Boks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Boks matchi. Ringda Ricardo Domínguez (chapda) va Rafael Ortiz.

Boks (ingl. boxing, box — «urish» soʻzidan) sportning yakkakurash turlaridan biridir.

Mundarija

[tahrir] Tarixi

Zamonaviy boksning qadimgi shakli — Minoy kurashi. Knoss, Krit.

Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

[tahrir] Qoidalar

Boks qoʻlqoplari.

Boks jangi tomoni 5-6 metrlik kvadrat ringda oʻtkaziladi. Ring atrofi toʻrt qator arqon bilan oʻraladi. Bokschilar boks qoʻlqoplari kiyishadi. Boks matchlari odatda har biri 1-3 daqiqalik raundlardan iborat boʻladi. Ishtirokchilardan biri qulab, referi 10 soniya sanaguncha turmasa (nokaut) yoki jangni boshqa davom ettira olmaydigan holga kelsa (texnik nokaut), uning raqibi gʻolib, deb eʼlon qilinadi. Agarda match soʻngigacha bunday vaziyat boʻlmasa, gʻolib hakamlar tomonidan belgilanadi (yigʻilgan ochkolarga koʻra).

Bokschilar faqat vazni oʻziniki bilan teng raqiblarga qarshi ringga tushishi zarur, deb belgilangan. Shu sababdan vazn toifalari tushunchasi kelib chiqqan.

[tahrir] Manbalar

  1. 1.0 1.1 Boxing, Encyclopedia Britannica
  2. Brownielocks

[tahrir] Ishoratlar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар