Noʻmon Hasanov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Noʻmon Nurmatovich Hasanov | ||
| Tavallud sanasi | 1971-yil 2-oktyabr | ||
| Tavallud joyi |
| ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
| ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
|
| |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989—1990 |
| 34 | (6) |
| 1990 |
| 7 | (0) |
| 1990—1993 |
| 85 | (25) |
| 1995—1997 |
| 101 | (54) |
| 1998 |
| 8 | (0) |
| 1998 |
| 16 | (2) |
| 1998—2000 |
| 47 | (15) |
| 2001—2002 |
| 36 | (11) |
| 2002—2003 |
| 21 | (0) |
| 2003 |
| 12 | (3) |
| 2004—2005 |
| 43 | (13) |
| 2006—2007 |
| 42 | (5) |
| 2007 |
| 12 | (2) |
| 2008 |
| 17 | (1) |
| 2009 |
| 14 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992-2007 |
| 23 | (4) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2002—2003 |
| ||
| 2012 |
| ||
| 2012—2013 |
| ||
| 2014—2015 |
| ||
| 2015—2016 |
| ||
| 2016—2019 |
| ||
| 2020—2021 |
| ||
| 2022—2023 |
| ||
| 2023 |
| ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Noʻmon Hasanov (oʻzbekcha: Нўмон Нурматович Хасанов yoki Noʻmon Nurmatovich Hasanov) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Avtomobilchi Qoʻqon“ jamoasida boshlagan. 1990-yilning yozida „Soxibkor Xalqobod“ jamoasiga kelib qoʻshilgan, ammo 7 oʻyindan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Soʻngra Toshkentning MHSK, Qozonning „Rubin“, „Avtomobilist“, „Doʻstlik Yangibozor“, „Nasaf Qarshi“, „Qoʻqon 1912“, „Traktor Toshkent“, „Shoʻrtan Gʻuzor“, „Soʻgʻdiyona“ klublarida toʻp surgan. 2009-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi futbolchisiga aylandi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi[1].
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi safini himoya qilgan, u yerda jamoa sardori boʻlgan[2].
Murrabiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiy sifatida ilk ishini 2003-yilda ham „Doʻstlik Yangibozor“ klubida futbolchisi boʻlsa-da, u jamoani boshqargan, biroq yozda jamoani tark etgan.
2012-yilda Chilonzorning „Paxtakor-2“ farm klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2012-yilning 24-iyulida Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etib, „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi[3]. 2012-yilda „Paxtakor“ yoshlari bilan Oʻzbekiston yoshlar ligasi, Oʻzbekiston ligasi jamoalari yoshlar terma jamoasi chempionatida gʻalaba qozongan. 2014-yil yanvar oyida u „Paxtakor“ ga yangi murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayanga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
2015-yilning 7-iyulida Samvel Babayan oʻz lavozimini tark etib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi uchun „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi[4][5]. 2016-yilgi mavsum ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Qoʻqon jamoasini 3 yildan ziyod boshqargan Hasanov 2019-yilgi mavsumda isteʼfoga chiqarildi. 2020-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasining klub tizimiga taklif etildi va bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda ham faoliyat olib bordi.
2022-yil Tojikiston Oliy ligasi vakili „Istaravshan“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2023-yil OFK kubogi ishtirokchisiga aylangan Tojikistonning boshqa bir jamoasi Xoʻjandning „Xoʻjand“ klubi bosh murabbiyiga aylandi[6][7].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paxtakor
- SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1991
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1992
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 1993
- MHSK Toshkent
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 1997
Doʻstlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (2): 1999, 2000
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 2000
Murabbiy sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paxtakor
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (1): 2015
Individua
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 1999
- Gennadiy Krasnitskiy klubi : 153 gol
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Khasanov statistics for Rubin Kazan“ (ruscha). sportbox.ru.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
- ↑ „Нумон Хасанов назначен главным тренером молодежной команды "Пахтакор"“. FC Pakhtakor (24-iyul 2012-yil).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Numon Hasanov appointed as acting head coach of Pakhtakor“. UzDaily (7-iyul 2015-yil). 24-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Врио тренера «Пахтакора» стал Нуъмон Хасанов – Газета.uz“. 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ „Эшитдик-да! Нўъмон Ҳасанов "Хўжанд" бош мураббийи бўлади“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ „Нўъмон Ҳасанов Тожикистон клубидан кетди“. 2023-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2-oktyabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Jizzax viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Sohibkor futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- FC Rubin Qozon futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari chet elda
- Tojikistondagi muhojir futbol murabbiylar
- Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Navbahor klubi murabbiylari
- Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar