Oleg Bazilevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Oleg Bazilevich
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-iyul 1938-yil
Tavallud joyi Kiyev
Vafot sanasi 16-oktyabr 2018-yil(2018-10-16)
(80 yoshda)
Vafot joyi Kiyev

Oleg Petrovich Bazilevich — sovet va ukrainalik futbolchi va futbol murabbiyi. Pedagogika fanlari nomzodi. Metodist. Valeriy Lobanovskiy bilan birgalikda yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqdi va joriy qildi. Futbol strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish muallifi. SSSR va Ukrainada xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq vaqt davomida "Dinamo Kiyev" jamoasida V. Lobanovskiy bilan oʻynadi. Futbolchilik faoliyatini „Shaxtyor“da yakunladi. Xuddi shu klubda u oʻzining birinchi murabbiylik muvaffaqiyatlariga erishdi va mustahkam jamoani yaratdi.

1974-yilda Lobanovskiy tomonidan Kiyevning „Dinamo“siga taklif qilingan. Uch yil ichida „Dinamo“ murabbiylik tandemi Yevropa kubogi arenasida birinchi marta yuqori gʻalabalarga erishdi. 1976-yilda „Dinamo“ va terma jamoa muvaffaqiyatsiz oʻynashi natijasida Bazilevich jamoani tark etdi.

Minskning „Dinamo“ klubida ikki mavsum oʻtkazgan Bazilevich, 1979-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga oʻtdi. Oʻsha yili „Paxtakor“ jamoasi deyarli toʻliq tarkibda Dneprodzerjinsk osmonida halokatga uchragan edi. Bazilevichning oʻzi tasodifan bu reysga chiqmadi. U oliy liga boshqa klublaridan futbolchilarni „Paxtakor“ga taklif qilishga yordam berdi. Biroq, yangi mavsumda jamoada qolmadi[1].

MHSKda muvaffaqiyatga erisha olmadi, keyinchalik jamoaga „soyali sport iqtisodiyoti“ning salbiy oqibatlari toʻsqinlik qilganini tan oldi[1]. Avvaliga ishlar yaxshi ketayotgandi: 1980-yilda klub 5-o‘rinni egalladi (so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta) va keyingi yili yana Yevropa musobaqalarida o‘ynadi. 1981-yilda jamoa 6-oʻrinni egalladi. 1982-yildayoq, jamoa muvaffaqiyatsiz oʻynay boshladi va deyarli darhol turnir jadvalining pastiga tushib ketdi. Iyul-avgust oylari oxirida 8 oʻyin davomida gʻalaba qozona olmadi. 3-sentabr kuni Kiyevning „Dinamo“ klubi bilan durang o‘ynagach, Bazilevich ishdan bo‘shatildi.

MHSKdan keyin Bazilevich vaqtining bir qismini dissertatsiya yozishga bagʻishladi. 1984-yilda „Zarya Voroshilovgrad“ning taklifini qabul qildi va keyinchalik bu ishi xato ekanligini tan oldi[1].

1992-yil oktyabr oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi, ammo jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi.

2017-yil yanvar oyida Bazilevich koʻp yillar davomida kurashib kelgan Parkinson kasalligiga chalingani haqida xabarlarlar paydo boʻldi.

2018-yil 16-oktyabrda Kiyevda vafot etdi. 18-oktyabr kuni Baykov qabristonining markaziy xiyoboniga dafn qilindi[2][3][4][5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]