Nurota tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurota tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tegishli Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Nurota
{{{Oʻzbekcha nomi}}} xaritada

Nurota tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. Shim.dan viloyatning Tomdi, gʻarbdan Konimex tumanlari, Buxoro viloyati, sharkdan Jizzax viloyati, jan.dan Navoiy, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 6,5 ming km2. Axoliyey 78 ming kishi (2003). 1 shahar (Nurota), 7 kish-loq fuqarolari yigʻini (Nurota, Dehi-baland, Sentob, Qizilcha, Chuya, Gum, Gʻozgʻon) bor. Tuman markazi — Nurota sh.

N.t. 1926 y. 29 sent.da Nurota uyezdi (markazi Nurota qishlogʻi) oʻrnida tashkil etilgan. 1930 y. 17 avpdan N.t. Samarqand viloyati, 1982 y.dan Navoiy viloyati, 1988 y.dan Samarqand viloyati, va nihoyat, 1992 y. martdan yana Navoiy viloyati tarkibida.

Tabiati. N.t. hududining shim. Aydar shoʻrxoklari, Qizilqum va Qoratogʻ b-n, markazi va jan. Nurota va Oqtogʻ tizmalari hamda ular orasidagi botikdar bilan band. Botiqlarda yoz quruq va issiq, qish u qadar sovuq boʻlmaydi. Balandroq joylarda yoz salqin, qish esa sovuqboʻlib, uzoqdavom etadi. Y illik oʻrtacha t-ra 13,4°. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —1,0°, eng past t-ra —29°, iyulda 27—28°, baland joylarda 25— 15°, eng baland t-ra 43°. Vegetatsiya davri 202 kun. Yillik yogʻin 200—222 mm. Suvlari togʻdan oqib tushadigan soylardan (Oqsoy, Fangatsoy, Navkatsoy, Oqchopsoy, Orasoy, Gumsoy va b.) ibo-rat boʻlib, maʼlum havzaga quyilmasdan, tekislikka chiqqach, sugʻorishga sarf boʻladi. Lyoss, tosh-shagʻal prolyu-vial jinslardan tuzilgan botiqlarida och boʻz tuproq, boʻz tuproq, oddiy boʻz tuproq, yuqoriroqsa toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan efemerlar, oq quray, gulxayri va b. oʻsadi. Butalardan doʻlana, pis-ta, irgʻay, qoratikan, chiy, bodomcha, quyonsuyak, jingil va b. uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan kiyik, arhar, chiyaboʻri, qarsoq tulki, qo-bon, quyon, suvsar, tipratikan, qop-lon, boʻri, silovsin, ayiq, kala-mush, oʻrmon sichqo-ni, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar va ilonlar; qushlardan kaklik, bulduruq, qorabovur, burgut, qoraqargʻa, olashaq-shaq, chumchuq, kir-gʻiy, lochin, kalxat, koʻkqargʻa, bedana, musicha, toʻrgʻay va b. koʻp. 1997 y.da "Oqtov" landshaft qoʻriqxonasi tashkil etildi (mayd. 15,5 ming ga).

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (86%), shuningdek, tojik (11%) va b. millat vakillari ham (3%) yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 12 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 30,1 ming kishi, qishloq aholisi 47,9 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Respublikada salmoqli oʻrinlardan birini tumandagi "Gʻozgʻonmarmar" aksiyadorlik jamiyati korxonasi egallaydi. Undan tashqari, "Nurotamarmar" i.ch. korxonasi, "Nurotaavtoyoʻlmarmar", "Nurbuloq" mineral suv qadoqlash korxonasi, "Chashma", "Istiqlol" savdo korxonalari, tikuvchilik fkalari mavjud. Tumandagi 700 ga yaqin korxonadan 551 tasi kichik firma, 70 ga yaqin kichik va oʻrta korxona. Shuningdek, 120 ga yaqin maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 200 dan ziyod savdo doʻkoni ishlab turibdi.

Tuman q.x., asosan, chorvachilik va dehqonchilik (gʻallakorlik)ka ixtisoslashgan. 4 xoʻjalik qorakoʻlchilik bilan shugʻullanadi. 10 shirkat, 500 ga yaqin dehqon-fermer xoʻjaligi mavjud. Q.x.da foydalaniladigan 503 ming ga yerning 3,1 ming ga si shartli sugʻoriladi. Lalmikor yerlar 16,3 ming ga ni tashkil etadi. 1,1 ming ga yerga don, 1,1ming ga yerga ozuka ekinlari ekiladi. 187 ga me-vazor, 125 ga tokzor, 213 ga tutzor bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 mingdan ziyod krramol, 1,5 mingga yaqin ot bor. Parranda ham boqiladi. Tuman xoʻjaligida avtotransport asosiy oʻrinda. Viloyat marka-ziga Nurota sh.dan avtobuslar munta-zam qatnaydi.

