Samarqand viloyati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
||||
|---|---|---|---|---|
| Markaz | Samarqand | |||
| Eng yirik shaharlar | Samarqand Kattaqurg`on Bulung`ur |
|||
| Maydon - Butun |
O`zR: 6- o`rinda 16,400 km² |
|||
| Aholi - Butun |
O`zR: 3- o`rinda 2,322,000 |
|||
| ISO Qisqartmasi | UZ-SA | |||
| Avtomobil Nomeri | 14 | |||
| Viloyat taomi | Palov | |||
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil bo`lgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining o`rta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari g`arb va shimoli-g`arbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi- sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi go`zal vohadan iborat bo`lib, bu voha uncha keng bo`lmay sharqdan-g`arbga tomon Zarafshon va Turkiston tog` tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sug`oriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni (2930,9 ming kishi. 2006)jihatidan Samarqand viloyati Farg`ona viloyati bilan deyarli bir xil bo`lib, ular respublikada birinchi va ikkinchi o`rinlarni bo`lishib oladilar.
Viloyat hududi 16,8 ming km2 Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni bo`yicha Qoraqolpog`iston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi o`rinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulung`ur, Go`zalkent, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg`om, Paxtachi, Samarqand. Toyloq, Urgut, Chelak va Qo`shrabot tumanlari. Shaharlar soni 11 ta (Samarqand, Bulung`ur, Jomboy, Juma, Ishtihon, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Urgut, Chelak).
Ko`hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo`lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo`lib, u 1924- 1930 yillarda O`zbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
[tahrir] Tumanlar
| N | Tuman nomi | Tuman markazi | N | Tuman nomi | Tuman markazi |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Bulungʻur | Bulungʻur | 8 | Oqdaryo | Loyish |
| 2 | Ishtixon | Ishtixon | 9 | Paxtachi | Ziyodin |
| 3 | Jomboy | Jomboy | 10 | Payariq | Payariq |
| 4 | Kattaqoʻrgʻon | Payshanba | 11 | Pastdargʻom | Juma |
| 5 | Qoʻshrabot | Qoʻshrabot | 12 | Samarqand | Gulobod |
| 6 | Narpay | Oqtosh | 13 | Toyloq | Toyloq |
| 7 | Nurobod | Nurobod | 14 | Urgut | Urgut |
[tahrir] Havolalar
| O`zbekiston siyosiy bo`linish birliklari | |
|---|---|
| Viloyatlar | Andijon | Buxoro | Farg`ona | Jizzax | Namangan | Navoiy | Qashqadaryo | Samarqand | Sirdaryo | Surxondaryo | Toshkent | Xorazm |
| Ma'muriy Birlik | Toshkent |
| Avtonom Respublika | Qoraqalpog`iston |
| Anklavlar | So`x | Shohimardon | Chong-Kara | Jangail |