Rustam Mirsodiqov
- Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Мirsodiqov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rustam Toʻxtamurodovich Мirsodiqov | ||
| Tavallud sanasi | 1954-yil 19-mart | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1972—1975 | Paxtakor | 3 | (0) |
| 1975—1976 | Traktor Toshkent | - | (-) |
| 1977—1980 | Irrigator / Boʻston | 77+ | (6) |
| 1981—1982 | Dinamo Samarqand | 2 | (1) |
| 1985—1986 | Sohibkor | 48 | (3) |
| 1988 | Dinamo Samarqand | 4 | (0) |
| 1989 | Andijon | 7 | (1) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1992 | Paxtakor (assistent) | ||
| 1995 | Doʻstlik (Jamoa boshligʻi) | ||
| 1996 | Doʻstlik | ||
| 1996—1998 | MHSK | ||
| 1997 | Oʻzbekiston | ||
| 1999 | Doʻstlik | ||
| 2003 | Qizilqum | ||
| 2005 | Lokomotiv Toshkent | ||
| 2006 | Navbahor | ||
| 2008—2017 | Metallurg Bekobod | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rustam Toʻxtamurodovich Mirsodiqov (ruscha: Мирсадыков, Рустам Тухтамурадович; 1955-yil 19-martda tugʻilgan[1]) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va futbolchi. 2008—2017-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubini boshqargan. Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp oʻyinda bosh murabbiylik qilgan futbol mutaxassislardan biri hisoblanadi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam Mirsodiqov futbolga ilk qadamlarini Toshkentdagi „Titov“ nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida murabbiylar I.Toshmuxamedov, V.Yatchenko va Y.Aranovichlar rahbarligida qoʻygan[3].
1972-yilda "Paxtakor" futbol jamoasiga tavsiya etilgan va bu jamoada 1975-yilgacha oʻynagan. Keyin esa Toshkentning „Traktor“ jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida „Boʻston“, „Dinamo Samarqand“ va „Sohibkor“ klublarida toʻp surgan. Rustam Mirsodiqov futbolchi sifatidagi professional faoliyatini 1989-yilda Andijonning „Spartak“ klubida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildan boshlab Mirsodiqov murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992-yilda „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi Axrol Inoyatovning yordamchisi vazifasini bajargan[3]. 1995-1996-yillarda "Doʻstlik" klubida klub rahbari va bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan.
1996—1998-yillarda Toshkentning „MHSK“ klubiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda uning boshchiligida „MHSK“ Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha mavsum yakunida Rustam Mirsodiqov O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan.
1997-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[4]. Mirsodiqov oldidagi masala klubni 1998-yilgi jahon chempionatiga olib chiqish edi. Ammo jamoa saralash turnirida yomon natija koʻrsatadi va Mirsodiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.
1999-yilda yana „Doʻstlik“ klubiga murabbiy etib tayinlanadi va oʻsha mavsumda klubni mamlakat chempionligiga olib chiqadi. Mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi uchun soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaydi.
Shundan soʻng Toshkentning „Lokomotiv“ va „Qizilqum“ klublarida faoliyatini davom ettirgan. 2008—2017-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubini boshqargan[5][6].
2021-yildan Bunyodkor klubi akademiyasida yoshlar boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda[7].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997, 1999-yillar – Oʻzbekiston chempioni.
- 1997-yil – Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Рустам Мирсодиқовни табриклаймиз!“ (2019-yil 19-mart).
- ↑ „Ўзбекистон чемпионатида энг кўп ўйин ўтказган мураббийлар ТОП-10.“ (2017-yil 31-dekabr).
- 1 2 „Рустам Мирсадыкову 60 лет!“ (deadlink). metallurg-pfc.uz (2013-yil 11-iyul). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Uzbekistan International Matches – Details 1992-1999 – RSSSF
- ↑ „Олий лига мураббийлари қачондан буён ўз клубларида ишлаб келишмоқда?“ (2017-yil 8-dekabr).
- ↑ „Рустам Мирсодиқов истеъфо берди“ (2017-yil 25-dekabr).
- ↑ „Рустам Мирсодиқов "Бунёдкор" клубида иш бошлади“ (2021-yil 2-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonni ifodalovchi statistik maʼlumotlar
- Rustam Mirsodiqov Soccerpunter saytida
- 19-martda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Sohibkor futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari
- Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari
- MHSK futbol klubi bosh murabbiylari
- Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari
- Navbahor klubi murabbiylari