Koʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻl.

Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud. Koʻpchilik K.lar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas K. ham koʻp. Eng katta oqmas K.lar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. K. oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik K. katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) K. (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va b.) ham tektonik K. hisoblanadi; vul k a n i k K. sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n K. daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen K. daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir K., qoldiq oʻzan oʻrnidagi K., deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta K., ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst K., abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst K., ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva K., limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman K.ga boʻlinadi. Glyasiogen K. muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena K. va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar K.ga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy K. deyiladi.

Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas K.., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang , shoʻr va juda shoʻr (achchiq) K., suv t-rasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻʼtadil) K., tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) K. ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida K.ning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.

K.dan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sharidagi barcha K.larning umumiy mayd. 2,1 mln. km2. Oʻzbekistonda 250 ga yaqin K. bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana q. Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi K. joylashgan: 1) togʻ K., 2) tekislik K. Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ K. dan: Ixvach, Bodak, Shavorkoʻl, Urungach, Koʻksuv va b. maʼlum. Togʻ K. toza, chuchuk va oʻta chuchuk suvlarning potensial manbaidir. K.ning Oʻzbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga taʼsir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relyef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xilligidan. Tekislik hududlardagi katta koʻl maydonlari, koʻp miqdordagi oqimli daryo suvlari shakllanadigan hamda namlikka boyroq togʻlarga tutashgan tekislik iqlimining quruqligi natijasida paydo boʻlgan.

Tekislik K.ning tipik vakillari: Arvasoy koʻl sistemasi, Dengizkoʻl, Sudochye, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik K. daryolarning qayirlarida (qayirli) va sugʻoriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Keyingi paytlarda tekislik hududdagi barcha K. kollektor-dren aj suvlarining ifloslantirish taʼsiridadir. Suv bilan taʼminlanishi, asosan, sugʻoriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga boʻladigan ayrim oqmas irrigatsion-partov K. ayniqsa, noqulay sharoitga tushib qoladi. Baʼzi oqmas K.ning oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turadi (mas, Lobnor koʻli).

K.lar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar bilan suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.

Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati K. tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda K.lar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bogoslovskiy B. B., Ozerovedeniye, M., 1960; Berg R. A., Po ozeram Sibiri i Sredney Azii. Puteshestviya L. S. Berga (1893-1906 gg .) i P. G. Igvatova (1898— 1902), M, 1965; Nikitin A. M., Ozera Sredney Azii, L., 1987.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil