Ilonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Ilonlar
Qazilmalar davri: Early CretaceousRecent,
112–0 Ma Andoza:Phanerozoic 200px

Snakes Diversity.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Osttip: Umurtqalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Tartib: Tangachalilar
Osttartib: Serpentes
Linney, 1758
Ilonlar areali(dengiz ilonlarining areali - koʻk)
Ilonlar areali
(dengiz ilonlarining areali - koʻk)
Guruhlari

Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) - tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bo'lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o'rta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bo'lib, yirik o'ljani yutayotganida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan; oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi.

Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo'ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan.

Oʻpkasi, odatda, bitga; siydik pufagi boʻlmaydi. Erkagining quyiqish organlari bir juft xaltachalardan iborat boʻlib, anal teshigidan orqaroqda, terisining ostida joylashgan. Yilda bir necha marta tullaydi, bunda terisining sirtqi qavati paypoq yechilganidek yaxlit koʻchib tushadi.

Ilonning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga boʻlinadi. Asosiy oilalari: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, soʻqirilonlar, torogʻizlilar, boʻgʻma ilonlar, qalqondumlilar. Yer yuzida, Antarktidadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, yer ustida qalin oʻt-oʻlanlar orasida, daraxtlarda, koʻp turlari choʻllarda, ayrim turlari suvda yashaydi. Yirtqich, oʻljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki boʻgʻib oʻddirib keyin yutadi. Tuxum qoʻyadi, ayrimlari tuxumdan tirik tugʻadi. Ilon tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini cheklab turishda katta ahamiyatga ega.

Ilon zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Baʼzi Ilon terisi charm sanoatida qoʻllaniladi. Ayrim Ilon odam uchun xavfli, biroq ular hech qachon birinchi boʻlib hamla qilmaydi.

Oʻzbekiston hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlbor ilon, dasht qora iloni, boʻsh ilon (qalqontumshuq), qum charx-iloni zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil