Navoiy viloyati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
||||
|---|---|---|---|---|
| Markaz | Navoiy shahri | |||
| Eng yirik shaharlar | Navoiy shahri Zarafshon Uchquduq |
|||
| Maydon - Butun |
O`zR: 1- o`rinda 110,800 km² |
|||
| Aholi - Butun |
O`zR: 11- o`rinda 767,500 |
|||
| ISO Qisqartmasi | UZ-NW | |||
| Avtomobil Nomeri | 21 | |||
| Viloyat taomi | palov | |||
- Bu maqola Navoiy viloyati haqidadir. "Navoiy" soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.
Navoiy viloyati - O'zbekiston Respublikasining eng yosh viloyati hisoblanadi. U dastlab, 1982-yil 20-aprelda Qizilqum sahrosining ma'lum bir qismini o`zlashtirish va u yerdagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan edi.
Mundarija |
[tahrir] Geografik joylashuvi
Navoiy viloyati O`zbekiston Respublikasi hududining o`rta qismida joylashgan bo`lib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km2 ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati g`arbda Qoraqalpog`iston, shimolda Qozog`iston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi.
[tahrir] Aholisi
Navoiy viloyati aholisi 818,9 ming kishiga yaqinlashmoqda. Shundan ko`rinib turibdiki, bu ko`rsatkich bo`yicha, Navoiy viloyati respublikada 11-o`rinni egallaydi, aholining zichligiga ko`ra esa, viloyatlar orasida oxirgi o`rinda, har bir km2 maydonga atigi yetti kishi to`g`ri keladi, xolos.
[tahrir] Tumanlar va Shaharlar
Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga bo`lingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy, Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshon va Yangirobod. Uning ma'muriy markazi Navoiy shahridir.
[tahrir] Iqtisodiyoti
Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat ko`rsatmoqda.
Qishloq xo`jaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorako`l qo`y mahsulotlaridir. Agar kerakli sug`orish manbalari topilib yo`lga qo`yilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90%ida unumdorlik salohiyati mavjud bo`ladi.
[tahrir] Havolalar
• Rasmiy Vebsayt
• Region.uz-Navoiy
• Navoiy Viloyat Kutubxonasi