Beshrabot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beshrabot — qishloq, Navoiy viloyati Navbahor tumani markazi (1983 y.dan). Navoiy sh.dan 24 km shim.gʻarbda. Navoiy t. y. stansiyasidan 28 km narida. B.dan Konimex arigʻi oqib oʻtadi. Aholisi 5000 kishiga yaqin (2000), asosan oʻzbeklar va qoraqalpoklar. Aholisi asosan q. x. (paxtachilik, chorvachilik, polizchilik va sabzavotchilik) bilan shugʻullanadi. B.da gʻisht zavodi, marmarga ishlov berish sexi ishlab turibdi.

"Farzikent" mol bozori, savdo rastalari, 2 maktab, kattalar va bolalar kasalxonasi, 2 bolalar bogʻchasi bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil