liga. 6-zona | 19 tadan 1-oʻrin (II final — 3 tadan 2-oʻrin) |
1981 yil | Ikkinchi liga. 6-zona | 21 dan 2 |
1982 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 19 tadan 1-oʻrin (II final — 3 tadan 2-oʻrin) |
1983 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 21 -ning 3 -kuni |
1984 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 20 tadan 1-oʻrin (III final — 3 tadan 2-oʻrin) |
1985 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 17 tadan 4-oʻrin |
1986 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 19 ning 3 |
1987 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 19 tadan 4-o‘rin |
1988 yil | Ikkinchi liga. 8-zona | 19 tadan 14-oʻrin |
1989 yil | Ikkinchi liga. 7-zona | 21 tadan 13-oʻrin |
1990 yil | Ikkinchi kichik liga. 9-zona | 20 tadan 4-oʻrin |
1991 yil | Ikkinchi kichik liga. 9-zona | 26 tadan 8-oʻrin |
Oʻzbekiston Chempionatlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.
1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.

1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.
1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.
2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev, Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.
Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.
Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.
2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.
2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…

2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.
Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis — bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.
„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari — Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.
Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, oradan bir mavsum o‘tib samarqandliklar 6-o‘rinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.[1]
2015-yilgi mavsum yakunida so‘nggi, 16-o‘rinni egallagan „Dinamo“ o‘z tarixida 3-marta O‘zbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u erda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.
2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga ko‘ra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-o‘rinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ O‘zbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-o‘rinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada o‘ynadi va 28 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Klub afsonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu Oleg Gorvits UZB.
Dinamo uchun eng koʻp gol urgan futbolchi bu Hamza Jabborov UZB (49 ta gol).
Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.
Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.
Mahalliy tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng Yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Pos. | Pl. | W | D | L | GS | GA | P | Ism | Liga | |||
1992 | 1st | 10th | 32 | 8 | 10 | 14 | 29 | 46 | 26 | Semifinal | ![]() |
17 | ![]() |
1993 | 1st | 16th | 30 | 6 | 3 | 21 | 22 | 59 | 15 | Quarterfinal | ![]() |
4 | ![]() |
1994 | 2nd | 2nd | 34 | 22 | 7 | 5 | 81 | 29 | 51 | Quarterfinal | ![]() |
24 | |
1995 | 1st | 11th | 30 | 10 | 5 | 15 | 24 | 37 | 35 | R32 | ![]() |
11 | |
1996 | 1st | 10th | 30 | 11 | 1 | 18 | 36 | 45 | 34 | R1 | ![]() |
12 | |
1997 | 1st | 15th | 34 | 8 | 8 | 18 | 35 | 73 | 32 | R1 | ![]() |
7 | |
1998 | 2nd | 2nd | 38 | 26 | 8 | 4 | 105 | 44 | 86 | Last 16 | ![]() |
30 | |
1999[2] | 1st | 5th | 30 | 15 | 8 | 7 | 57 | 38 | 53 | Ikkinchi oʻrin | ![]() |
19 | |
2000 | 1st | 4th | 38 | 24 | 3 | 11 | 92 | 47 | 75 | ![]() |
26 | ![]() | |
2001 | 1st | 12th | 34 | 14 | 3 | 17 | 62 | 68 | 45 | Last 16 | ![]() |
15 | ![]() |
2002 | 1st | 13th | 30 | 9 | 5 | 16 | 24 | 46 | 32 | R32 | ![]() |
6 | ![]() |
2003 | 1st | 8th | 30 | 11 | 2 | 17 | 40 | 46 | 35 | Last 16 | ![]() |
7 | ![]() |
2004 | 1st | 13th | 26 | 6 | 2 | 18 | 25 | 48 | 20 | R32 | ![]() |
5 | |
2005 | 1st | 8th | 26 | 11 | 3 | 12 | 28 | 32 | 36 | Last 16 | ![]() |
6 | |
2006 | 1st | 8th | 30 | 12 | 4 | 14 | 39 | 39 | 40 | Last 16 | ![]() |
9 | |
2007 | 1st | 5th | 30 | 14 | 8 | 8 | 48 | 36 | 50 | Quarterfinal | ![]() |
20 | ![]() |
2008 | 1st | 6th | 30 | 12 | 6 | 12 | 40 | 30 | 42 | Quarterfinal | ![]() |
11 | ![]() |
2009 | 1st | 9th | 30 | 11 | 5 | 14 | 44 | 42 | 38 | Last 16 | ![]() |
10 | ![]() |
2010 | 1st | 12th | 26 | 6 | 9 | 11 | 28 | 33 | 27 | Quarterfinal | ![]() |
11 | ![]() |
2011 | 1st | 10th | 26 | 8 | 5 | 13 | 23 | 25 | 29 | Quarterfinal | ![]() |
6 | ![]() |
2012 | 1st | 9th | 26 | 9 | 2 | 15 | 27 | 29 | 29 | Last 16 | ![]() |
11 | ![]() |
2013 | 1st | 8th | 26 | 8 | 8 | 10 | 28 | 36 | 32 | R32 | ![]() |
10 | ![]() |
2014 | 1st | 10th | 26 | 8 | 4 | 14 | 25 | 39 | 28 | Quarterfinal | ![]() |
7 | ![]() |
2015 | 1st | 16th | 30 | 6 | 7 | 17 | 28 | 48 | 25 | R32 | ![]() |
8 | ![]() |
2016 | 2nd | 1st | 32 | 26 | 4 | 2 | 86 | 19 | 82 | R32 | ![]() |
22 | ![]() |
2017 | 1st | 12th | 30 | 8 | 8 | 14 | 21 | 35 | 32 | Semifinal | ![]() |
4 | ![]() |
2018 | 2nd | 5th | 32 | 15 | 7 | 10 | 41 | 26 | 52 | Last 16 | ![]() |
10 | ![]() |
2019 | 1st | 14 | 26 | 6 | 6 | 14 | 25 | 47 | 24 | R2 | ![]() |
5 | ![]() |
2020 | 2nd | 3rd | 20 | 9 | 5 | 6 | 25 | 19 | 32 | 2QR | ![]() |
5 | ![]() |
2021 | 2nd | 2nd | 20 | 11 | 2 | 7 | 33 | 28 | 35 | R16 | ![]() |
12 | ![]() |
2022 | ![]() |
8 | ![]() | ||||||||||
2023 | 2nd | ![]() |
Xalqaro Musobaqalarda natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Osiyo kubogi egalari kubogi | 2 | - | - | 2 | 5 | 4 | 0 |
2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan. „Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Umumiy
hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
2000/2001 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | ![]() |
2-3 | 3-4 | 5-7 |
Klubning eski logotiplari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Samarqand. PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston chempionati — Oliy ligada 4-oʻrin (2000).
- O‘zbekiston kubogi finalchisi — (1999/2000).
- Oʻzbekiston Pro ligasi :
- Chempionlar (1): 2016 yil
Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joriy tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 10 March 2021
|
|
Klub hodimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub rahbariyati va maʼmuriyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Furqat Rahimov — Klub Prezidenti
Firdavs Karimov — Vitse Prezident
Odil Ziyotov — Maʼmur
Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022 yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.
Vadim Abramov — Bosh murabbiy[3]
Marat Miftaxudinov — Yordamchi Murabbiy
Dilshod Sharofutdinov — Yordamchi Murabbiy
Mixail Naumov — Darvozabonlar murabbiyi
Boshqaruv tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.
Yil | Trener |
---|---|
1961-yil | ![]() |
1962-1979-yillar | maʼlumot yoʻq |
1976-yil | ![]() |
1980-1981-yillar | ![]() |
1982-1984-yillar | ![]() |
1985 yil (1-bosqich) | ![]() |
1985-1986-yillar | ![]() |
1987-1988-yillar | ![]() |
1989 yil | ![]() |
1990 yil (1-davra) | ![]() |
1990 yil (2-bosqich) | ![]() |
1991 yil | ![]() |
1992 yil | ![]() |
1993 yil (1-bosqich) | ![]() |
1993 yil (2-bosqich) | ![]() |
1994-1997-yillar | maʼlumot yoʻq |
1998-2000-yillar | ![]() |
2000-2002 | ![]() |
2003 yil | ![]() |
2004-2006 | maʼlumot yoʻq |
2007-2008-yillar | ![]() |
2008-2010 | ![]() |
2010-2011 | ![]() |
2011-2012 | ![]() |
2012 yil | ![]() |
2013 yil (1-bosqich) | ![]() |
2013-2014-yillar | ![]() |
2014-2015-yillar | ![]() |
2015 yil | ![]() |
2016 yil | ![]() |
2016 yil | ![]() |
2017 yil | ![]() |
2017 yil | ![]() |
2018 | ![]() |
2018-2019 | ![]() |
2019 | ![]() |
2020 | ![]() |
2020[4] | ![]() |
2020 | ![]() |
2021-yil[5] | ![]() |
2022 | ![]() |
2022 | ![]() |
2022 — hozirgi kungacha ichida. | ![]() |
Mashhur Futbolchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzbekistan Ignatiy Nesterov
Uzbekistan Andrey Akopyans
Uzbekistan Ivan Nagayev
Uzbekistan Bahodir Nasimov
Uzbekistan Aleksandr Kletskov
Uzbekistan Oleg Gorvits
Uzbekistan Jafar Irismetov
Uzbekistan Ilhom Yunusov
Uzbekistan Hamza Jabborov
Uzbekistan Ravshan Bozorov
Uzbekistan/
Russia Yevgeniy Safonov
Tajikistan/
Russia Muhsin Muhammadiyev
Tajikistan Shuhrat Jabborov
Azerbaijan Elshan Gambarov
Kyrgyzstan Karim Izrailov
Nigeriya Devid Oniya
Ukraine Andrey Melnichuk
Ukraine Andrey Yeroxin
Ukraine Vladimir Kilikevich
Moldova Denis Romanenko
Sovet Ittifoqi Vladislav Baturin
Raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Samarqand „Dinamo“si O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.
Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qo‘shni Buxoro viloyati (viloyat) poytaxti „Buxoro“ FK hisoblanadi .
Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.
Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri — Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.
Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, " Sherdor " va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .
Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarkand“ (uzb. Samarqandliklar/Samarkandliklar); „Yo‘lbarslar“ (o‘zb . Yo‘lbardlar / Yo‘lbarslar) — shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzb . Koʻhna shaharliklar / Khna shaharliklar) — Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „АРХИВ. 2009 йилги "Динамо" - "Бунёдкор" учрашуви ёхуд "Лой жанги-2"“. 4-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2023-yil.
- ↑ „Архив. "Динамо-1999"дан кимларни танидингиз?“. 4-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2023-yil.
- ↑ „Расман: Вадим Абрамов «Динамо» билан шартнома имзолади“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Расмий хабар: Сергей Лушчан - «Динамо» бош мураббийи“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Ҳаким Фузайлов - «Динамо» бош мураббийи“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Суперлигага олиб чиққан мураббий билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи бўлган "Динамо" Ҳаким Фузайлов билан дўстона хайрлашди“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „"Динамо" бош мураббийи истеъфога чиқарилди. Унинг ўрнига маҳаллий мутахассис тайинланди“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „"Жамоа ўзгаришга муҳтож. Раҳбариятдан ва самарқандлик мухлислардан узр сўрайман". Андрей Шипилов "Динамо"дан истеъфога чиқишини маълум қилди“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- http://www.fcdinamo.uz — Klub sayti (oʻzb.)
- Terma jamoaning norasmismiy sayti (oʻzb.)
- Neofitsialniy sayt komandi (rus.)
- Profil na weltfussballarchiv.com Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-12-18). (ingl.)
- Profil na soccerway.com (ingl.)
- Profil na national-football-teams.com (ingl.)
|