Kontent qismiga oʻtish

Andrey Shipilov (Murabbiy)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrey Shipilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Sergeevich Shipilov
Tavallud sanasi 1971-yil 23-mart (1971-03-23) (55 yosh)
Tavallud joyi Toshkent,
Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qoʻqon 1912 (bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1991 Sverdlovets 74 (0)
1992 Traktor 13 (1)
1992 Chirchiq 12 (0)
1993 Navroʻz 27 (1)
1994 Guliston 2 (0)
1994 Torpedo (Vladimir) 8 (0)
1994—1996 Nosta 44 (0)
1997—2000 Andijon 111 (9)
2001 Navbahor 3 (0)
2001—2002 Andijon 26 (0)
2003 Vidnoe 17 (1)
2003 Doʻstlik 2 (0)
Boshqargan klublari
2014—2017 Paxtakor
2018—2022 Metallurg
2022 Dinamo Samarqand
2026— Qoʻqon 1912
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Sergeyevich Shipilov (1971-yil 23-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir qator jamoalarda murabbiylik qilgan. Hozir Qoʻqon 1912 klubining bosh murabbiyi

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 1990-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ klubida boshlagan. 1992-yilda Toshkentning „Traktor“ va „Chirchiq“ jamoalarida, 1993-yilda Andijonning „Navroʻz“ jamoasida oʻynagan. 1994-yilda u „Torpedo Vladimir“ klubida oʻynagan boʻlsa, oʻsha yili Rossiyaning boshqa bir jamoasi „Nosta Novotroitsk“ klubiga koʻchib oʻtgan va 1996-yilgacha shu klubda oʻynagan. 1997-yildan 1999-yilgacha „Andijon“ jamoasi safida toʻp surgan[1].

2001-yilda Andrey qisqa muddat Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan va keyingi ikki mavsumni yana Andijonda oʻtkazgan. 2003-yilda Rossiyaning „Vidnoye“ klubida oʻynagan, keyinroq Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubiga koʻchib oʻtgan va futbolchilik faoliyatini shu yerda yakunlagan[2].

Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2017-yilning oʻrtalariga qadar Toshkentning „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabida ishlagan[3]. 2018—2021-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan[4]. 2022-yilda Samarqandning Dinamo jamoasida sport direktor lavozimida ishlagan[5].

2026-yildan „Qoʻqon 1912“ bosh murabbiyi boʻlib ishlamoqda[6][7].

  1. Uz, Sports „Andrey Shipilov: "Birovga yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilmaganman" (1-qism)“ (uz). sports.uz (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  2. „Intervyu. Andrey Shipilov: "Uch yil hech qaerda ko'zga tashlanmadim, "Zenit"da malaka oshirdim"“ (oz). CHAMPIONAT.asia. Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  3. „Andrey Shipilov: “Birinchi mavsumdayoq sovrindorlar qatoridan joy olamiz desam bunga hech kim ishonmaydi”“. m.stadion.uz. Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  4. „Andrey SHipilov - "Metallurg" jamoasi bosh murabbiyi“ (oz). CHAMPIONAT.asia. Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  5. „Andrey Shipilov “Dinamo”dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi“ (uz-UZ). Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  6. Zamin.uz „"Qo‘qon-1912" jamoasining yangi bosh murabbiyi tayinlandi - Zamin.uz, 11.12.2025“ (uz). O‘zbekiston va dunyo yangiliklari, so‘nggi xabarlar (2025-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.
  7. „Shipilov "Qo'qon-1912"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi“ (uz-latn). Tribuna.uz. Qaraldi: 2026-yil 25-fevral.