Yuriy Sarkisyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Sarkisyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Vazgenivich Sarkisyan
Tavallud sanasi 30-may 1947-yil (1947-05-30) (76 yosh)
Tavallud joyi Vayk
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari Armaniston
Mehnat shuhrati ordeni
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1968—1969 Metallurg Olmaliq (14)
1970—1975 Avtomobilist Termiz (63)
1976—1977 Neftyanik (42)
1978 Shahrixanets (21)
1979—1982 Neftyanik 96 (75)
Boshqargan klublari
1986—2013 Neftchi
2000 Oʻzbekiston
2014- Bunyodkor
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yuriy Vazgenivich Sarkisyan 1947-yil 30-may kuni Yerevan Armanistonda tugʻilgan. Millati arman. Oilali ikki nafar farzandi bor.[1] 1968- yili oʻz futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futboldagi murabbiylik faoliyatini 1983-yildan boshlagan.[2]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Metallurg“ (Olmaliq) — 1968 −1969;
  • „Avtomobilist“ (Termiz) — 1970 −1974;
  • „Neftyanik“ (Fargʻona) — 1975-1982

Ampluasi: hujumchi

Futbolchilik faoliyati davomida 241ta gol urgan

Futbolchilik faoliyatini 1968-yilda Olmaliqning „Metallurg“ klubida boshlagan. 1970—1973-yillarda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida oʻynagan. Uning soʻnggi oʻyinchilik faoliyati 1976-yildan Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasi boʻlib, keyinchalik u yerda oʻz boshqaruv faoliyatini boshlagan.[3] 1978-yilda u „Shahrixonets“ klubida bir yil oʻynashga muvaffaq boʻldi, keyin „Neftyanik“ga qaytdi va u yerda faoliyatining oxirigacha oʻynadi. Futbolchilik faoliyatida u 14 mavsumni yakunladi va 10 marta oʻzi oʻynagan jamoalarning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. U 1982-yilda faoliyatini yakunlagan. U 241 ta gol bilan Berador Abduraimovning 200-klubi azosi hisoblanadi.[4]

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda Moskvadagi murabbiylar maktabining oliy murabbiy diplomi bilan tamomlaydi. 1986-yildan Fargʻonaning Neftchi klubida murabbiylikni boshlagan. 1987-yildan rasman bosh murabbiy sifatida klub tizimidan joy olgan. 1987-yildan 1989-yilgacha uning rahbarligida klub SSSR chempionati ikkinchi ligasining 7-zonasi gʻolibi boʻldi.[5][6][7] 1990-yilda sharqiy zona ikkinchi ligasi gʻolibi boʻldi va birinchi ligada oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi.[8] 1991-yilda „Neftchi“ birinchi ligada 7-oʻrinni egalladi.[9]

SSSR parchalanganidan keyin mustaqil Oʻzbekiston chempionati tashkil etildi. Klub nomi „Neftchi“ deb oʻzgartirildi va darhol oʻzbek futbolining bayroqdoriga aylandi. Agar birinchi chempionatda chempionlikni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan boʻlishish kerak boʻlgan boʻlsa,[10] keyingi chempionatlarda „Neftchi“ chempionatni ishonchli tarzda birinchi oʻrinda yakunladi.[11][12][13]

1990-yildan esa Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan murabbiy unvonini ega boʻladi.[14] „Neftchi“ (Fargʻona) — 1983-1986 (katta murabbiy); 1987-2013 (bosh murabbiy). Shuningdek, 1997-yili Oʻzbekiston milliy terma jamoasida katta murabbiy, 2000-yili bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yil 15-may kuni Neftchi muassislari tomonidan isteʼfoga chiqarilgan.[15] 1984-1985-yillarda Moskvadagi Murabbiylar oliy maktabida tahsil olgan. U OʻFA tomonidan besh marta „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan, bu oʻzbek murabbiylari orasida Roʻziqul Berdiyev bilan birgalikda eng yuqori natija hisoblanadi.[16]

2013-yilning 16-mayida Sarkisyan klubning soʻnggi liga oʻyinlaridagi yomon natijasi tufayli „Neftchi“ bosh murabbiyligidan boʻshatildi.[17][18][19] U klubda oxirgi 26 yil ishlagan. Sarkisyan oʻzbek ommaviy axborot vositalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasini uzoq yillar boshqargani uchun Oʻzbekiston Fergyusoni nomi bilan atalgan.[20]

Oʻzbekiston Milliy chempionatiga asos solinganidan keyin, uning qoʻl ostida „Neftchi“ 5 marta oltin (1992-1994, 2001) 9 marta kumush (1996-2000, 2002-2004, 2006) va 1 marta bronza (2008) medalini qoʻlga kiritdi, 2 marta Oʻzbekiston kubogi (1994, 1996) sohibiga aylandi. Bundan tash­qari, „Neftchi“ 1994 yili MDH Chempionlar kubogida 2-oʻrin, 1995 yili Osiyo Chempionlar kubogida 3-oʻrinni egalladi.[21]

Sarkisyan nafaqat jamoani boshqargan, balki Oʻzbekistonda futbolni ham rivojlantirgan. Uning rahbarligida Stepan Atoyan, Ravshan Bozorov, Abdusamad Doʻrmonov, Rustam Doʻrmonov, Sergey Zavalnyuk, Sergey Lebedev, Vladimir Radkevich kabi yosh futbolchilarning professional fazilatlari va isteʼdodi yuzaga kelgan „Fargʻona“ futbol maktabi tashkil etildi. Aleksandr Tixonov, Andrey Fedorov. Uzoq yillar davomida uning shogirdlari mamlakatimiz terma jamoasining tayanchini tashkil etishdi.

2014-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga taklif qilindi va u yerda bosh murabbiy yordamchisiga aylandi.

Yuriy Sarkisyan boshqaruvida „Neftchi“ chempionatlarda (sobiq ittifoq birinchiliklari ham inobatga olingan) jami 822ta uchrashuv oʻtkazib, 545ta gʻalaba, 114ta durang va 163ta magʻlubiyat qayd etdi. Toʻplar nisbati: 1784-798. Fargʻonaliklarning milliy chempionatimiz tarixidagi shu kungacha boʻlgan natijalari esa quyidagicha: 636ta oʻyin, 423ta yutuq, 89ta durang, 124ta magʻlubiyat. Toʻplar nisbati:1415-648

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sarkisyan — Oʻzbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Саркисян Юрий Вазгенович“. gari-rustam-fk (18-iyun 2008-yil). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Тўйини ҳам қадрдон клубида ўтказган "ўзбек Фергюсони" 73 ёшда!“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. "Yuriy Vazgenovich Sarkisyan: nastavnik „Neftchi“, 15 Aprelya 2008 (Wayback Machine saytida May 7, 2012, sanasida arxivlangan) (ruscha).
  4. "Yest Klub Uzbekistanskix Bombardirov! (chast vtoraya), 25 Iyulya 2008 (Wayback Machine saytida October 4, 2011, sanasida arxivlangan) (ruscha).
  5. „1987. Вторая лига. 7 зона“. football.lg.ua. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „1988. Вторая лига. 7 зона“. football.lg.ua. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „1989. Вторая лига. 7 зона“. football.lg.ua. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „1990. Вторая лига. Восточная зона“. football.lg.ua. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „1991. Первая лига“. football.lg.ua. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Sardorbek Yusupov. „Uzbekistan 1992“ (inglizcha). rsssf.com (27-iyul 2007-yil). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Sardorbek Yusupov. „Uzbekistan 1993“ (inglizcha). rsssf.com (6-iyul 2007-yil). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Sardorbek Yusupov. „Uzbekistan 1994“ (inglizcha). rsssf.com (7-sentabr 2006-yil). 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Sardorbek Yusupov. „Uzbekistan 1995“ (inglizcha). rsssf.com (26-sentabr 2006-yil). 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Почему «ушли» главного тренера ФК «Нефтчи»“ (deadlink). uznews.net (29-may 2013-yil). 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. Yuriy Sarkisyan: Mehnatimni qadrlashmagani alam qilyapti…[sayt ishlamaydi]
  16. „ru:Журналисты выберут лучших“ (ruscha). the-uff.com (17-dekabr 2009-yil).
  17. „arxiv nusxasi“ (ruscha). uff.uz (17-may 2013-yil). 2-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.
  18. „ru:Знаменитый Саркисян отправлен в отставку“ (ruscha). start.uz (19-may 2013-yil). [sayt ishlamaydi]
  19. „Главный тренер ферганской команды «Нефтчи» отправлен в отставку“. 16-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  20. „Юрий Саркисян — «узбекский Фергюсон» отправлен в отставку“ (ruscha). uff.uz (17-may 2013-yil). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  21. Karel Stokkermans. „Uzbekistan — List of Champions“ (inglizcha). rsssf.com. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  22. Указ Президента Республики Узбекистан от 29 may 2007 года № УП-3881 «О награждении Ю. Саркисяна орденом «Мехнат шухрати»
  23. „Саркисян Юрий Вазгенович“. gari-rustam-fk (18-iyun 2008-yil). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 iyun 1997 года № УП-1792 «О награждении Ю.В. Саркисяна орденом «Дустлик»
  25. Указ Президента Республики Узбекистан от 5 noyabr 1994 года № УП-980 «О награждении группы спортсменов, тренеров и специалистов по физической культуре и спорту

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]