2003

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2003

Yillar
199920002001200220032004200520062007
Oʻn yilliklar
1970-lar1980-lar1990-lar2000-lar2010-lar2020-lar2030-lar
Asrlar
XX asrXXI asrXXII asr

2003 yil2003 yil - "Obod mahalla yili"Yanvar. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida "Metallurg" dam olish maskanining ochilish marosimi boʻldi.

7 fevral. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Obod mahalla yili" dasturini qabul qildi.

14 mart. Toshkent shahrida dehqon va fermerlarning 2-Respublika qurultoyi boʻlib oʻtdi.

Mart. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida "Oʻzbekiston Qizil kitobi" 2-jildining va Oʻzbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish milliy dasturining taqdimoti oʻtkazildi. Mart. Samarqand viloyatining Urgut shahrida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyat boshladi.

24-25 aprel. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi, unda ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslari belgilab berildi.

Aprel. Toshkent shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida "Tinchlik qoʻngʻirogʻi" majmuining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

4—5 may. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 12-yillik majlisi oʻtkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.

10 may. Taniqli oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat bogʻiga Gʻafur Gʻulom nomi berildi va bogʻda shoir haykali ochildi.

14-20 may. Xorazmda "Umid nihollari" sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

5-11 iyun. Andijon viloyatida "Barkamol avlod — 2003" sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Iyul. Namangan viloyatining Chust tumanida Oʻzbekiston—Shveysariya "Golden Frut" qoʻshma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida AQSH—Oʻzbekiston "Kattaqoʻrgʻonmeva" qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Iyul. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Kampirtepa qishlogʻida noyob xazina — qadimiy kitoblar topildi.

Iyul. Toshkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi (FJAP) ga aʼzo boʻldi.

Avgust. Namangan shahrida "Yoshlar" sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Avgust. Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida yer qaʼridan tibbiyotda noyob, oʻta shifobaxsh hisoblangan radonli suv chiqdi.

Avgust. Nukus shahrida xalq isteʼmoli mollari mintaqaviy markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

25-30 avgust. Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi.

29-30 avgust. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.

29 avgust. "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni taʼsis etildi.

Avgust. Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida "Beshteks" Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.

12 sentyabr. Nukusda sh.ning 70 yilligi nishonlandi va shahar "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Oktyabr. Toshkentdagi "Osiyo Granit" korxonasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Avstriya — Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi ishga tushdi.

15 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasining taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning "XXI asr" haftalik gazetasi taʼsis etildi.

Noyabr. Termiz shahrida "Termiz—Xayraton" koʻprigi oldida "Ayritom" bojxona majmui ishga tushirildi.

27 noyabr. Buxoro shahrida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.

3 dekabr. Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.

3 dekabr. Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.


2003невисокосный год, начинающийся в среду (смотрите здесь календарь).

Voqealar[tahrir]

mag'lubiyatga uchrab, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazildi.


Vafot etgan[tahrir]

Нобелевские премии[tahrir]

кая премия по литературе|Литература]] — Кутзее, Джон Максвелл, романам которого «присущи хорошо продуманная композиция, богатые диалоги и аналитическое мастерство» и в то же время автор «подвергает беспощадной критике жестокий рационализм и искусственную мораль западной цивилизации», «интеллектуально честен и занимается проблемами различения правильного и неправильного, мук выбора, действия и бездействия».

  • Премия мираШирин Эбади — «За вклад в развитие демократии и борьбу за права человека, особенно женщин и детей в Иране».


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani o`zbek tilga tarjima qiling.