MHSK (futbol klubi)
| MHSK | |||
| |||
| Toʻliq nomi | Markaziy Harbiy Sport Klubi - MHSK futbol klubi Toshkent | ||
| Laqabi | Armiya erkaklari | ||
| Asos solingan | 1992 | ||
| Tugatilgan | 2001 | ||
| Stadion | MHSK Stadium | ||
| Stadion hajmi | 17,000 | ||
| Musobaqasi | Oliy liga | ||
| Mavsumi | 2000 | 8-oʻrin | |
|
| |||
Markaziy harbiy sport klubi, qisqacha MHSK – Toshkentda joylashgan, Oʻzbekiston sobiq futbol klubi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa nomlari tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1991—1992 – Umid
- 1992 – Paxtakor-79
- 1993 – Binokor-Paxtakor-79
- 1993—2000 – MHSK
Baʼzi manbalarda klub 1945-yilda tashkil topib, Sovet davrida SKA nomi bilan tanilgan „Sverdlovets“ klubining vorisi boʻlgan, degan maʼlumotlarni uchratish mumkin. MHSK 1979-yilda aviahalokatda fojiali ravishda halok boʻlgan „Paxtakor“ jamoasi xotirasiga bagʻishlanib „Paxtakor-79“ nomi bilan 1992-yilda rasman tashkil etilgan.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, MHSK avval Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga, keyinchalik esa Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan.
1993-yil boshida klub nomi „Binokor-Paxtakor-79“ deb oʻzgartiriladi. Keyinchalik esa MHSK nomini oladi. MHSK – Markaziy Armiya Sport Klubi (rus: CSKA) qisqartmasining oʻzbekcha muqobili hisoblanadi.
1992-yildan 1998-yilgacha MHSK Oʻzbekiston oliy ligasining yettita qur’asida ishtirok etgan va dastlabki 8 mavsumni Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻtkazgan 1993 yilda u oʻz nomini „MHSK“ Toshkent deb oʻzgartirdi. Bu vaqt ichida klub 1997-yilda mamlakat chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi,[1] 1995 yilda milliy chempionatning kumush medali, 1996-yilda bronza medali sovrindori boʻldi. Bundan tashqari, 1995-yilda klub mamlakat kubogi finaliga qadar yetib borgan. Bu davrda klubning bosh homiysi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi boʻlgan[2][3].
1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionatida oxirgidan oldingi 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 1999-2000 yilgi mavsumda MHSK Birinchi ligada oʻynadi. 2001-yil Birinchi liga boshlanishi arafasida klub musobaqadan chiqdi[4].
2001-yilda jamoa tarqatib yuborildi, ammo 2002-yilda tarqatib yuborilgan klub negizida yangi „SKA-Sibal Toshkent“ futbol klubi tashkil etildi[5].
Stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub uy uchrashuvlarini Toshkentdagi 16500 tomoshabinga moʻljallangan MHSK stadionida oʻtkazgan. MHSK stadioni 2009-yilda buzib tashlanib, oʻrniga „Bunyodkor“ stadioni qurilgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyin natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | ||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | +/- | O | Ism | Liga | |||
| 1992 | 1 | 11 | 32 | 9 | 7 | 16 | 38 | 58 | −20 | 25 | 1/16 final | 6 | ||
| 1993 | 8 | 30 | 9 | 9 | 12 | 38 | 50 | −12 | 27 | 1/8 final | 7 | |||
| 1994 | 4 | 30 | 16 | 7 | 7 | 57 | 28 | +29 | 39 | 1/16 final | 15 | |||
| 1995 | 2 | 30 | 23 | 5 | 2 | 67 | 19 | +48 | 74 | Final | 22 | |||
| 1996 | 3 | 30 | 18 | 8 | 4 | 80 | 41 | +39 | 62 | Yarim final | 15 | |||
| 1997 | 1 | 30 | 2 | 5 | 23 | 28 | 97 | −69 | 11 | 1/4 final | 27 | |||
| 1998 | 15 | 34 | 29 | 3 | 2 | 109 | 42 | +67 | 90 | 1/16 final | 4 | |||
| 1999 | 2st | 13 | 34 | 12 | 3 | 19 | 49 | 67 | −18 | 39 | 1/16 final | |||
| 2000 | 12 | 38 | 16 | 6 | 16 | 67 | 65 | +2 | 54 | Dastlabki bosqich | ||||
Bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Bosh murabbiy |
|---|---|
| 1992 | |
| 1992—1993 | |
| 1993 | |
| 1994—1995 | |
| 1995 | |
| 1996 | |
| 1996—1998 | |
| 1999—2000 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jamoa profili footballfacts.ru
- Jamoa Profili wildstat.ru
- MHSK oʻyinlari va natijalari
- Jahon futbol arxivi (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan)
