Zarafshon (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zarafshon shahridan yoʻnaltirildi)
Zarafshon
shahar
41°34′0″N 64°12′0″E / 41.56667°N 64.20000°E / 41.56667; 64.20000 G OKoordinatalari: 41°34′0″N 64°12′0″E / 41.56667°N 64.20000°E / 41.56667; 64.20000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Navoiy viloyati
Hukumat
 • Hokim Nazirbek Raxmanov[1]
Aholisi
70 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 210300
Zarafshon xaritada
Zarafshon
Zarafshon
Zarafshon xaritada
Zarafshon
Zarafshon

Zarafshon — Navoiy viloyatida joylashgan shahar. Shahar 1965-yillarda bunyod etilgan. Zarafshon Qizilqum choʻlida joylashgan. Aholisi 86,5 ming kishidan ortiq (2023)[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharga kirish.

1958-yilda Samarqand geologiya-qidiruv guruhi hududni (Bukantau, Tamditov va Muruntov togʻlari, Qizilqum choʻli) oʻrganishga kirishdi. Bu hududda oltin va uran konlari topilgach, SSSR Oʻrta mashinasozlik vazirligi zudlik bilan Qizilqum viloyatini oʻzlashtirish va uni yirik kon-sanoat markaziga aylantirish toʻgʻrisida buyruq chiqardi.

Shahar qurilishi 1960-yillarning boshlarida boshlangan va SSSR parchalangunga qadar davom etgan. 1965-yil shahar tashkil etilganining rasmiy yili hisoblanadi. 1967-yil 16-yanvarda Zarafshon shahar tipidagi aholi punkti maqomini oldi. SSSR parchalanishi davrida shahar tipik sovet (3, 4, 5, 7 va 9 qavatli) uylarga ega 12 mikrorayondan iborat boʻlgan. Shaharda 8 ta umumtaʼlim maktabi, 21 ta bolalar bogʻchasi boʻlgan.

Dastlab, shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiruvchi Muruntov koni va Bessopan sanoat maydonchasida joylashgan sanoat oltin qazib olish obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar yashagan. Muruntov konida oltin qazib olish SSSRdagi umumiy oltin qazib olishning taxminan 30% ni tashkil etgan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik boʻlinmasi Zarafshon shahrida joylashgan. Bu Markaziy kon boshqarmasi boʻlib, 29 ta asosiy va qoʻshimcha boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi. Markaziy kon boshqarmasining asosiy vazifasi qimmatbaho metallar (oltin, kumush) konlarini oʻzlashtirish va ularni qazib olishdan iborat.

O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng shahar va unga tutash sanoat maydonlarida yangi korxonalar va zavodning yangi sanoat obyektlari barpo etish davom ettirildi, jumladan:

  • „SKVZ“ koni;
  • „Auminzo-Amantoy“ koni;
  • 5-sonli gidrometallurgiya zavodi;
  • 7-sonli gidrometallurgiya zavodi;
  • Qizilqum fosforit kompleksi;
  • „Zarafshon oyna“ korxonasi[3];
  • „Agama“ trikotaj fabrikasi va boshqalar.

Shahar aholisining aksariyati Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar va sanoat obyektlarida mehnat qiladi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Qizilqum choʻlining markaziy qismida, mamlakatning eng yirik oltin konidan „Muruntov“ dan 30 km uzoqlikda joylashgan.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „NKMK“ DK Markaziy kon boshqarmasi (oltin, kumush, metall boʻlmagan qurilish materiallarini qazib olish).
  • „Qizilqum fosforit kompleksi“ MChJ „Oʻzkimsanoat“ AJ (fosforit konsentrati qazib olish)
  • „NGMK“ DK Zarafshon qurilish boshqarmasi (qurilish),
  • „NGMK“ davlat korxonasining „Agama“ PTF (kiyim ishlab chiqarish).

Infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda Amudaryodan suv taʼminoti tizimi (250 km. ga yaqin quvurlar), sovet davri meʼmoriy loyihalari boʻyicha yaxshilangan 12 ta turar-joy binolari mikrorayonlari, madaniyat (madaniyat uyi, ijodiy markazlar), sport (stadion, basseyn, sport zallari va sport majmualari), savdo (do‘konlar, bozorlar, savdo markazlari), tibbiyot va boshqa davlat muassasalari, sunʼiy o‘simliklar va bog‘lar mavjud.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarafshonda pauerlifting boʻyicha Osiyo chempionati (2003-yil), yelkanli sport boʻyicha MDH davlatlari oʻrtasida xalqaro turnir va shu kabi musobaqalar boʻlib oʻtgan. Birgina 2004-yilning o‘zida Zarafshon shahrida turli darajadagi 150 ta sport tadbirlari o‘tkazilgan.

Qizilqum“ futbol klubi 2000-yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynab kelmoqda (eng yuqori yutuq 2002-yilgi mavsumda 3-o‘rin).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]