Qoraqalpogʻiston
|
||||
|---|---|---|---|---|
| Markaz | Nukus | |||
| Eng yirik shaharlar | Nukus Taxiatosh Xo`jayli |
|||
| Maydon - Butun |
OʻzR: (1)- o`rinda 166,600 km² |
|||
| Aholi - Butun |
OʻzR: (8)- o`rinda 1.603.160 (2008) |
|||
| ISO Qisqartmasi | UZ-QR | |||
| Avtomobil Nomeri | ? | |||
| Viloyat taomi | ? | |||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Qoraqalpoqcha Қарақалпақстан Республикасы, ingl. Republic of Karakalpakstan, o'zb. Қоракалпоғистон Республикаси, rus. Республика Каракалпакстан) -O‘zbekistondagi muxtoriyat respublika. Respublika 1924-yilning 14-oktabrida tashkil topgan.
Mundarija |
[tahrir] Geografiyasi
Qoraqalpog’iston Qizilqum sahrosining shimoliy-g’arbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. Ma’muriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qorao’zak, Kegeyli, Qo’ng’irot, Qanliko’l, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
[tahrir] Davlat boshqaruvi
Qoraqalpog’iston Respublikasining Jo’qorg’i Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi Qoraqalpog’iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning o’zida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining o’rinbosari hamdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
[tahrir] Tarixi
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab o’tgan sak va massagetlar qabilalari bilan bog’liq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va og’uzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qo’lyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol o’zbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qo’ng’irot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) bo’lgan. Qoraqalpoqlar yarim ko'chmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shug’ullanadi.
1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram bo’lganlar. 1873-yilda chor qo’shinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan so'ng Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qo’shildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo bo'limi paydo bo`ladi. Amudaryo bo`limi 2 ta uchastkaga bo`linadi: Petro-Aleksandrovsk qal’asi markazi bo`lgan Sho`raxon uezdi (hozirgi To`rtko`l shahri) va markazi Chimboy bo`lgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni e’tiborga olgan holda hududga bo`lish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.
1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya bo'limi RSFSR tarkibiga kiradi.
1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga o'zgaradi.
1936-yildan boshlab u O'zbekiston ASSR tarkibiga kiradi. 1991-yilda O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng Qoraqalpoq xalqi uchun yangi hayot boshlandi.
Qoraqalpog‘iston haqida statistik ma'lumot
| Tartib raqami | Shahar va tumanlar | Umumiy maydoni | Lalmikor yerlar | Ekin yerlari | Koʻp yillik oʻrmonlar | Qoʻriq oʻrmonlar | Dasht va yaylovlar | Qishloq xoʻjaligi yerlari (umumiy) | Meva-sabzavot xoʻjaligi | Melioratsiya-qurilish yerlari | Umumiy oʻrmonlar yeri | Boshqa yerlar |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Nukus shahri | 21,2 | 1,5 | 0,2 | 0,1 | - | 7,1 | 7,4 | 2 | 0,1 | 0,3 | 11,4 |
| 2 | Taxiatosh shahri | 2,3 | 0,2 | 0,1 | - | - | - | 0,1 | 2,1 | - | - | 0,1 |
| 3 | Amudaryo | 102,1 | 39,5 | 32,8 | 1,4 | - | 8,7 | 42,9 | 5,9 | - | 5,6 | 47,7 |
| 4 | Beruniy | 395,2 | 33 | 30,4 | 0,8 | - | 294,4 | 325,6 | 4,3 | 1,5 | 8,4 | 55,4 |
| 5 | Bo‘zatov | 226,9 | 30 | 14,4 | - | 0,4 | 100,2 | 115 | 0,6 | 0,2 | 21,5 | 89,6 |
| 6 | Kegeyli | 92,4 | 28,1 | 24,6 | 0,3 | 0,2 | 13,9 | 39 | 2,3 | 3,1 | 2,2 | 45,8 |
| 7 | Mo‘ynoq | 3748,7 | 11,9 | 8,4 | - | 0,8 | 186,9 | 196,1 | 0,4 | 1,1 | 132,1 | 3419 |
| 8 | Nukus | 95,3 | 31 | 22,7 | 3,7 | 2,5 | 22,9 | 51,8 | 0,9 | 2,4 | 4,8 | 35,4 |
| 9 | Taxtako‘pir | 2112,2 | 34,6 | 32,6 | 0,1 | 0,5 | 1569,1 | 1602,3 | 1,4 | 2,4 | 98,4 | 407,7 |
| 10 | To‘rtko‘l | 748,3 | 32 | 26,9 | 0,8 | 0,6 | 564,1 | 592,4 | 4,9 | 1,8 | 48,7 | 100,5 |
| 11 | Xo‘jayli | 235,3 | 35,2 | 32,3 | 0,2 | - | 110,2 | 142,7 | 5,1 | 1,2 | 1,4 | 80,5 |
| 12 | Chimboy | 144,4 | 48,8 | 41 | 0,2 | 2,5 | 51,3 | 95 | 3,9 | 2,8 | 0,4 | 42,3 |
| 13 | Shumanay | 63,6 | 28,7 | 20,4 | - | - | 15,2 | 35,6 | 2,3 | 1 | - | 24,7 |
| 14 | Elliqala | 541,9 | 34 | 28,7 | 0,9 | 0,4 | 357,5 | 387,5 | 4,1 | 3,5 | 29,2 | 117 |
| 15 | Qanliko‘l | 74,4 | 34,7 | 32,5 | 0,5 | 0,1 | 13,2 | 46,3 | 1,1 | 3,5 | 1,6 | 21,9 |
| 16 | Qorao‘zak | 605,3 | 35,4 | 32,1 | 0,1 | 1,2 | 384,9 | 418,3 | 2,1 | 0,6 | 2,6 | 181,7 |
| 17 | Qo‘ng‘irot | 7449,6 | 41,5 | 38,7 | 0,1 | 0,9 | 1698,4 | 1738,1 | 1,9 | 1,7 | 145 | 5499,9 |
| 18 | Jami | 16659,1 | 500,1 | 418,8 | 9,2 | 10,1 | 5398 | 5836,1 | 45,3 | 26,9 | 502,2 | 10181,2 |
[tahrir] Havolalar
| Oʻzbekiston siyosiy boʻlinish birliklari | |
|---|---|
| Viloyatlar | Andijon | Buxoro | Fargʻona | Jizzax | Namangan | Navoiy | Qashqadaryo | Samarqand | Sirdaryo | Surxondaryo | Toshkent | Xorazm |
| Ma'muriy Birlik | Toshkent |
| Avtonom Respublika | Qoraqalpogʻiston |
| Anklavlar | Soʻx | Shohimardon | Chong-Kara | Jangail |