Karmana tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karmana - - O`zbekiston tumanlaridan biri, Navoiy viloyatida joylashgan.

Karmana tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Zarafshon daryosining quyi qismi sohilida joylashgan.

1962 y.dan Navoiy tumani deb yuritilgan. 1980 y.da Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988 y.da qayta qoʻshilgan. 1992 y.dan yana alohida tuman boʻlgan. 1999 y. Karmana sh. hududi Navoiy sh. tarkibiga (Karmana tumani sifati-da) kiritildi. 2003 y. dek.da Navoiy tumapi nomi K.t. deb oʻzgartirildi va Karmana sh. tuman markazi sifatida belgilandi.

Tuman shim.dan Navbahor, Koni-mex, gʻarbdan Qizilteia tumanlari, sharq va jan.dan Samarqapd niloyati bilan chegaradosh. K.t. hududi Navoiy sh. atrofini hamma tomondan oʻrab olgan. Tumanda 1 shahar (Karmana), 1 shaharcha (Malikrabot), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Nar-pay, Uyrat, Yangiariq. Hazora) bor. Mayl. 0.95 ming km2. Ahodisi 94473 kishi (2005). Markazi — Karmapa sh. (2003 y. dek.dan).

Tabiati. K.t. hududi Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida, viloyatning jan.-sharqida joylashgan. Tuman yer yuzasi, asosan, pasttekislikdan iborat. Zarafshop daryosi vodiysiga yaqin yerlarda qad. quruqdaryo oʻzanlari va adirlar orasidagi qatlamlar da chuchuk suv zaxiralari bor. Tuman seysmik zonada joylashgap. Yer yuzasi Zarafshon daryosi va gʻarbga tomon qiya. Iqlimi keskin kontinsntal. Yozi QURUQ- issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha t-ra 15°. Yanv.da oʻrtacha t-ra 0,4°, iyulda 28,9°. Yillik yogʻin 100—200 mm. Vegetatsiya davri 212 kun. Tumandagi sugʻoriladigan yerlar, asosan, Zaraf-shon daryosi va qisman Amu — Buxoro mashina kanalining Navoiy kanali shoxobchasidan sugʻoriladi. Kasaba, xonim, Narpay kanallari suvidan ham foydalaniladi. Karmana gidrouzeli qurilgan (1973). Tuproqlari, asosan, madaniylashgan, oʻtloqi, sur-qoʻngʻir. shoʻrtob, tuproqlar oʻzlashtirilgan zonada avtomorf va yarim gidromorf tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, tol, oq va qora sakso-vul, yantoq, yulgʻun, shuvoq, isiriq, juzgʻun, cherkez, quyonsuyak, segin, iloq, qamish, shoʻra, yetmak, jingil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiya-boʻri, yumronqoziq, qoʻshoyoq, oʻrgimchaklar, toshbaqa, tipratikan, kaltakesak, turli xil ilonlar; qushlardan xoʻjasavdogar, oʻrdak, loyxoʻ-rak, mayna, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq va b. bor. Yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 100 kishi. Shahar aholisi 28216 kishi, qishloq aholisi 66257 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik), pil-lachilik, sabzavotchilik, polizchilik bilan ham shugulaniladi. "Ipak qurti urugi", "Navoiypilla" korxonalari, paxta tozalash z-di, "Sardobapar-randa" f-kasi, "Agrouniversal" korxonasi bor. "Navoiy — Ural" Uzbekiston — Rossiya, "Grantekstil" Amerika — Oʻzbekiston — Afgoniston qoʻshma korxonalari ishlab gu-ribdi. 1,6 mipgdan ziyod oʻrga va kichik biznss subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi.

Q.x.da sugʻoriladigan yerlar 22 ming ga, ekinzorlar 17657 ga, shu jumlalan, 7770 ga yerga paxta, 7585 ga yerga don, 563 ga yerga sabchavot, I 19 ga yerga poliz ekinlari, 180 ga yerga kartosh-ka, 1440 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi (2004). Tokzor, tutzor, boglar, yaylovlar, oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 31283 qoramol (shundan, 15207 sigir), 54346 qoʻy va echki, 338065 parranda, 292 yilqi boqiladi. Shir-kat, fermer xoʻjaliklari, agrofirma, fermer xoʻjaliklari uyushmalari faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy transport vositasi — avtomobil transporti. Navoiy — Uchquduq t.y. tuman hududini kesib oʻtadi. K.t.da Navoiy sh. aeroporti joylashgan. Tumanda 28 umumiy taʼlim maktabi (21953 oʻquvchi), internat maktabi, saiʼat maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (3410 oʻquvchi), 1 markaziy, 28 jamoat, 1 bolalar kutubxonalari, madaniyat saroyi, 8 klub muassasasi, "Yoshlik" madaniyat va istirohat bogʻi bor. Sport majmuasi, stadion, tennis korti va b. sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 19 ambulatoriya — poli-klinika, 20 dorixona va b. tibbiy muassasalarda 133 vrach, 603 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Meʼmoriy yodgorliklardan Mir Said Bahrom maqbarasi (11-a.), Qosim Shayx xonaqosi (16-a.), raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-a.) saqlangan. "Karmana ovozi" tuman gaz. chiqariladi (adadi 1000).

Ixtiyor Allayorov.