54 umumiy taʼlim maktabi (19,7 ming oʻquvchi), kasb-hunar kollejlar, 19 ja-moat kutubxonasi, 26 klub, "Chashma" oʻlkashunoslik muzeyi, 3 stadion, 26 sport maidonchasi faoliyat kursatadi.

Tuman markaziy kasalxonasi, bolalar yuqumli kasalliklar, 5 qishloq uchastka kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 10 qishloq vrachlik punkti, kattalar va bolalar poliklinikasi va b. tibbiy muassasalarda 152 vrach (har 10 ming aholiga 20,6 vrach), 594 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida, Nurota sh.dagi meʼmoriy obidalar bilan birga, Abdulla-xon bandi gidrotexnika inshooti krl-diklari (16-a.) saqlanib qolgan.

Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva. [1]


Nurota tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Navoiy viloyatida joylashgan tuman. Viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabr da tashkil etilgan. 1930-yil 17-avgustdan Samarqand viloyati 1982-yildan Navoiy viloyati, 1988-yildan Samarqand viloyati, 1992-yil martdan yana Navoiy viloyati tarkibida. Maydoni 6,5 ming km kv. Aholisi 75,9 ming kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km kv ga oʻrtacha 11,6 kishi toʻgʻri keladi (2006-yil). 1 shahar (Nurota), 1 shaharcha (G'ozg'on), 7 qishloq fuqarolar yigʻini bor. Markazi-Nurota shahri.

Tuman hududining shimolida Aydar shoʻrxoklari, Qizilqum va Qoratogʻ bilan, markazi va janubi Nurota tizmasi va Oqtogʻ tizmalari hamda ular orasidagi botiqlar bilan band. Iqlimi kontinental. Botiqlarda yoz quruq va issiq. qish u qadar sovuq boʻlmaydi. Suvlari tog'dan oqib tushadigan soylardan (Oqsoy, Fangatsoy, Navkatsoy, Oqchopsoy, Orasoy, Gumsoy va b.) iborat boʻlib, maʼlum havzaga quyilmasdan, tekislikka chiqqach sugʻorishga sarf boʻladi. 1997-yilda landshaft qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Respublikada salmoqli oʻrinlardan birini tumandagi "Gʻozgʻonmarmar" aksiyadorlik jamiyati korxonasi egallaydi. Undan tashqari "Nurotamarmar" ishlab chiqarish korxonasi, "Nurotaavtoyo'lmarmar", "Nurbuloq" mineral suv qadoqlash korxonasi, "Chashma", "Istiqlol" savdo korxonalari, tikuvchilik fabrikalari mavjud. Tumandagi 700 ga yaqin korxonadan 551 tasi kichik firma, 70 ga yaqini kichik korxona va o'rta korxona hisoblanadi.

Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, chorvachilik va dehqonchilikka (gʻallakorlik) ixtisoslashgan. 4 xoʻjalik qorakoʻlchilik bilan shugʻullanadi. 500 ga yaqin dehqon-fermer xoʻjaligi mavjud. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga don, ozuqa ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor, tutzorlar bor. Jamoa xo'jaligi va xususiy xoʻjaliklarda qoramol, yilqi, parranda boqiladi. Tuman xoʻjaligida avtotransport asosiy oʻrinni egallaydi. Viloyat markaziga Nurota shahridan avtobuslar muntazam qatnaydi.

Tumanda 14 ta maktabgacha taʼlim muassasi, 56 ta umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kollejlari bor. 19 ta jamoat kutubxonasi, 26 ta klub muassasasi, "Chashma" o'lkashunoslik muzeyi, 3 ta stadion va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonalari, 5 ta qishloq uchastka kasalxonasi, 4 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 10 ta qishloq vrachlik punkti, kattalar va bolalar poliklinikalari va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududida Nurota shahridagi meʼmoriy obidalar bilan birga Abdullaxon bandi gidrotexnika inshooti qoldiqlari 16-asr saqlanib qolgan. 1935-yildan "Nurnoma" tuman gazetasi chiqadi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil