Sigir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sigir — buzoklagan urgʻochi qoramol. Urgʻochi buzoqlar zotiga va oʻsishiga qarab 18—20 oyligida gʻunajin boʻlib yetishadi va qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 282—285 kun. Gʻunajinlar tuqqanidan keyin S.lar guruhiga kiritiladi. S.lar, asosan, sut va buzoq olish (podani toʻldirish) uchun boqiladi. Ularning sogʻim davri 300— 305 kun. Oʻzbekistonda boqiladigan qizil choʻl, bushuyev, qoraola, shvits zotli S.lar bir yilda 3000—6000 kg va undan koʻp sut beradi. S.lar oʻrtacha 20 (baʼzan 35) yil yashaydi. Xoʻjaliklarda S.lardan 5—6, ayrim sermahsul, oʻrtacha yillik sogʻimi 9—12 ming kg boʻlgan rekordchilaridan 9—10 marta tugʻishiga qadar foydalaniladi. Qisir qolgan, qarigan, nuqsonli S.lar semirtirib goʻshtga topshiriladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil