Bergen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bergen — Norvegiya jan.gʻarbidagi shahar. Shim. dengiz sohilidagi port. Xordalann fyulkesinipg maʼmuriy markazi. Muhim transport yoʻllari tuguni. Bergen stansiyasi. Aholisi 213 ming kishi (1991). Kemasozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. B. yaqinida yirik neftkimyo sanoati majmuasi bor. Balik, ovlanadi pa baliq mahsulotlari eksport qilinadi. Universitet, savdo maktabi bor. Oʻrta asrlarda shim.gʻarbiy Yevropaning yirik savdo markazlaridan biri boʻlgan. Qirol qalʼasi qoldiklari (13-asr), Rozenkrans minorasi (16-asr), Mariya cherkovi (12-asr), kompozitor E. Grig uymuzeyi kabi msʼmoriy yedgorliklar saqlapgan. Shaharga 1070-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil