Aʼrof surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(A'rof surasidan yoʻnaltirildi)
Anfol    7–sura   Anʼom
Aʼrof surasi — سورة الأعراف
Qurʼon nusxalaridan biridagi Aʼrof surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 206, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 7, qora rangda - Aʼrof surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 39, 3. Rukuʼsi soni - 24; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:7, 3. Nozil boʻlish tartibi:39, 4. Rukuʼsi:24, 5. Oyati:206, 6. Porasi (Juzi):8-9 deb koʻrsatilgan.
Sura7.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 151–176[4]
Juz 8-9
Sura raqami 7
Oyatlar soni 206
Sajda oyati 206-oyat[5]
Rukuʼlar soni 24[6]
Muqattaot harflari Alif, lom, mim, sod.[7]
Soʻzlar soni 3344
Harflar soni 14071
Nozil boʻlish tartibi 39[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Anfol surasi  Keyingisi 7 Oldingisi  Anʼom surasi
Nozil boʻlish tartibi
Jin surasi   Keyingisi 39 Oldingisi  Sod surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Aʼrof surasi (arab. سورة الأعراف, nomining maʼnosi — Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[9][10]) — Qurʼonning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 151–176[11]-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-boʻlib nozil boʻlgan. U payg‘ambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg‘ambarlarning qissalari so‘zlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo — payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga o‘z qavmlari tarafidan bo‘lgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning to‘fon balosiga giriftor etilganliklari eslatib o‘tiladi. Bu surada payg‘ambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Firʼavn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolarga to‘xtab o‘tiladi va bani Isroilga berilgan noz-neʼmatlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.

Bu surada ham boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi so‘z islomning asosi — mohiyati bo‘lmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va payg‘ambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan mo‘‘jiza — Qurʼon haqida so‘zlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy neʼmat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yo‘l-yo‘riq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yo‘lida suʼiisteʼmol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga o‘xshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga bo‘linadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan o‘tkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham yomonlik qilish bilan o‘tgan kimsalar do‘zax egalari bo‘ladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa „Aʼrof“ egalari bo‘ladilar. Aʼrof — jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor bo‘lib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh o‘zlarini jannatgami yoki do‘zaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri o‘z ifodasini topgani uchun „Aʼrof“ deb atalgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.

Aʼrof surasi

Keyingisi: Anfol surasi Wikisource-logo.svg 7-sura — arabcha matni Oldingisi: Anʼom surasi