Davlat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.


Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.

D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxm. 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.

Diniy-mifologik taʼlimotlar b-n birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h.k.) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish b-n suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli b-n kechdi.

D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish b-n mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.

Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar b-n tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-a.

larda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik D.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-a.ning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri b-n uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-a. oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-a.ning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (q. Oʻzbekiston Respublikasi).

Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori b-n boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi D.ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari b-n va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi b-n farqlanadi.

D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur D. organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega boʻladi (q. Davlat xavfsizlik organlari).

D. tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz. D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan boʻlsa, deqqonchilik b-n shugʻullanuvchi va sanoat b-n shugʻullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga koʻra, D.lar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa, yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, D. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar D.da hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu hamma narsa, inson esa — hech nima" degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib, shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga oshirish taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun b-n toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (q. Demokratiya).

D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan D.lar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D. boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, D. boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda D. va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan i.t.lari b-n bogʻliq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik in-tlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi oʻrni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Adabiyot[tahrir]

  • Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992; Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi (masʼul muharrirlar: H.B. Boboyev, H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001; Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy, M., 1996; Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.[1]

Davlatning kelib chiqishi[tahrir]

Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.

Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida quyidagicha nazariyalar mavjud:[tahrir]

  1. Teologik nazariya — davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.
  2. Patriarxal nazariya — davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan.
  3. Shartnoma nazariyasi — XYII- XYIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra davlat-oʻzaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar. Nazariyani Grotsiy, Spinoza, Lokk, Gobbs, Russo, Radishshev rivojlantirgan.
  4. Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari — Gumplovish, Kautskiy.
  5. Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi jarayonida davlat paydo boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning „Sharq istibdodi“ asarida bayon etilgan.
  6. Sinfiylik nazariyasi — davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari — Karl Marks, F.Engels, V.I.Lenin[2].

Davlat va uning belgilari, shakllari[tahrir]

Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud:

  1. Ijtimoiy yondashuv;
  2. Sinfiy yondashuv;
  3. Siyosiy-huquqiy yondashuv.

Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.

Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi[3].

Davlatning asosiy belgilari:[tahrir]

  1. Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.
  2. Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
  3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
  4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, hulq-atvor qoidalari.
  5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
  6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.

Davlatning asosiy funksiyalari:[tahrir]

  1. Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari:

a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).

  1. Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;

a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va xavfsizlik[4].

Davlatning shakllari:[tahrir]

I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda boʻladi (absolyut va konstitutsion).

Respublika prezidentlik va parlamentar respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, Oʻzbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Olmoniya (Parlamentar).

II. Davlat tuzumi shakli: — unitar; oddiy, yaxlit davlat. — federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat. — konfederativ- maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari — federativdir. Shveysariya (1848-yilgacha), Evropa Ittifoqi — konfederativ. Oʻzbekiston — unitar davlat.

III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. — Demokratik (vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya). — Antidemokratik (fashistik, totalitar).

Davlat mexanizmi[tahrir]

Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha aniq belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.

Davlat idoralari 3 turga bo`linadi[tahrir]

  1. Vakillik idoralari:

a) Qonun shiqaruvchi; b) Mahalliy hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish idoralari.

  1. Ijroiya idoralari:

a) Markaziy idoralar; b) Davlat boshligʻi (monarx, prezident); v) Hukumat; g) Vazirlik va davlat qoʻmitalari; d) Mahalliy idoralar.

  1. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari:

a) sudlar; b) prokuratura; v) ichki ishlar vazirligi va uning organlari; g) adliya vazirligi; d) milliy xavfsizlik xizmati

Huquqiy davlat va uning belgilari[tahrir]

Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat gʻoyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini koʻrgan Salon, Aristotel, Sitseron turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat koʻrinishida tasavvur qildi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. „Davlat- bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“ (I.Kant.Asarlar, 4-tom,233-bet). Huquqiy davlat gʻoyasining mohiyati-ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun boʻlishidadir. Huquqiy davlat belgilari:

  1. Huquqning hukmronligi;
  2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;
  3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, taʼminlash;
  4. Davlat va fuqaroning oʻzaro mas`uliyati;
  5. Hokimiyat vakolatlarining boʻlinishi;
  6. Sudning mustaqilligi;
  7. Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;
  8. Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi;
  9. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Пиголкин А. С., Головистикова А. Н., Дмитриев Ю. А., Саидов А. Х. Теория государства и права: учебник под редакцией А. С. Пиголкина. — Москва: Юрайт-Издат, 2005. — С. 61-63. — ISBN 5-94879-145-9.
  3. Общая теория права и государства: Учебник. Под ред. Лазарева В. В.. — М.,1994. — С.23
  4. Ожегов С. И., Шведова Н. Ю. Толковый словарь русского языка: 80 000 слов и фразеологических выражений / Российская академия наук. Институт русского языка им. В. В. Виноградова — 4-е изд., дополненное. — М.: Азбуковник, 1999. — 944 с. — ISBN 5-89285-003-X.