Vasiliy Yepishin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Mixaylovich Yepishin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-iyul 1907-yil
Tavallud joyi Sreznevo, Ryazan guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 31-dekabr 1981-yil(1981-12-31)
(74 yoshda)
Vafot joyi Moskva, RSFSR, SSSR
Boʻyi 172 sm
Ampluasi himoyachi
Laqabi Mixalich
Vazni 70 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1924−1929 Krasnoye Perovo
1930 Viborg Metalist
1931 Dinamo (Leningrad)
1932 Krasnaya Zarya
1933 ZiS Moskva
1933 Dinamo Kiyev
1934 Dinamo (Leningrad)
1934−1935 ZiS Moskva
1936−1938 Torpedo 23
1939 Burevestnik 15 (2)
Boshqargan klublari
1947
1950−1951
Torpedo (Ulyanovsk)
Burevestnik (Kishinyov)
1952 Dinamo (Smolensk)
1956−1958 Torpedo (Vladimir)
1958−1960 Spartak (Stanislav)
1960 Tekstilshchik (Smolensk)
1961 Spartak (Smolensk)
1963 Progress (Zelenodolks)
1964 Torpedo ( Lipetsk)
1965−1966 Amur ( Blagoveshchensk)
1967 Sogdiana (Samarqand)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vasiliy Mixaylovich Yepishin (1907-yil 14-iyul, Sreznevo qishlogʻi, Ryazan guberniyasi, Rossiya imperiyasi1981-yil 31-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet futbolchisi, murabbiy. SSSR sport ustasi, himoyachi ampluasida oʻynagan[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Yepishin 1907-yil 14-iyulda Ryazan guberniyasi, Srezevo qishlogʻida tugʻilgan[2][3]. Klublar oʻrtasidagi SSSR chempionatlari boshlanishidan oldin Yepishin Perovoning „Krasnoye Perovo“ (19241929), Leningradning „Viborg Metalist“ (1930), Leningradning „Dinamo“ (1931, 1934), „Krasnaya Zarya“ (1932), ZiS Moskva (1933, 19341935)[1], Dinamo Kiyev (1933) futbol klubi jamoalarida hamda Ukraina SSR futbol terma jamoasida oʻynagan.

SSSR chempionatida 1936−1938 yillarda Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻynagan, 1938-yilgi chempionatda 4 ta oʻyin oʻtkazgan, soʻnggi ikki mavsumda jamoa sardori boʻlgan. 1939-yilda chempionatning „B“ guruhida Moskvaning „Burevestnik“ klubi tarkibida 15 ta oʻyinda ikkita gol urdi[3], shundan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi[4],Qizil Yulduz ordeni (1945-yil 19-may) va „Jasurlik uchun“ medali (1944-yil 15-yanvar), „Moskva mudofaasi uchun“ medali, „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan[5][6]. Vasiliy Yepishin 615 va 229-alohida avtotransport batalyonlarida, shuningdek, Belorussiya fronti artilleriya qoʻmondoni general-polkovnik Vasiliy Kazakovning shaxsiy haydovchisi sifatida xizmat qilgan.

Ulyanovskning „Torpedo“ (1947), Kishinyovning „Burevestnik“ (19501951), Smolenskning „Dinamo“ (1952), Vladimirning „Torpedo“ (19561958), Stanislavning „Spartak“ (19581960), Smolenskning „Tekstilshchik“ (1960), Smolenskning „Spartak“ (1961), Zelenodolksning „Progress“ (1963), Lipetskning „Torpedo“ (1964), Blagoveshchenskning „Amur“ (19651966), Samarqandning „Sogdiana“ (1967) futbol klubi jamoalarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan[4]. Futbolchilar orasidagi laqabi Mixalich boʻlgan[4]. 1981-yil 31-dekabrda Moskvada vafot etgan[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Епишин Василий“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Vasiliy Epishin“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Епишин Василий Михайлович“. 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „О тех, кому рукоплещет стадион“ (rus tilida) (2017-yil 23-yanvar). 2023-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „Епишин Василий Михайлович“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  6. „Епишин Василий Михайлович 1907г.р.“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.